Graffitlar
Qiyofa

Graffitlar (italyancha graffito – tirnalgan) – imoratlarning devorlari va idishlar sirtiga tirnash yoʻli bilan chizilgan qadimgi yozuvlar, naqsh va suratlar. Graffitlar qadimgi odamlarning kasbi, qiziqishlari, sanʼati, turmushi xususiyatlari toʻgʻrisida muhim maʼlumotlarni saqlab qolgan. Graffitlar qadimgi qabilalarning jonli tilini bilishga imkon beradi. U paleografiya fanini yangi maʼlumotlar bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega. Markaziy Osiyoning qadimda aholi yashagan manzilgohlaridan topilgan graffitlar ham ajdodlarimizning koʻhna madaniyati va yozuv namunalarini oʻrganishda manba boʻlib xizmat qilmoqda.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Tarixga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
![]() | Sanʼatga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |