Faint

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Faint“
Linkin Park qoʻshigʻi
„Meteora“ albomidan
B tomon
Chiqarilgan sanasi 9-iyun 2003-yil
Yozib olingan 2002
Janr
Davomiyligi 2:43
Leybl Warner Bros.
Matn muallif(lar)i Linkin Park
Prodyuser(lar)
  • Don Gilmore
  • Linkin Park
Linkin Park xronologiyasi
„Somewhere I Belong“
(2003)
Faint
(2003)
„Numb“
(2003)
Klipi
„Faint“ YouTubeda

Faint“ (tarjimasi „Kuchsiz“) — „Linkin Park“ rok musiqa guruhining „Meteora“ nomli ikkinchi studiyaviy albomiga kiritilgan qoʻshiq. Qoʻshiq albomning ikkichi singli oʻlaroq 2003-yilning 9-iyunida chiqarilgan. „Faint“ albomga kiritilgan yettinchi qoʻshiqdir. Qoʻshiq kiritilgan xit-paradlarning deyarli barchasida yuqori 30 talik safiga kirdi. Hot 100 xit-paradida 48-pogʻonagacha koʻtarildi. Qoʻshiq AQShning Modern Rock Tracks xit-paradida birinchi oʻringa koʻtarildi va guruhning ushbu xit-paraddagi uchinchi 1-pogʻonaga koʻtarilgan xitiga aylandi.

Qoʻshiq keyinchalik guruhning Jay-Z bilan hamkorlikdagi „Collision Course“ mini-albomiga kiritildi. Bu versiyada „Faint“ „Vol. 2... Hard Knock Life“ albomiga kiritilgan „Jigga What“ qoʻshigʻi bilan miks qilindi. I, the Breather hamda Memphis May Fire metalcore guruhlari „Faint“ ashulasining kaverini yozdi. Shuningdek, Coldrain yapon metalcore guruhi aʼzosi Masato Hayakawa Crossfaith guruhi bilan hamkorlikda qoʻshiq kaverini yozdi.

„Faint“ „Linkin Park“ning eng taniqli va eng koʻp kaver qilingan qoʻshiqlaridan biri hisoblanadi. Qoʻshiq kirishi hamda asosiy gitara riffi koʻpchilikka tanish. Singlning muvaffaqiyati hamda Jay-Z bilan „Numb/Encore“ qorishmasi muvaffaqiyati tufayli MTV telekanali „Faint“ qoʻshigʻining Britney Spears ijrosidagi „Toxic“ qoʻshigʻi bilan miksini hozirladi.

Klipi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiq klipiga Mark Romanek rejissorlik qilgan boʻlib, u Los Angeles shahrida olingan. Unda „Linkin Park“ tomoshabinlar oldida hamda sofit fonida ijro etayotgani aks etgan. Video deyarli boshdan-oyoq guruhning ortidan tasvirga olingan. Kuchli yorugʻlik tufayli guruh aʼzolarining silueti koʻrinadi. Shuning uchun video davomida guruh aʼzolari chehrasi koʻrinmagan. Faqat soʻnggi naqoratda musiqachilarning yuzi koʻrsatilgan.

Jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Linkin Park

Qoʻshimcha musiqachilar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Concert review: Linkin Park, Vector Arena“ (22-fevral 2013-yil). Qaraldi: 15-avgust 2016-yil.
  2. „10 Nü-Metal Songs That Don't Totally Suck“. Consequence of Sound (12-sentyabr 2019-yil). Qaraldi: 1-aprel 2021-yil.
  3. Weiss, Dan. „Ten Rap-Rock Songs That Are Actually Awesome“. LA Weekly (6-aprel 2012-yil). Qaraldi: 9-avgust 2016-yil.
  4. „Ranking Every Alternative Rock No. 1 Hit from Worst to Best“. Consequence of Sound. Qaraldi: 9-oktyabr 2019-yil.
  5. Law, Sam „The 20 greatest Linkin Park songs – ranked“. Kerrang! (17-aprel 2020-yil). Qaraldi: 3-noyabr 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani tinglang (3 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 26-may, 2022-yil(2022-05-26) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.