Dumbo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Dumbo
Dumbo-1941-poster.jpg
Original chiqishli poster
Rejissor Supervising rejissor:
Ben Sharpsteen
Sequence rejissor:
Norman Ferguson
Wilfred Jackson
Bill Roberts
Jack Kinney
Samuel Armstrong
Produser Walt Disney
Hikoya
  • Otto Englander
  • Joe Grant
  • Dick Huemer
Aktyorlar
  • Edward Brophy
  • Herman Bing
  • Margaret Wright
  • Sterling Holloway
  • Verna Felton
  • Cliff Edwards
Sharhlovchi John McLeish
Bastakor
  • Frank Churchill
  • Oliver Wallace
Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar Walt Disney Productions
Distributor RKO Radio Pictures
Premyera
  • 23-oktabr, 1941-yil(1941-10-23)

(New York shahri)[1]

  • 31-oktabr, 1941-yil(1941-10-31)

(AQSh)

Davomiyligi 64 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Budjet $950,000[2]
Daromad $1.6 million[3]

Dumbo (talaffuzi: Dambo) — 1941-yilda Walt Disney produserlik qilgan, Walt Disney Productions studiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan hamda RKO Radio Pictures tomonidan tarqatilgan Amerika animatsion filmi. Film RKO Radio Pictures tomonidan tarqatilgan boʻlib, kartina Disneyning toʻrtinchi badiiy filmi hisoblanadi. Bu filmga Edward Brophy, Herman Bing, Margaret Wright, Sterling Holloway, Verna Felton va Cliff Edwards kabilar ovoz berishgan.

Sujet[tahrir]

Qish oʻtishi bilan 1941-yilda laylaklar toʻdasi Floridada joylashgan „Qishki kvartal“ ichidagi chaqaloqlarni sirk hayvonlariga topshirishadi. Barcha onalar laylaklardan chaqaloq olishardi, biroq fil — Jumbo xonimdan tashqari. Sayohat paytida yoʻqolgan laylak unga chaqaloq filni olib keladi, u boshqa fillarni hayratda qoldiradi, sababi bu fil juda katta quloqlarga ega edi. Uni boshqa jonivorlar masxara qilishadi. Keyinchalik, unga „Dumbo“ taxallusi beriladi. Jumbo xonim oʻz qadr-qimmatini saqlab qolishga harakat qiladi va bolasiga onalik mehri bilan muomala qiladi, ammo bir guruh jonivorlar Dumboni masxara qilishni boshlaganlarida, Jumbo xonim ulardan birini ushlaydi va uradi. Sirk ringmasteri Jumbo xonimni qilgan harakatlaridan jinni deb oʻylaydi va uni qafasga qamab qoʻyadi. Yolgʻiz Dumbo boshqa sirk truppalari orasida yolgʻizga aylandi. Timothy ismli kichkina sichqon Dumboga tasalli berib, uni yulduzga aylantirishga qasamyod qiladi.

Timothy tomonidan yashirincha ruhlantirilgandan soʻng, ringmaster Dumboni fillar piramidasining tepa qismiga chiqishiga oʻrgatadi. Biroq, Dumbo qulogʻini bosib olib, piramidani buzib yuboradi, buning oqibatida esa boshqa fillar har xil jarohat olishadi. Natijada, Dumbo sharmandaligi uchun boshqa fillar tomonidan masxarabozga aylantiriladi va sirkdagi pirog toʻldirilgan idishga tushishini oʻz ichiga olgan sahnada asosiy rolni oʻynaydi. Dumbo oʻzining yangi mashhurligi va shuhratiga qaramay, bu ishni yomon koʻradi va endi uning ahvoli har qachongidan ham ayanchli edi. Dumboga koʻnglini koʻtarish uchun Timothy uni qamoqdagi onasining oldiga olib boradi. Biroq, u yerda ikkalasi bir-birlarini yuzma-yuz koʻrishga qodir emas edi. Qaytishda Dumbo yigʻlab yuboradi va uni hiqichoq tutib qoladi, shuning uchun Timothy uni chelakdan suv ichishga olib boradi, ular ichgan suvga tasodifan bir shisha shampanni toʻkib yuborilgan edi. Natijada, Dumbo va Timothy, ikkalasi ham mast boʻlib, pushti fillarning syurreal gallyutsinatsiyalarini koʻrishadi.

