Eyüp qabristoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Eyüp qabristoni (turkcha: Eyüp Mezarlığı) yaʼni Eyüp Sulton qabristoni — Turkiyaning Istanbul shahri Yevropa tomonida, Eyüp tumanida joylashgan tarixiy qabriston boʻlib, Vaqflar Bosh boshqarmasi tomonidan boshqariladi[1]. Ushbu qabriston Istanbuldagi eng qadimgi va eng katta musulmon qabristonlaridan biri hisoblanib, u yerda Usmoniylar davlati sultonlari va saroy aʼzolari, sadr vazirlari, oliy martabali diniy idora vakillari, davlat xizmatchilari va harbiy qoʻmondonlar hamda ziyolilar, olimlar, sanʼatkorlar va shoirlarning qabrlari joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eyüp qabristonidagi Usmonli davriga oid marhumning kasbi yoki ijtimoiy mavqeini bildiruvchi bosh qoplamali qabr toshlari

Qabriston Usmonlilar orasida juda mashhur edi, chunki ular vafotlaridan keyin Abu Ayyub al-Ansoriyning (576 — taxminan 672 yoki 674) qabri yonida, Usmonli turk tilida Ebu Eyyub al-Ensoriy (zamonaviy turk tilida Eyüp Sulton) dafn qilinishni xohlashardi. Islom paygʻambari Muhammadning yaqin sahobasi boʻlmish Abu Ayyub al-Ansoriy Vizantiya imperiyasi poytaxti Konstantinopolga qilingan reyd paytida vafot etgan, shu sababli uni iloji boricha shahar devorlariga yaqinroq joyda dafn qilishni xohlashgan. 1453-yilda Usmonli turklari Konstantinopolni bosib olganidan soʻng dafn etilgan joyda uning qabr qurilgan va uning sharafiga bugungi kunda Eyüp Sulton masjidi deb ataladigan masjid bunyod etilgan. Oʻsha paytdan boshlab, hozirgi Eyüp deb nomlanuvchi hudud muqaddas boʻlib, koʻplab taniqli Usmonli shaxslari Abu Ayyubning qabri yaqinida dafn qilinishlarini iltimos qilishgan.

Eyüp qabristoni Oltin Shoxning gʻarbiy qirgʻogʻida, Konstantinopolning (hozirgi Istanbul) tarixiy devorlaridan tashqarida joylashgan. U Oltin Shox qirgʻogʻi orasidan Karyağdı yonbagʻrigacha, undan oʻtib Edirnekapigacha choʻzilgan. Oltin Shox atrofidagi yoʻl qurilishi va milliylashtirish ishlari qabrlarga katta zarar yetkazgan.

Eyüp qabristonida Usmonlilar davridagi jamoat jallodlarining ham qabrlari mavjud. Ularni jamoat qabristonlariga dafn etishga ruxsat berilmagan va Eyüp qabristoni yonidagi Karyagʻdi tepaligidagi „Jallod qabristoni“ deb nomlanadigan alohida qabristonga (turkcha: Cellat Mezarkığı) dafn qilingan. Ularni dafn etish ishlari Istanbuldagi faqat ikkita qabristonda tunda yashirin ravishda boʻlib oʻtgan. Ushbu jallodlar tomonidan qatl etilgan shaxslarning qarindoshlari tomonidan ularning qabrlariga zarar yetkazilmasligi uchun qabr toshlarida hech qanday nom va sana koʻrsatilmagan. Afsuski, hozirgi kungacha faqat bir nechta jallod qabrlarigina saqlanib qolgan[2][3][4].

Jinoyat ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994-yilning noyabr kunlaridan biri kechki vaqtda 45 yoshli avstriyalik professor ayol mashhur Pierre Loti kafeteriyasida kofe ichib boʻlib, qabriston orqali tepadan pastga tushayotganida hujumga uchragan, talon-taroj qilingan va oʻldirilgan. Uning qotili 17 yoshli avtomobil rassomi boʻlgan[5].

2001-yilning 25-avgust kuni peshindan keyin taniqli turk yahudiy tadbirkori, Alarko Holding asoschisi Üzeyir Garih Fevzi Çakmak qabri yonida qabriston qoʻriqchilari tomonidan oʻlik holda topilgan. Unga oʻn marta pichoq urilgan. Politsiya ikki soatdan soʻng gumonlanuvchi shaxsni qoʻlga olgan, qotil ushbu jinoyatni tan olgan va tadbirkorni talonchilik uchun oʻldirganini aytgan[6]. Biroq Garihning puli va mobil telefonini oʻgʻirlagan haqiqiy qotil oradan oʻn kun oʻtganidan keyin qoʻlga olingan[7]. Xabar qilinishicha, Garih har ikki haftada Turkiyaning birinchi Bosh shtab boshligʻi feldmarshali Çakmak qabrini ziyorat qilgan[6].

2001-yilgi qotillik ishidan koʻp oʻtmay Eyüp tumani prokuraturasi komissari Eyüp qabristonining beparvolik tufayli fohishalik va giyohvand moddalar isteʼmol qilish joyiga aylanganini tan olgan[5][8]. Maʼlum qilinishicha, 1994-yilgi qotillikdan beri qabristonda hamda sayyohlar koʻp boʻladigan tepalikda joylashgan choyxonaga olib boradigan yoʻlda politsiya patrul nazorati oʻtkazilmagan[9].

