The Hunting Party (inglizchadan tarjimasi — „Ov otryadi“) — Amerika rok guruhi boʻlmish Linkin Parkning oltinchi studiyaviy albomi. 17-iyun 2014-yilda chiqgan. 6-martda albomning birinchi qoʻshigʻi — „Guilty All The Same“ — chiqarildi, 6-mayda esa ikkinchi — „Until It`s Gone“. Albomga oldindan buyurtma berib qoʻyish imkoni 1-iyundan berildi, 3-iyunda buyurtmalar soni 300 mingdan oshdi. Bu koʻrsatkich guruh tarixida eng yuqori boʻldi.