Fantom aʼzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fantom aʼzo — kesilgan yoki yoʻqotilgan, ammo haligacha sezgisi saqlanib qolgandek tuyuladigan qoʻl yoki oyoq aʼzosi. Amputatsiyani boshdan kechirgan odamlarning taxminan 80-100 foizida kesilgan oyoq-qoʻllarini hali ham his qilib turgandek tuygʻu kuzatiladi. Biroq, ulardan juda kam foizdagi odamlar kesilgan aʼzolarda hayoliy ogʻriqni boshdan kechiradi. Bu hislar amputatsiyalanganlarda nisbatan tez-tez uchraydi va odatda davolanishsiz ikki-uch yil ichida yoʻqoladi. Tadqiqotlar fantom aʼzo ogʻrigʻining (PLP) asosiy mexanizmlarini va samarali davolash usullarini oʻrganishda davom etmoqda[1].

Belgilar va simptomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻpchilik (80 % dan 100 % gacha) amputatsiya qilingan bemorlar fantom aʼzo hissini boshdan kechiradi, ularning baʼzilarida bu his ogʻriqqa aloqador boʻlmaydi[2]. Amputatsiya qilingan odam fantom aʼzo hali ham tananing bir qismi ekanligini juda kuchli his qilishi mumkin[3].

Odamlar baʼzida aslida yoʻq boʻlgan qoʻllari bilan imo-ishora qilayotgandek his qilishadi, qoʻllari/oyoqlari qichishayotgandek boʻladi yoki hatto narsalarni olishga harakat qilishadi. Ular qoʻllari yoki oyoqlarini butunlay yoʻq deb emas, balki kaltalashib qolgan deb oʻylashadi. Baʼzida ogʻriq stress, tahlika va ob-havo oʻzgarishi sababli kuchayishi mumkin[4]. Ekstremal ob-havo sharoitlari, ayniqsa muzlashdan past haroratlar sezuvchanlikning oshishiga olib kelishi mumkin. Fantom aʼzo ogʻrigʻi odatda vaqti-vaqti bilan boʻladi, lekin baʼzi hollarda doimiy ham boʻlishi mumkin. Hurujlar chastotasi va intensivligi odatda vaqt oʻtishi bilan kamayadi[4].

Fantom aʼzolardagi repressiv xotiralar amputatsiyadan keyingi hislarning sababi boʻlishi mumkin. Xususan, bir nechta bemorlar kesilgan qoʻllarining kaftida tirnoqlar botib turgandek ogʻriqni his qilishayotganini aytishgan. Yoʻqotilgan oyoq-qoʻl tufayli motorika kuchayib ketadi, shuning uchun bemorda motorik maʼlumotlar koʻpayishi oqibatida ogʻriq hissi sezilayotgandek boʻlishi mumkin. Bemorda qoʻlni musht qilib siqish boʻyicha avvalgi motorika buyruqlari va musht ichida tirnoqlarini kaftiga botirish haqidagi sensorli maʼlumotlarning repressiv xotiralari mavjud boʻlib, bu xotiralar miyadagi oldingi neyron aloqalar tufayli saqlanib qoladi[5].

Fantom aʼzo sindromi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Fantom aʻzo" atamasi 1871-yilda shifokor Silas Weir Mitchell tomonidan kiritilgan[6]. Koʻp yillar davomida fantom aʼzo paydo boʻlishining asosiy gipotezasi amputatsiya joyida periferik asab tiziminida yuzaga kelganligi edi (neyroma). 1980-yillarning oxiriga kelib, Ronald Melzack bu gipoteza xato ekanligini eʼtirof etdi, chunki oyoq-qoʻllarisiz tugʻilgan koʻplab odamlarda ham fantom aʼzo hissi yuzaga kelgan[7]. Melzackning soʻzlariga koʻra, tanadagi bu hissiyot oʻzaro bogʻlangan nerv tuzilmalarining keng tarmogʻi tomonidan yaratilgan boʻlib, u buni „neyromatritsa“ deb atagan[7].

National Institutes of Health da (Milliy Sogʻliqni saqlash instituti, NIH) Pons va uning hamkasblari (1991) makaka maymunlarida birlamchi somatosensor korteks hissiy maʼlumotlar yoʻqolganidan keyin sezilarli darajada qayta tashkil etilishini koʻrsatdi.[8].

Bu natijalar haqida eshitgan Vilayanur S. Ramachandran odamlarda fantom aʼzo hissiyotlari inson miyasining somatosensor korteksida qayta tashkil etilishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligini taxmin qildi. Ramachandran va uning hamkasblari ushbu farazni yuzning turli qismlarini silash yetishmayotgan aʼzoning turli qismlariga teginish hissi paydo boʻlishiga olib kelishini koʻrsatib berdilar. Keyinchalik amputatsiyalanganlarning miyasini skanerlash Pons maymunlarda kuzatgan kortikal qayta tashkil etilishini yana bir bor isbotladi[9].

