Britney Jean Spears (talaffuzi: Britni Jin Spirs; 2-dekabr 1981-yilda tugʻilgan) amerikalikqoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, raqqosa va aktrisadir. U 1990-yillar oxiri va 2000-yillar boshlarida oʻsmirlar pop-musiqasining tiklanishiga taʼsir koʻrsatgan, shu sababdan ham uni „Pop malikasi“ deb atashgan. Turli sahnalar va teleseriallarda paydo boʻla boshlagan Spears 1997-yilda 15 yoshida Jive Records bilan shartnoma imzoladi. Uning AQShdagi diamond (olmos) sertifikatiga ega boʻlishga musharraq boʻlgan ilk ikkita studiyaviy albomi — ...Baby One More Time (1999) Oops!... I Did It Again (2000) global miqyosidagi muvaffaqiyatga erishib, barcha davrlarning eng koʻp sotilgan albomlari qatoridan oʻrin oldi, shuningdek, Spearsni barcha davrlarning eng koʻp sotilgan oʻspirin artistiga aylantirdi. Yuqoridagi ikki albomdan birinchisi uchun ijro etilgan Oops!… I Did It Again ashulasi 2020-yilda Rolling Stone jurnali tomonidan barcha davrlarning „eng buyuk debyut singli“ sifatida qayd etildi, ikkinchi albom esa AQShda ayol artistning eng tez sotilgan albomi sifatida 15 yillik rekordni oʻrnatgan boʻlib, birinchi haftadanoq 1.3 milliondan oshiq nusxada sotilgan.
Spears oʻzining keyingi ikki studiyaviy albomi — Britney (2001) va In the Zone (2003) uchun yanada yetuk va provokatsion mavzular hamda estetikani qabul qildi, bu orada Crossroads (2002) filmida bosh rolda suratga tushdi, bu uning aktrisa sifatidagi ilk debyut roli sanalardi. Spears oʻzining mashhur Blackout (2007) nomli beshinchi studiyaviy albomini chiqardi va bu albomning ijrochi produseri boʻldi.[3] Keyinchalik Circus (2008) va Femme Fatale (2011) albomlarini chiqardi, bunda ikkinchi albom AQSh chartlarida singllarning eng muvaffaqiyatli erasi boʻldi. U keyingi ikki albomi sanalmish Britney Jean (2013) va Glory (2016) ni targʻib qilish maqsadida Las Vegasda joylashgan Planet Hollywood Resort & CasinodaBritney: Piece of Me nomli toʻrt yillik konsert-rezidentligini boshladi.
Pop ikonasi sifatida qaraladigan Spears umumjahon boʻylab 100 milliondan oshiq audioyozuvlar, jumladan AQShning oʻzida 70 milliondan oshiq audioyozuvlar sotishga muvaffaq boʻlgan boʻlib, bu bilan u jahondagi eng koʻp audioyozuvlari sotilgan musiqa artistlaridan biriga aylangan.[4][5] Uni Billboard 2000-yillarning oʻninchi yilidagi sakkizinchi eng katta artist sifatida qayd etdi. AQShda u Nielsen SoundScan erasidagi[6] albomi eng koʻp sotilgan toʻrtinchi ayol artist sifatida, shuningdek, 2000-yillarning albomi eng koʻp sotilgan ayol artisti sifatida eʼtirof etildi.[7][8][9] 2004-yilda Spears Elizabeth Arden, Inc. shirkati bilan parfumeriya brendini chiqardi; savdo hajmi 2012-yilga kelib AQSh$1.5 milliarddan oshdi.[10]Forbes jurnali Spearsni 2002- va 2012-yillarda eng koʻp haq toʻlanadigan ayol musiqachisi sifatida eʼlon qildi.[11] Shuningdek, Spears 12 yil ichida eng koʻp qidirilgan taniqli shaxslar roʻyxatida yetti marotaba birinchi pogʻonani egalladi, bu Internet paydo boʻlganidan beri rekord koʻrsatkichdir.[12]