Kontent qismiga oʻtish

Fatih Karagümrük S.K.

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Fatih Karagumrukdan yoʻnaltirildi)

Fatih Karagümrük
Toʻliq nomi Fatih Karagümrük Sportif Faaliyetler San. Tic. A.Ş.
Laqabi          Qora-qizilar (Kara Kırmızı)
Fotih avlodlari (Fatih'in Torunları)
Asos solingan 1926 (99 yil avval) (1926)
Stadion Otaturk Olimpiya Stadioni, Turkiya bayrogʻi Istanbul
Stadion hajmi 75,145[1]
Egasi Süleyman Hurma
Prezidenti Süleyman Hurma
Murabbiyi Andrea Pirlo
Vebsayt karagumruk.com
Musobaqasi Süper Lig
Mavsumi 20 dan 8-oʻrin
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi
Zaxira libosi

Fatih Karagumruk (turkcha: Fatih Karagümrük SK) — Istanbulning Fotih tumanidagi Karagumruk kvartalidagi Turkiyaning professional futbol klubi boʻlib, hozirda Turkiya futbol ligalari tizimidagi eng oliy — Turkiya Superligasida oʻynaydi. Jamoa oʻz uy uchrashuvlarini qariyb 77 000 tomoshabinga moʻljallangan „Olimpiya“ stadionida oʻtkazadi.

Klub 1926-yilning bahorida Muxtar Beyning saʼy-harakatlari va "Acıçeşme Gençleri" va "Karagümrük Gençleri" yoshlar jamoalarining birlashishi tufayli tashkil etilgan. Shu bilan birga, olov va tutunni anglatuvchi qizil-qora ranglar ham tanlangan. Fatih Karagumruk 1942-yilgacha Turkiya ligalarida oʻynagan, keyin esa Maorif vaziri Hasan Ali Yucel tashabbusi bilan Eminonu hududida joylashgan Vefa sport klubidagi maydondan mahrum boʻlgan. Fatih Karagumruk 1946-yilgacha faoliyat koʻrsatmadi.

1946-yil 14-iyulda qizil-qoralar oʻz faoliyatini „Karagumruk Genchlik“ (turkcha: Karagümrük Gençlik Kulübü) nomi bilan davom ettirgan. Klub 1959-yilda tashkil etilgan birinchi Turkiya professional chempionatida ishtirok etdi. Jamoa Turkiyaning asosiy ligasida yana toʻrt yil oʻynadi va 1962/1963-yilgi mavsum oxirida quyi ligaga tushib ketdi. 2019/20-yilgi mavsumda klub 1983/1984-yilgi mavsumdan keyin ilk bor Oliy ligaga qaytdi[2] va jadvalda 5-oʻrinni egalladi, shuningdek, keyinchalik pley-off gʻolibiga aylandi.

Fatih Karagumrukning eng prinsipial raqibi qoʻshni Istanbul viloyatidan boʻlgan „Kasimpasha“dir.

Turkiya Super Ligasi: 1958-63, 1983-84, 2020-hozirgacha

TFF Birinchi Ligasi: 1963-69, 1980-83, 1984-88, 1989-92, 2004-05, 2019-20

TFF Ikkinchi Ligasi: 1969-80, 1988-89, 1992-97, 2000-01, 2002-04, 2005-08, 2014-19

TFF Uchinchi Ligasi: 2001-02, 2008-09, 2012-14

Turkiya Mintaqaviy Havaskorlar Ligasi: 2010-12

Havaskor Futbol Ligalari: 1997-2000, 2009-10

Hozirgi tarkib

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yil 28-sentabr holatiga koʻra[3]
R. Poz. Millati Futbolchi
1 GK Turkiya TUR Batuhan Şen
2 GK Italiya ITA Emiliano Viviano
3 DF Turkiya TUR Emir Tintiş
4 DF Italiya ITA Davide Biraschi
5 DF Kosovo KVX Ibrahim Drešević
8 MF Italiya ITA Matteo Ricci
9 FW Senegal SEN Mbaye Diagne
11 MF Turkiya TUR Kerim Frei
13 MF Turkiya TUR Colin Kazim-Richards
14 MF Turkiya TUR Efe Tatlı
16 FW Italiya ITA Fabio Borini
17 MF Turkiya TUR Samed Onur
18 MF Germaniya GER Levent Mercan
19 FW   Ebrima Colley
21 MF Shvetsiya SWE Jimmy Durmaz
R. Poz. Millati Futbolchi
22 MF Turkiya TUR Burak Kapacak
23 GK Turkiya TUR Cem Kablan
24 MF Nigeriya NGA Lawrence Nicholas
25 MF Turkiya TUR Fatih Kurnaz
27 MF Rossiya RUS Magomed Ozdoyev
29 MF Oʻzbekiston UZB Otabek Shukurov
37 DF Turkiya TUR Efecan Mizrakci
44 DF   Steven Caulker
54 DF Turkiya TUR Salih Dursun
70 MF Kot-dʼIvuar CIV Jean Evrard Kouassi
77 MF Belgiya BEL Adnan Ugur
86 DF Turkiya TUR Burak Bekaroğlu
88 DF Turkiya TUR Caner Erkin
99 DF Italiya ITA Rayyan Baniya


  1. „Tesi̇sleri̇mi̇z“.
  2. „Fatih Karagümrük promoted to Turkish Süper Lig“. Daily Sabah (31-iyul 2020-yil).
  3. „OYUNCULAR“. Fatih Karagümrük. 24-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-dekabr 2020-yil.