Korteksdagi notoʻgʻri oʻzgarishlar fantom ogʻrigʻiga sabab boʻlishi mumkin, ammo hammasi ham bunga bogʻliq emas. Tamar Makin (Oksford) va Marshall Devor (Hebrew University, Quddus) kabi ogʻriqlar boʻyicha tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, fantom aʼzo ogʻrigʻi birinchi navbatda periferik asab tizimidagi „keraksiz“ maʼlumotlar natijasidir[10],

Fantom aʼzodagi ogʻriqning asosiy neyron mexanizmlari boʻyicha koʻplab tadqiqotlar oʻtkazilganiga qaramay, uning sabablari haqida hali ham aniq konsensus mavjud emas. Miya ham, periferik asab tizimi ham bu jarayonda ishtirok etishi mumkin[11].

Aniqroq mexanizmlar va tushuntirishlar boʻyicha tadqiqotlar davom etmoqda[12].

Nerv mexanizmlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ogʻriq, harorat, teginish va bosim maʼlumotlari markaziy asab tizimiga anterolateral tizim (spinotalamik yoʻllar, spinoretikulyar yoʻllar, spinomezensefalik yoʻllar) orqali yetkaziladi, ogʻriq va harorat maʼlumotlari lateral spinotalamik yoʻllar orqali birlamchi sezgi korteksiga uzatiladi. Parietal lobdagi postcentral girusda sensorli maʼlumotlar somatotropik tarzda ifodalanadi va sensorli homunculus hosil boʻladi[13].

Fantom aʼzo sindromida tananing ortiq mavjud boʻlmagan qismidan ogʻriqni koʻrsatadigan sensorik maʼlumot mavjud boʻladi. Ushbu hodisa hali ham toʻliq tushunilmagan, ammo bu somatosensor korteksning faollashuvidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi.

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Soʻnggi yigirma yil ichida davolanishga yondashuvlarning aksariyati simptomlarning izchil yaxshilanishini koʻrsatmadi. Davolash usullari antidepressantlar, orqa miya stimulyatsiyasi, vibratsiya terapiyasi, igna sanchib davolash, gipnoz va biofeedback kabilarni oʻz ichiga oladi[14]. Ammo, qaysi davo chorasi boshqalardan koʻra samaraliroq ekanligi haqida ishonchli dalillar yoʻq[15].

V. S. Ramachandran tomonidan ishlab chiqilgan fantom aʼzo sindromini davolash uchun qoʻllaniladigan koʻzgu qutisi

Koʻpgina davolash usullari u qadar samarali emas[16]. Ketamin yoki morfin operatsiya vaqtida foyda berishi mumkin[17]. Morfin operatsiyadan keyin ham uzoq vaqt davomida foydali boʻlishi mumkin[17]. Gabapentin haqida turlicha dalillar va fikrlar mavjud[17]. Mahalliy anesteziyani taʼminlaydigan perinevral kateterlar jarrohlikdan soʻng fantom aʼzo ogʻrigʻining oldini olish uchun qoʻyilganda yaxshi samara bermagan[18].

Jamoatchilikka qiziqish uygʻotgan yondashuvlardan biri koʻzgu qutisidan foydalanishdir. Koʻzgu qutisi inson qoʻl yoki oyogʻini xuddi kesilmagandek koʻrishi va fantom aʼzosini goʻyo „harakatlantira olishini“ koʻrib, uni potentsial ogʻriqli pozitsiyalardan chiqarish imkonini beradi[19].

Koʻzgu terapiyasi V. S. Ramachandran tomonidan 1990-yillarning boshida davo chorasi sifatida kiritilgan boʻlsa-da, 2009-yilgacha u haqida kam tadqiqot olib borilgan va 2016-yilgi taqrizlarga koʻra, keyingi tadqiqotlarning aksariyati sifatsiz boʻlgan[20]. Koʻzgu terapiyasi (MT) boʻyicha koʻplab hisobotlarning ilmiy sifatini ham tanqid qilgan 2018-yilgi taqriz 2012- va 2017-yillar oraligʻida oʻtkazilgan 15 ta sifatli tadqiqotni aniqladi (115 ta nashrdan) va „Koʻzgu terapiyasi fantom aʼzo ogʻrigʻini bartaraf etishda, kunlik ogʻriq epizodlarining intensivligi va davomiyligini kamaytirishda samara berishi mumkin, bu fantom ogʻrigʻi uchun toʻgʻri, oddiy va arzon davo chorasidir“ degan xulosaga keldi[21].

