Alt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Alt (ital. alto — yuqori, baland) — ovoz va soz turi; 1) xor yoki vokal an-samblda partiya, xonanda bolalar yoki ayollar (messo-soprano, kontralto)ning past (yoʻgʻon) ovozi. Tenordan yuqori yozi-ladi; 2) xonanda oʻgʻil bolalarning past (yoʻgʻon) ovozi; 3) skripkasimon sozlar guruhiga mansub 4 torli kamonli soz, shaklan skripkadan kattaroq, kvinta past sozga ega. A. turli ansambllarda va sim-377fonik orkestrda joʻrnavoz va yakkanavoz soz sifatida ishlatiladi; 4) A. yoki al-tgorn — puflama sozlar orkestridagi mis soz; 5) orkestr sozlarining A. turlari: domra-A., klarnet-A., trombon-A. va boshqa Ayrim oʻzbek xalq cholgʻulari (dutor, sato, afgʻon rubobi)ning diapazoni A. diapazoniga toʻgʻri keladi. Oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri tarkibidan yangi yara-tilgan dutor-A. va gʻijjak-A. oʻrin ol-gan. Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan torli sozlar ijrochilari tanlovida A. ijrochilari ham qatnashadi. Oʻzbekiston kom-pozitorlari torli A. uchun yirik asarlar yaratishgan (mas, B. Zeydmanning A. va simfonik orkestr uchun 1-2-konsert, A. va fortepiano uchun konsertinolari; Hab. Rahimovning A. va orkestr uchun konserti, A. Kozlovskiyning gʻijjak-, A. va fortepiano uchun sonatasi va b).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil