Igna sanchib davolash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Igna sanchib davolash, akupunkturaorganizmning yumshoq toʻqimalariga maxsus ignalar kiritib davolash. Reflektor terapiya usullaridan biri. Xitoy, Koreya, Yaponiya xalq tibbiyotida Igna sanchib davolash qadimdan maʼlum. Bunda gavdaning muayyan (700 ga yaqin) nuqtalariga kiritilgan ignalar nerv uchlarini taʼsirlaydi. Taʼsirlanish bosh yoki orqa miyaga, u yerdan turli aʼzolarga oʻtadi. Periferik nerv sistemasi kasalliklari, uyqu buzilishi, moddalar almashinuvining oʻzgarishi, shikastlanish va b. natijasida paydo boʻladigan boʻgʻim va muskul kasalliklarida qoʻllaniladi. Zarurat tugʻilganda Igna sanchib davolash bilan birga dori-darmonlar ham buyuriladi. I. s. d. ni vrach belgilaydi va faqat shu soha mutaxassisi oʻtkazadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil