Trafaret

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Trafaret — naqsh, harf, son, topografik belgilar, mashina va kurilmalarning shartli grafik belgilari va boshqa andazasi; rangdor tasvir yoki naqshni shakllantirishda uning u yoki bu qismini koʻp marotaba takrorlanishiga moʻljallangan moslama; axta. T. oʻziga xos teshiklari boʻlgan metall, yogʻoch karton, plastmassa va boshqa plastina boʻlib, shu teshikchalar orqali naqsh yoki tasvir bezatiladigan sirt (yuza)ga boʻyoklar va boshqa surtib tushiriladi. Badiiy kashtadoʻzlik, toʻqimachilik va qogʻoz ishlab chiqarish.da, baʼzan kulollik buyumlarini trafaret bosma usulida bezashda keng qoʻllanadi. Chizmachilik — grafika, boʻyoqchilik va boshqa ishlarda takroriy rasmlar yoki murakkab shakllar qosil qilishda ham ishlatiladi.