Kisakoʻrak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kisakoʻrak, Najip Fozil (1905 -1983.25.5, Istanbul) — turk shoiri, yozuvchi, dramaturg . Ilk sheʼriy kitobi — "Oʻrgimchak toʻri" (1925). "Men va u" (1932) asari mashhur. "Koʻpriklar" (1928), "Soʻngsizlik karvoni" (1955), "Sheʼrlarim" (1969) va boshqa sheʼriy toʻplamlarida insonning hayotdagi oʻrni, jism va ruh mutanosibligi, sirli botiniy tuygʻular jozibasi aks ettirilgan. K. 1934 yil naqshbandiylik tariqati shayxlaridan Abdulhakim Orvasiy bilan tanishgan. Shu bois uning sheʼriyatida mumtoz sheʼriyat unsurlarini fransuz modern sheʼriyati oʻlchovlari bilan uygʻunlashtirishga intilish bor. K. "Ruhiyat olami hikoyalari" (1965) toʻplami, "Oynadagi yolgʻon" (1970), "Asosiy hujjat" (1983) romanlari, "Tuxum" (1935), "Bir odam yaratmoq" (1937), "Pul" (1942), "Yunus Emre" (1969) pyesalari muallifi. Turkiya adabiyoti Vaqfi tomonidan K.ga "Shoirlar sultoni" unvoni berilgan (1980).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil