Kontent qismiga oʻtish

Edward von Lõngus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Edward von Lõngus
Tavalludi nomaʼlum
Estoniya
Millati eston
Sohasi rassom
Tartudagi Estoniya Oliy sudi oldidagi „Kannabis soqol va jodugar ovchisi“ grafitisi
2015-yilgi Estoniya parlament saylovlari oldidan Tallinda paydo boʻlgan „Yalangʻoch qirol“ rasmi

Edward von Lõngus (talaffuzi: Edvard fon Lingus) – trafaret graffiti uslubida anonim ravishda ishlaydigan estoniyalik rassomning taxallusi[1]. Uning asarlari ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, butun mamlakatdagi madaniyat muassasalarida yuqori baholanadi, ularning bir nechtasi hatto Tartu sanʼat muzeyida saqlanadi[2]. Hayotning turli siyosiy va ijtimoiy jihatlariga taalluqli asarlarini yaratish uslubi, trafaretlardan foydalanish va anonimligi uchun Edward von Lõngusni koʻpincha Banksyga qiyoslanadi[3].

2014-yilda yilda kannabis yetishtirishga qarshi kurash masalasiga bagʻishlangan „Kannabis soqol va jodugar ovchisi“ („Kannahabe ja Nõiakütt“) graffitisi uchun Tartu shahri madaniyati mukofotini (Tartu City Culture Award) oladi. Graffitida Eno RaudningNaksitrallid“ bolalar kitobidagi personajlardan biri Mox soqol tasvirlangan boʻlib, soqoliga moxning oʻrniga kannabis barglari tushirilgan[4].

2019-yil yanvar oyida Edward von Lõngus „(R)estart Reality“ raqamli street art loyihasi uchun Estoniya Tashqi ishlar vazirligining madaniyat mukofotiga sazovor boʻldi. Estoniyaning Yevropa Ittifoqiga raisligi ostida boʻlib oʻtgan Estoniya Respublikasining 100 yilligini nishonlash yubiley dasturi doirasida Edward von Lõngus Yevropaning 11 ta poytaxtiga Bryussel, Rim, Berlin, Xelsinki, Kopengagen, Parij, London, Vilnyus, Riga, Vena va Budapesht tashrif buyuradi. Rassom shaharlarning devorlarida Estoniya madaniyati va tarixi bilan bogʻliq qahramonlarni tasvirlaydi. Bundan tashqari, ularning barchasini maxsus dastur va qoʻshimcha texnologiyalar yordamida „jonlantirilishi“ mumkin boʻlgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]