Mike Shinoda
Mike Shinoda | |
---|---|
| |
Tavalludi |
11-fevral 1977-yil |
Janrlar | Alternative Rock, Alternative Hip-Hop, Nu-Metal, Raprock |
Faoliyat yillari | 1996-bugun |
Guruhlari |
Linkin Park Fort Minor |
Fuqaroligi | AQSh |
Amplua | vokal, gitara, klavishlar |
Veb-sayt | http://mikeshinoda.com |
Mike Shinoda (talaffuzi:Mayk Shinoda) — Linkin Park guruhining aʼzosi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mike yapon kelib chiqishiga ega amerikalik Leslie Shinoda oilasida dunyoga keladi. Onasi venger kelib chiqishli Kim Shinoda. Yoshligini Mike Los Anjelesning shaharchasi — Agurada oʻtkazadi. Kichik ukasi Jason bor (1979-y. t.)
Maktab davrlaridayoq u musiqa bilan shugʻullanishni boshlaydi: fortepiano va gitara chalishni oʻrganadi. Brad Delson bilan bir maktabda oʻqigan va ular birga Mikening honasida yaratilgan studiyada musiqa yozishar edi. Oʻrta maktabning ohirlariga kelib ularga barabanchi Rob Bourdon qoʻshiladi va uch yosh musiqachi Xero guruhini tashkil etishadi.
Maktabni tamomlaganidan soʻng Mike Tasviriy Sanʼatlar kollejiga oʻqishga kiradi va u yerda grafik dizayn, illyustratsiyani oʻrganadi. Keyinchalik, bu Linkin Park va Fort Minor albomlarining muqovalari dizaynini ishlab chiqishga yordam beradi. Kollejda u Joseph Hahn bilan tanishadi, vaqt oʻtgach, u Bradning doʻsti baschi Dave "Phoenix" Farrell kabi guruhga di-jey sifatida qoʻshiladi.
Shaxsiy hayot
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mike Shinoda Anna (Hillinger) Shinoda bilan 2003-yil may oyida turmush qurgan. Hozirda u bolalar yozuvchisi. Where'd You Go qoʻshigʻi Shinodaning soʻzlariga qaraganda uning xotini Annaga bagʻishlangan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Linkin Park’ning rasmiy sayti (ingl.)
- Fort Minor’ning rasmiy sayti (ingl.)
- Mike Shinodaʼning rasmiy sayti (ingl.)
- Anna Shinodaʼning rasmiy sayti (ingl.)
Linkin Park |
Hozirgi tarkib: Mike Shinoda | Brad Delson | Joe Hahn | Dave "Phoenix" Farrell | Emily Armstrong | Colin Brittain |
Sobiq tarkib: Chester Bennington | Rob Bourdon | Mark Wakefield |
Diskografiya |
---|
Studiyaviy albomlar: Hybrid Theory | Meteora | Minutes to Midnight | A Thousand Suns | Living Things | The Hunting Party | One More Light | From Zero |
![]() | Musiqachi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |