Dilnoza Kubayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dilnoza Kubayeva
Dilnoza Quboyeva
Tavalludi sanasi: 22-noyabr, 1986 (1986-11-22)(29 yosh)
Fuqaroligi: Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi: Aktrisa
Faoliyat yillari: 2004
Mukofotlari: M&TVA

Dilnoza Kubayeva Oqilbekovna (1986-yil 22-noyabrda tavallud topgan) — oʻzbek kino aktrisasi. Kubayeva zamonaviy oʻzbek kinolarida rol oʻynab shuhrat qozondi.[1] Kubayeva „Kelgindi kelin“, „Telba“, va „Hijron“ filmlarida oʻynagan rollari bilan koʻpchilikning eʼtiboriga tushdi. 2008-yildan 2010-yilgacha oilaviy muammolar sabab Kubayeva aktrisalikni toʻxtatdi. 2011-yil yana kinoga qaytdi. 2012-yilda "Shuhrat medali" bilan mukofotlangan. Milliy teatrda 2004-yildan buyon faolifat yuritib kelmoqda. Dilnoza Kubayeva teatr sahnasida namoyish etilgan spektakllarda 30-ga yaqin turli xarakterdagi katta-kichik rollarni yaratdi. Dilnoza Kubayeva nihoyatda isteʼdodli aktrisa. Unda teatrning ertasi boʻladigan salohiyat bor. Porloq feʼlu atvorli, jiddiy odam. Jamoat ishlarida ham faol qatnashib, oldiga qoʻyilgan har bir vazifaga chin koʻngildan yondoshadi. 2011-yil "Oʻzbekiston belgisi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Filmografiya[tahrir]

Film
Yil Film nomi Rol
2005 Taqdir charxpalagi Laylo
2005 Kelgindi kuyov Rayhon
2006 Kelgindi kelin Charos
2007 Advokatlar Oydin
2007 Zumrad va Qimmat Qimmat
2007 Jazo Zilola
2008 Telba Robiya
2008 Kichkina odamlar Zarifa
2008 Afyun girdobi
2010 Hijron Mahfuza
2010 Oʻgʻrigina kelin Sayyora
2010 Yuzma-yuz Feruza
2010 Kechikkan hayot Shahodat
2011 Er bermoq — jon bermoq Durdona
2011 Kelganda kelin 2: Anjancha muhabbat Goʻyo
2011 Farzandim Nasiba
2012 Baxt uyi Malika
2013 Farzandim 2 Nasiba
2013 Sensiz Malika
2014 Koʻrgim keladi Ziyoda Aliyeva
2016 Baron
2016 Er bermoq — jon bermoq 2 Durdona
2016 Baron 2

Teleserial[tahrir]

Serial
Yil Serial nomi Rol
2005 Qadah Mohinur
2008 Kaminaning oilasi Bahora
2010 Mehribonginam Tabassum
2013 Muhabbatim-qismatim Malika

Teatr[tahrir]

Spektakl
Yil Spektakl nomi Rol
2005 Andishali kelinchak Olmaxon
2006 Omonat dunyo Qiz
Bir qanotlilar Talaba
Bevalar Dildora
2010 Sizsiz oʻtmas kunlarim Iroda
2010 Rustam Umri
2010 Ogoh boʻling, odamlar Mavjuda
2011 Omon boʻlgin azizim Mehmon
Oʻtkan kunlar Kumush
Uyqusiz kecha Shoira
2013 Senga bir gap aytaman Jurnalist qiz
2015 Imon Ozoda
2015 Quyoshni sen uygʻotasan Shabnam
2016 Alisher Navoiy Guli

Klip[tahrir]

Klip
Yil Qoʻshiq nomi Artist
2010 Yomgʻir Shohjahon Joʻrayev
2015 Meni sev Sevara Nazarxon

Koʻrsatuv[tahrir]

  • „Ozod-shou“ — koʻrsatuvi mehmoni (2011)
  • „Mustahkam oila“ (2012)
  • „Yashil olma“ — koʻrsatuvi mehmoni (2012)
  • „Sayyod“ — koʻrsatuvi mehmoni (2014)
  • „Koʻngil koʻchalari“ — koʻrsatuvi mehmoni (2016)

Manbalar[tahrir]

  1. Dilnoza Kubayeva (rus.). Uzbek-Kino. 8-iyun, 2012.

Havolalar[tahrir]