Mashhur dafn marosimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feldmarshal Fevzi Çakmak va oila aʼzolarining oila qabri
  • Xizr Bey (1407-1459) — hanafiylik-moturidiylik olimi va shoiri
  • Idris Bitlisi (1457 — 1520) — Usmonli kurd arbobi
  • Mehmed V (1844-1918) — Usmonlilar imperiyasining 35-sultoni[4]
  • Shahzoda Sabahaddin (1878-1948) — sotsiolog va mutafakkir[10]
  • Husein Gradaščević (1802-1834) Usmonli imperiyasiga qarshi isyon koʻtargan bosniyalik general
  • Hoji Orif Bey (1831-1885) Usmonli klassik musiqa bastakori[4]
  • Ahmad Hoshim (1884?-1933) shoir[4]
  • Kichik Mehmed Said Posho (1830-1914) davlat arbobi va Jerid-i-Havadis gazetasi muharriri[4]
  • Sheker Ahmad Posho (1841-1907) rassom, askar va davlat amaldori[4]
  • Fevzi Çakmak (1876-1950) feldmarshal va siyosatchi[11]
  • Sadettin Heper (1899-1980) Mavlaviy musiqa bastakori[4]
  • Hüseyin Hilmi Işık (1911-2001) islom olimi
  • Necip Fazil Kısakürek (1904-1983) shoir, yozuvchi, dramaturg, faylasuf va faol
  • Nurettin Uzunoğlu (1939-2013) islom olimi, professor, siyosatshunos va akademik
  • Enver Ören (1939-2013) tadbirkor va Ihlas Holding asoschisi[12]
  • Murat Öztürk (1953-2013) professional akrobatika uchuvchisi[13]
  • Ahmad Ammar Ahmad Azam (1993-2013) Eyup qabristoniga dafn etilgan birinchi malayziyalik shaxs, unga turk xalqi tomonidan Shehidimiz unvoni berilgan
  • Mahfiruz Xotun (taxminan 1590-1620) Usmonlilar sultoni Ahmad I ning (h. 1603-17) turmush oʻrtogʻi va Sulton Usmon II ning (h. 1618-22) onasi
  • Mahmud Esad Coşan (1938-2001) turk ademigi, yozuvchi, voiz, islom professori va naqshbandiya yetakchisi

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Eyüp Sultan: İşte ihmal edilen mezarlık“. Medeniyetimiz (2010-yil 24-noyabr). 2021-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-oktyabr.
  2. Erbil, Ömer. „Cellat mezarlıkları kayıplara karıştı“ (Turkish). Radikal (2011-yil 11-avgust). Qaraldi: 2013-yil 27-oktyabr.
  3. „Cellat mezarlığı yok oluyor!“ (Turkish). Habertürk (2011-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 27-oktyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 „İstanbul'a hürmet Eyüp'ten başlar“ (Turkish). Aksiyon. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-oktyabr. (in Turkish). Aksiyon. Archived from the original on 2013-10-29. Retrieved 2013-10-28.
  5. 5,0 5,1 Ordu, Şenay; Taner Yener. „Tanıklar susuyor“ (Turkish). Hürriyet (2001-yil 1-sentyabr). 2013-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-oktyabr.Ordu, Şenay; Taner Yener (2001-09-01). „Tanıklar susuyor“ (Archive.is saytida 2013-10-28 sanasida arxivlangan). Hürriyet (in Turkish). Retrieved 2013-10-28.
  6. 6,0 6,1 „Üzeyir Garih öldürüldü“ (Turkish). Hürriyet (2001-yil 25-avgust). Qaraldi: 2013-yil 28-oktyabr.
  7. „Eyüp canavarı kıskıvrak“ (Turkish). Sabah (2001-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 28-oktyabr.
  8. „Eyüp Mezarlığı fuhuş yeri“ (Turkish). Hürriyet (2001-yil 20-avgust). Qaraldi: 2013-yil 28-oktyabr.
  9. Atilla Toygun; Ali Aksoyer; Asım Güneş; Taner Yener. „Suçlayacak delil bulunamadı“ (Turkish). Hürriyet (2001-yil 27-avgust). 2013-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-oktyabr.
  10. „Eyüp: Mezar mezarlığı“ (Turkish). Dünya Bülteni (2010-yil 1-yanvar). 2022-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-oktyabr.
  11. „Mareşal Fevzi Çakmak Eyüp Mezarlığı'ndaki Kabri Başında Anıldı“ (Turkish). Eyüp Kaymakamlığı (2012-yil 10-aprel). 2013-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-oktyabr.
  12. „Ören Eyüp Sultan Mezarlığı'na Defnedilecek“ (Turkish). Habertut (2013-yil 23-fevral). 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-oktyabr.
  13. „Murat Öztürk son yolculuğuna uğurlandı“ (Turkish). Sabah (2013-yil 21-may). Qaraldi: 2013-yil 21-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]