Boshqa fantom sezgilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fantom sezgilar, shuningdek, qoʻl-oyoqlardan tashqari boshqa aʼzolarni olib tashlangandan keyin ham paydo boʻlishi mumkin, masalan, koʻkrak amputatsiyasidan soʻng[22], tishni olib tashlashdan keyin (fantom tish ogʻrigʻi)[23] yoki koʻz amputatsiyasi oʻtkazilgach (fantom koʻz sindromi)[24].

Jinsni oʻzgartirish operatsiyasidan keyin baʼzi odamlar fantom genital aʼzo sezgisi haqida shikoyat qilishgan. Bunday shikoyatlar operatsiyadan keyingi transgender ayollar orasida kamroq tarqalgan, ammo transgender erkaklarda bu koʻproq sodir boʻlgan. Xuddi shunday, mastektomiyadan oʻtgan subyektlar fantom koʻkrak ogʻrigʻini boshdan kechirishgan; bu shikoyatlar operatsiyadan keyingi transgender erkaklar orasida ancha kam uchraydi[25].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Manchikanti, Laxmaiah; Singh, Vijay; Boswell, Mark V. (2007-01-01), Waldman, Steven D.; Bloch, Joseph I. (muh.), „chapter 28 - Phantom Pain Syndromes“, Pain Management, W.B. Saunders: 304–315, doi:10.1016/b978-0-7216-0334-6.50032-7, ISBN 978-0-7216-0334-6, qaraldi: 2019-12-09
  2. Chahine, Lama; Kanazi, Ghassan (2007). "Phantom limb syndrome: A review". MEJ Anesth 19 (2): 345–55. Archived from the original on 2019-07-21. https://web.archive.org/web/20190721010514/https://pdfs.semanticscholar.org/0f8d/2b80b5c20ed0e21076de4b5ac48327ca05d2.pdf. Qaraldi: July 20, 2019. Fantom aʼzo]]
  3. Melzack, R. (1992). "Phantom limbs". Scientific American 266 (4): 120–126. doi:10.1038/scientificamerican0492-120. PMID 1566028. https://archive.org/details/sim_scientific-american_1992-04_266_4/page/120. 
  4. 4,0 4,1 Nikolajsen, L.. Wall & Melzack's Textbook of Pain, 5th, Elsevier, 2006 — 961–971 bet. 
  5. Ramachandran, V. S. (1998-11-29). "Consciousness and body image: lessons from phantom limbs, Capgras syndrome and pain asymbolia". Philosophical Transactions of the Royal Society of London. Series B: Biological Sciences 353 (1377): 1851–1859. doi:10.1098/rstb.1998.0337. ISSN 0962-8436. PMID 9854257. PMC 1692421. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1692421. 
  6. Woodhouse, Annie (2005). „Phantom limb sensation“. Clinical and Experimental Pharmacology and Physiology. 32 (1-2): 132-134. doi:10.1111/j.1440-1681.2005.04142.x. ISSN 0305-1870. PMID 15730449.
  7. 7,0 7,1 Canadian Psychology, 1989, 30:1
  8. "Massive cortical reorganization after sensory deafferentation in adult macaques.". Science 252 (5014): 1857–1860. 1991. doi:10.1126/science.1843843. PMID 1843843. https://semanticscholar.org/paper/26644cd01a5d33015e37f9c3d68b2298bd2d52a2. 
  9. Ramchandran, VS; Hirstein, William (1998). "The perception of phantom limbs". Brain 121 (9): 1603–1630. doi:10.1093/brain/121.9.1603. PMID 9762952. https://archive.org/details/sim_brain_1998-09_121_9/page/1603. 
  10. Peripheral nervous system origin of phantom limb pain, Pain, Vol. 155, Issue 7, pages 1384-1391
  11. Collins, Kassondra L; Russell, Hannah G. (2018). "A review of current theories and treatments for phantom limb pain". J Clin Invest 128 (6): 2168–2176. doi:10.1172/JCI94003. PMID 29856366. PMC 5983333. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5983333. "Currently, the most commonly posited CNS theory is the cortical remapping theory (CRT), in which the brain is believed to respond to limb loss by reorganizing somatosensory maps (16)... While an amputation directly affects the PNS, the CNS is also affected due to changes in sensory and movement signaling. Debate still remains over the cause and maintaining factors of both phantom limbs and the associated pain." 
  12. Kaur, Amreet; Guan, Yuxi (2018). "Phantom limb pain: A literature review". Chin J Traumatol 21 (6): 366–368. doi:10.1016/j.cjtee.2018.04.006. PMID 30583983. PMC 6354174. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6354174. "It is unsurprising that with an amputation that such an intricate highway of information transport to and from the periphery may have the potential for problematic neurologic developments...Although phantom limb sensation has already been described and proposed by French military surgeon Ambroise Pare 500 years ago, there is still no detailed explanation of its mechanisms." 