Ertasi kuni ertalab, Dumbo va Timothyni, daraxtning eng baland shoxlarida oʻtirgan filni koʻrib hayron boʻlgan bir guruh qargʻalar uygʻotishdi. Timothy Dumbo katta quloqlarini qanot sifatida ishlatib parvozga erishgan deb oʻylaydi. Keyin Timothy, oʻziga ishonmaydigan Dumboni ushbu iqtidordan foydalanishga qargʻalar yetakchisining koʻmagi bilan ishontiradi, Qargʻa Dumboga patidan birini beradi va unga uchib ketishga imkon beradigan sehrli xususiyatlarga ega ekanligiga ishontiradi. Sirkga qaytib, Timothy Dumboga parvoz etadigan tomosha uyushtirishni taklif qiladi. Parvozga paytida, Dumbo quloqlarini ochganda, u patni yoʻqotadi va vahimaga tushadi. Timothy tezda pat hech qachon sehrli boʻlmaganligini va u hali ham parvoz qila olishini taʼkidlaydi. Dumbo oʻz qoʻrquvini yengdi hamda sirk atrofida parvoz qilib, barchaga parvoz qila olishini isbotlaydi. Buni koʻrgan hamma hayratda qoladi. Ushbu chiqishdan soʻng, Dumbo media shov-shuviga aylanadi, Timothy uning menejeri va sirkning yangi egasiga aylanadi. Dumbo va Jumbo xonimga sirk poyezdida shaxsiy vagon beriladi va Casey Jr. keyingi poyezdga boradi. Film oxirida, Jumbo xonim, Dumbo va qargʻalar uzoqdan xayrlashmoqdalar, kichkina filning yangi doʻstlari esa unga omad tilashadi.

Ovoz berganlar[tahrir]

  • Dumbo
  • Edward Brophy — Timothy Q. Mouse
  • Verna Felton — fil Matriarch
  • Cliff Edwards — Dandy Crow
  • Herman Bing — Ringmaster
  • Margaret Wright — Casey Junior
  • Sterling Holloway — Mr. Stork
  • The Hall Johnson Choir — Crow Chorus
  • James Baskett — Fats Crow
  • Nick Stewart — Specks Crow
  • Hall Johnson — Deacon Crow
  • Jim Carmichael — Dopey Crow
  • The Kingʻs Men — Roustabout Chorus
  • Noreen Gammill — fil Catty
  • Dorothy Scott — fil Giddy
  • Sarah Selby — fil Prissy
  • Malcolm Hutton — Skinny
  • Billy Bletcher — Clown
  • John McLeish — sharhlovchi

Musiqa[tahrir]

Kuy va ijrochilar[tahrir]

  • „Look Out for Mr. Stork“ (The Sportsmen)
  • „Casey Junior“ (The Sportsmen)
  • „Song of the Roustabouts“ (The King's Men)
  • „Baby Mine“ (Betty Noyes)
  • „The Clown Song“ (A.K.A."Weʼre gonna hit the big boss for a raise") (Billy Bletcher, Eddie Holden and Billy Sheets)
  • „Pink Elephants on Parade“ (The Sportsmen) (preceded by two minutes of music on soundtrack version)
  • „When I See an Elephant Fly“ (Cliff Edwards va Hall Johnson Choir)
  • „When I See an Elephant Fly“ (Reprise)

Mukofotlar[tahrir]

[4][5]

Yil Marosim Mukofot Natija[6]
1941 Oscar Best Scoring of a Musical Picture Yutuq
Eng yaxshi original ashula
(„Baby Mine“ ashulasi uchun)
Nominatsiya
1947 Cannes film festivali Eng yaxshi animatsion dizayn Yutuq

Manbalar[tahrir]

Umumiy manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]

VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Dumbo haqida sahifa mavjud.
Portal Vikipediyada Animatsiya portali bor.