Farangiz Xojiyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Farangiz Xojiyeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Tavallud paytidagi ismi Farangiz Muzaffarovna Xojiyeva
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1-sentyabr 2001-yil (2001-09-01) (22 yosh)
Urganch, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston
Vazni 63 kg gacha
Sport
Qaysi sport dzudo
Sport mukofotlari
Dzudo bo'yicha Jahon chempionati
Bronza Budapesht 2021 aralash jamoa

Farangiz Muzaffarovna Xojiyeva (tugʻ. 2001-yil 1-sentyabr, Urganch, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek dzudochi, 63 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Farangiz Xojiyeva Urganchda murabbiy Ugʻiljon Roʻzmetova, soʻngra dzudo boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Nelli Qiyamova bilan dzudo bilan shugʻullana boshladi.[1]

2017-yili Chirchiq shahrida dzudo boʻyicha kadetlar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo kubogida 57 kg gacha vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi. 2018-yilda dzudo boʻyicha kadetlar oʻrtasidagi Osiyo kubogida bronza medalini qoʻlga kiritdi.[2] 2019-yilda Bishkekda (Qirgʻiziston) dzudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo kubogida u finalda tojikistonlik dzudochi Shohida Qalandarovaga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Toshkentda dzudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo kubogida uchinchi oʻrin uchun kurashda rossiyalik dzudochi Anastasiya Kolesnikni magʻlub etib, bronza medaliga sazovor boʻldi.[3]

2021-yilda Bishkekda (Qirgʻiziston) boʻlib oʻtgan dzudo boʻyicha Osiyo chempionatida 63 kg gacha vazn toifasida bronza medali uchun kurashda xitoylik dzudochi Yang Junxiaga yutqazib qoʻydi.[4] Oʻsha yili Budapeshtda (Vengriya) boʻlib oʻtgan dzudo boʻyicha Jahon chempionatida vazni 63 kg gacha boʻlgan birinchi bosqichda madagaskarlik dzudochi Rasoanaivo Razafi Ayna Laurani magʻlubiyatga uchratib, ikkinchi bosqichda koreyalik Xan Xi Juga imkoniyatni boy berib qoʻydi. Ammo jamoa tarkibida Jahon chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritdi.[5]

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 63 kg gacha boʻlgan vazn toifasida u birinchi bosqichda Kabo-Verdedan kelgan dzudochi Sandrine Billetga qarshi tatamiga chiqdi biroq Sandrine alamli ushladi va Farangiz magʻlubiyatga uchradi.[6][7]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]