Olivier Thill

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olivier Thill
Thill Ufa safida 2019-yil
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 17-dekabr 1996-yil (1996-12-17) (27 yosh)
Tavallud joyi Luxembourg City, Lyuksemburg bayrogʻi Lyuksemburg
Boʻyi 1.76 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Turkiya Eyüpspor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015-2018 Progrès Niederkorn 67 (16)
2018-2020 Ufa 50 (1)
2021-2022 Vorskla Poltava 29 (10)
2022Eyüpspor (ijara) 8 (1)
2022- Eyüpspor 0 (0)
Milliy terma jamoa
2016-2018 Luxembourg U21 7 (0)
2017- Luxembourg 40 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 24-iyul uchun)

Olivier Thill (1996-yil, 17-dekabrda tugʻilgan) — Lyuksemburglik professional futbolchi, Turkiyaning Eyüpspor klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olivier Thill kattalar safidagi faoliyatini 2015-yilda[1] „Progrès Niederkorn“ klubida boshlagan va usha klubda 2018-yilgacha futbol oʻynagan.

2018-yil, 31-avgustda Olivier Thill Rossiya Premyer ligasi klubi „Ufa“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[2]. Bundan uch hafta oldin Olivier Thill oʻzining oldingi jamoasi „Progrès“ klubi safida Yevropa ligasi saralashida „Ufa“ga qarshi oʻyinda gol urgan edi[3]. 2020-yil, 17-oktabrda uning „Ufa“ bilan shartnomasi o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qildi[4].

2020-yil, 30-dekabr kuni Ukraina Premyer-ligasi jamoasi „Vorskla Poltava“ klubi Olivier Thill bilan 2 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[5].

2022-yil, 7-mart kuni FIFA Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan xorijlik futbolchilarning Ukrainadagi barcha shartnomalari 2022-yilning 30-iyuniga qadar to‘xtatilganini va shu kungacha Ukrainadan tashqaridagi klublar bilan shartnoma imzolashlariga ruxsat berilganini eʼlon qildi[6]. 2022-yil, 30-mart kuni Olivier Thill Turkiyaning Eyüpspor klubi bilan 2022-yilning 30-iyuniga qadar yangi qoidadan foydalangan holda shartnoma tuzdi[7].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olivier Thill 2017-yilda Lyuksemburg terma jamoasi safida xalqaro maydonda debyut qilgan[1].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olivier Sebastien Thill va Vincent Thillning ukasi. Sébastien Hansa Rostock klubida oʻynaydi, Vincent esa Poltavaning Vorskla klubida faoliyat olib boradi. Uchchala sobiq xalqaro futbolchilar Serge Thillning oʻgʻillaridir[8].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Lyuksemburgning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Thillning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi.
Olivye Thill tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Son Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2017-yil, 10-oktyabr Stade Josy Barthel, Lyuksemburg shahri, Lyuksemburg  Bolgariya 1-0 1-1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
2 2018-yil, 8-sentyabr Stade Josy Barthel, Lyuksemburg shahri, Lyuksemburg  Moldova 2-0 4-0 2018-19-yilgi UEFA Millatlar ligasi D
3 2021-yil, 4-sentyabr Rayko Mitich stadioni, Belgrad, Serbiya  Serbiya 1-2 1-4 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]