Kontent qismiga oʻtish

Florensiya olmosi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Florensiya olmosi — kelib chiqishi hindistonga borib taqaladigan yoʻqolgan olmos. U ochiq sariq rangga, qisman yashil rangga ega. U ogʻirligi 137,27 karat (27,454 g) boʻlgan, toʻqqiz qirrali 126 yuzli qoʻsh atirgul shaklida kesilgan. Tosh, shuningdek, Toskana, Toskana olmosi, Toskana Buyuk Gertsogi, Avstriya olmosi, Avstriya sariq olmosi va Dufner olmosi nomlari bilan ham tanilgan[1].

Florensiya olmosi

Toshning asl kelib chiqishi nomaʼlum. Xabar qilinishicha, uni Lodvik van Berkken Burgundiya gertsogi Charlz Boldga sovgʻa qilish uchun ishlov berdirgab[2].Charlz 1476-yil 22-iyunda Morat jangida halok boʻlganida tosh uning yonida boʻlganligi aytiladi. Bir dehqon yoki piyoda askar olmosni gersogning yonidan topib, uni shisha deb oʻylab, 2 frankga sotib yuborgan. Bern fuqarosi boʻlgan toshning yangi egasi Bartolomey Mey uni genuyaliklarga sotdi, ular oʻz navbatida olmosni Ludoviko Sforzaga sotib yuborishdi. Fuggerlar orqali u Florensiyadagi Medicilar xazinasiga kelib tushdi. Toshning yana bir sohibi Rim papasi Yuliy II boʻlgan. Toshning dastlabki tarixining yana bir versiyasiga koʻra, ishlov berilmagan tosh 16-asr oxirida Hindiston janubidagi Vijayanagardan Portugaliyaning Goa gubernatori Ludoviko Kastro tomonidan sotib olingan. Kristal Rimdagi iyezuitlar qo‘liga topshirildi, uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng Toskana Buyuk Gertsogi Ferdinando I de Medici uni Kastro-Noronya oilasidan 35 000 portugal skudi krokatiga sotib oldi.

Dyuk Ferdinandning oʻgʻli Kosimo II toshni Florensiyada ishlaydigan venetsiyalik Pompeo Studentoliga ishonib topshirdi. Tayyor olmos 1615-yil 10-oktabrda yetkazib berildi. Kosimoning oʻlimi haqidagi hujjatlar Ferdinand tomonidan ishlov berilmagan olmos sotib olinganligini tasdiqlaydi.

Hujjatli tarix

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hujjatli tarix 1657-yilda fransuz zargari va sayohatchisi Jan Baptiste Tavernier olmosni Toskana Buyuk Gertsogi Ferdinando II de Medicining mulklari orasida koʻrganida boshlanadi. Soʻngra, tosh Frensis III Stefanning Avstriya imperatori Mariya Tereza bilan turmush qurishi natijasida Gabsburglar mulkiga aylandi va Venadagi Habsburg qirollik zargarlik buyumlari orasiga joylashtirildi. Oʻsha paytda uning narxi 750 ming dollarga baholangan.

Birinchi jahon urushi paytida Avstriya imperiyasi qulaganidan soʻng, tosh surgun qilingan Avstriya qiroli Charlz I tomonidan Shveytsariyaga olib kelingan[3]. Tosh 1918-yildan keyin bir muncha vaqt oʻtgach, imperator oilasiga yaqin kishisi tomonidan oʻgʻirlangan va boshqa qimmatbaho toshlar bilan Janubiy Amerikaga olib ketilgan. Shundan soʻng, olmos 1920-yillarda Qoʻshma Shtatlarga olib kelingani, qayta ishlov berilib sotib yuborilgan degan mish-mishlar tarqaldi.

Florentsiya olmosi Emi Meyersonning 2020-yilda chop etilgan „The Imperfects“ va 2021-yilda yozilgan Jastin B. Xodderning " The Mists of Morne" romanlarida tilga olingan.

  1. Manutchehr-Danai, Mohsen. Dictionary of Gems and Gemology. Springer Science & Business Media, March 9, 2013 — 186-bet. ISBN 978-3662042885. Qaraldi: 2018-yil 16-mart. 
  2. The Diamond Invention.
  3. Brook-Shepherd, Gordon. Uncrowned Emperor: The Life and Times of Otto Von Habsburg. A&C Black, April 10, 2007 — 65-bet. ISBN 978-1852855499. Qaraldi: 2018-yil 16-mart.