Gipnoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Richard Bergning kuzatuvi ostidagi gipnoz seansi
Photographic Studies in Hypnosis, Abnormal Psychology (1938)

Gipnoz — insonga bir ohangdagi ta'sir kuchlari, tibbiy preparatlar yoki boshqa usullarni qoʻllab, uni trans holatiga tushirish. Gipnoz holatida koʻpincha ishontirish amalga oshiriladi.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bizga XIX asrdan kelgan an'anaviy, klassik gipnozda gipnozchi odamni tushga choʻmdiradi va unga toʻgʻridan-toʻgʻri ishontirishlar-komandalar beradi. Ammo, bu komandalar, odatdagi tasavvurlarga koʻra bajarilishi shart emas; avval isbot etilganki, hech qaysi, hattoki eng chuqur gipnozda ham ishontirish bilan insonni uning moral prinsiplariga va uning e'tiqodlariga zid keluvchi ishlarni qilishga majburlash mumkin emas.

Ikkinchi tarafdan, ishontirishning eng oʻtkir koʻrinishlari avval boshqa ichki e'tiqodlarga ega boʻlgan inson va inson guruhlarini berilgan dasturni bajartirishi mumkin (Reklama va Piar). Bunday usullarni inson guruhlariga nisbatan qoʻllash muvaffaqiyatli.

Kashpirovskiy fenomeni[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Oʻrtacha" odamni ishontirish juda oson - buni oʻzi uchun Anatoliy Kashpirovskiy kashf etgan. U muvaffaqiyat bilan ommaviy holatlar fenomenini qator surunkali kasalliklarni va psihologik chekinishlarni korreksiyalashda, haddan tashqari semizlikni davolashda qoʻllaydi.

Erikson gipnozi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuningdek, amerikalik psihiatr va psihoterapevt Milton Eriksonning ismi bilan atalgan erikson gipnozi ham mavjud. U tomonidan yaratilgan gipnoz usuli klassik gipnozdan yoʻnalishsiz ekanligi bilan kardinal farq qiladi: terapevt mijozga yoʻllanma va buyruqlar bermaydi, balki alohida holat - transga tushishga yordam beradi, bunda odam tetik boʻladi va terapevt bilan aktiv muloqot qilishi mumkin. Oddiy gipnozga odamlarning faqat bir qismini chalintirish mumkin boʻlsa, transga esa deyarli hohlagan odamni tushirish mumkin. Bunday holatda inson oʻzining ichki hissiyotlariga konsentrasiya qiladi va ma'lum vaqtga atrofdagi borliqni sezmay qoʻyadi. Tashqaridan odam goʻyoki "bu yerda emasdek" koʻrinadi: qarash "oʻzining ichiga" yoʻnalgan, nafas olish susaygan, tana boʻshashgan. Erikson transni inson ichki tajribalarini ishlab chiqish uchun tabiiy holat deb bilgan.

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xristianlikning nuqtai nazaridan, gipnoz insonni shayton vasvasasiga tushirishi mumkin.