  13. Kaur, Amreet; Guan, Yuxi (December 2018). "Phantom limb pain: A literature review". Chinese Journal of Traumatology 21 (6): 366–368. doi:10.1016/j.cjtee.2018.04.006. ISSN 1008-1275. PMID 30583983. PMC 6354174. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6354174. 
  14. Foell, Jens; Bekrater-Bodmann, Robin; Flor, Herta; Cole, Jonathan (December 2011). "Phantom Limb Pain After Lower Limb Trauma: Origins and Treatments". The International Journal of Lower Extremity Wounds 10 (4): 224–235. doi:10.1177/1534734611428730. PMID 22184752. https://semanticscholar.org/paper/1f15898b44062538df7ec25d261b894c11ffb475. 
  15. Alviar, Maria Jenelyn M.; Hale, Tom; Dungca, Monalisa (2016-10-14). "Pharmacologic interventions for treating phantom limb pain". The Cochrane Database of Systematic Reviews 10 (8): CD006380. doi:10.1002/14651858.CD006380.pub3. ISSN 1469-493X. PMID 27737513. PMC 6472447. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=6472447. 
  16. Flor, H; Nikolajsen, L; Jensn, T (November 2006). "Phantom limb pain: a case of maladaptive CNS plasticity?". Nature Reviews Neuroscience 7 (11): 873–881. doi:10.1038/nrn1991. PMID 17053811. Archived from the original on 2012-07-22. https://web.archive.org/web/20120722014045/http://krieger.jhu.edu/sebin/s/u/Flor_et_al_2006.pdf. Qaraldi: 2012-04-16. Fantom aʼzo]]
  17. 17,0 17,1 17,2 McCormick, Z; Chang-Chien, G; Marshall, B; Huang, M; Harden, RN (February 2014). "Phantom limb pain: a systematic neuroanatomical-based review of pharmacologic treatment.". Pain Medicine 15 (2): 292–305. doi:10.1111/pme.12283. PMID 24224475. 
  18. Bosanquet, DC.; Glasbey, JC.; Stimpson, A.; Williams, IM.; Twine, CP. (Jun 2015). "Systematic Review and Meta-analysis of the Efficacy of Perineural Local Anaesthetic Catheters after Major Lower Limb Amputation.". Eur J Vasc Endovasc Surg 50 (2): 241–9. doi:10.1016/j.ejvs.2015.04.030. PMID 26067167. 
  19. Ramachandran, V. S., Rogers-Ramachandran, D. C., Cobb, S. (1995). "Touching the phantom". Nature 377 (6549): 489–490. doi:10.1038/377489a0. PMID 7566144. 
  20. Barbin J., Seetha V., Casillas J.M., Paysant J., Pérennou D. (September 2016). "The effects of mirror therapy on pain and motor control of phantom limb in amputees: A systematic review". Annals of Physical and Rehabilitation Medicine 59:4 (4): 270–275. doi:10.1016/j.rehab.2016.04.001. PMID 27256539. "" "The level of evidence is insufficient to recommend MT as a first intention treatment for PLP""" 
  21. Campo-Prieto, P; Rodríguez-Fuentes, G (November 14, 2018). "Effectiveness of mirror therapy in phantom limb pain: A literature review". Neurologia. doi:10.1016/j.nrl.2018.08.003. PMID 30447854. "It is a valid, simple, and inexpensive treatment for PLP. The methodological quality of most publications in this field is very limited, highlighting the need for additional, high-quality studies to develop clinical protocols that could maximise the benefits of MT for patients with PLP." 
  22. Ahmed, A.; Bhatnagar, S.; Rana, S. P.; Ahmad, S. M.; Joshi, S.; Mishra, S. (2014). "Prevalence of phantom breast pain and sensation among postmastectomy patients suffering from breast cancer: a prospective study". Pain Pract 14 (2): E17–28. doi:10.1111/papr.12089. PMID 23789788. 
  23. Marbach, J. J.; Raphael, K. G. (2000). "Phantom tooth pain: a new look at an old dilemma". Pain Med 1 (1): 68–77. doi:10.1046/j.1526-4637.2000.00012.x. PMID 15101965. 
  24. Sörös, P.; Vo, O.; Husstedt, I.-W.; Evers, S.; Gerding, H. (2003). "Phantom eye syndrome: Its prevalence, phenomenology, and putative mechanisms". Neurology 60 (9): 1542–1543. doi:10.1212/01.wnl.0000059547.68899.f5. PMID 12743251. https://semanticscholar.org/paper/71950c2b1dc9a0ec69fafc7a2cd032615cd29f5c. 
  25. Phantom Penises In Transsexuals, by V.S. Ramachandran; in Journal of Consciousness Studies Volume 15, Number 1, 2008, pp. 5-16(12); retrieved July 30, 2016