Iyezuitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iyezuitlar (lot. "Societas Jesu" — "Iso jamiyati") — katoliklar monaxlik ordeni aʼzolari. Bu jamiyatni 1534-yilda mayda ispan dvoryani Ignatiy Loyola Parijda tuzgan va 1540-yil papa Pavel III tomonidan tasdiklangan. U oʻz oldiga katolitsizmni himoya qilish va yoyish, papalik hokimiyatini mus-tahkamlash vazifasini qoʻydi, kontr-reformatsiyanit asosiy quroli boʻlib qoldi. I. faqat Yevropa davlatlarida emas, Hindiston, Yaponiya, Xitoy, Filippinda ham tarqaldi. 1610—1768-yillarda Paragvayda "Iyezuit davlati" mavjud boʻldi. I. ordenining asosiy tamoyillari: katʼiy markazlashish, mavqeiga qarab kichiklarning kattalarga soʻzsiz boʻysunishi, orden boshligʻining mutlaq nufuzi. I. qar qanday jinoyatni, agar u xudo yoʻlida qilingan boʻlsa, oklaydi. 20-asrda I. klerikalizminng yetakchi guruhiga aylandi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil