John Lasseter
John Lasseter | |
---|---|
Tavalludi | 12-yanvar 1957[1] |
Fuqaroligi | AQSh |
John Alan Lasseter (inglizcha: John Alan Lasseter; 1957-yil 12-yanvarda Kaliforniya AQShda tugʻilgan[2]) — amerikalik animator va Pixar va Walt Disney Animation Studios rejissyori (CCO), Pixar asoschilaridan biri[3]. U Walt Disney Imagineering kompaniyasining bosh ijodiy maslahatchisi[4]. Oskar sovrindori.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]John Lasseter Gollivudda, Kaliforniyada tugʻilgan. Johnning onasi „Bell Gardens“ nomli oʻrta maktabida sanʼat oʻqituvchisi edi. Otasi — Pol Lasseter — mahalliy Chevrolet dilerida omborga mas’ul edi. John Kaliforniyaning Vitter shahrida ulgʻaygan[5]. Lasseterning onasining kasbi uning animatsiya va animatsiyaga boʻlgan ishtiyoqiga, otasining ishi esa uning mashinalarga boʻlgan muhabbati va qiziqishiga taʼsir koʻrsatdi. Bolaligida John hatto cherkov xizmatlari paytida ham koʻp chizgan[6].
Lasseter yoshligida, asosan, „Animatsiya sanʼati“ kitobi tufayli animator boʻlishga qaror qildi (inglizcha: The Art of Animation — Bob Tomas tomonidan yozilgan Disney Studios hikoyasidir[7].
John Lasseter ota-onasi va aka-ukalari oʻqigan Pepperdin universitetida oʻqishni boshladi. Biroq, u keyinchalik Walt Disney tomonidan asos solingan Kaliforniya sanʼat institutiga koʻchib oʻtdi[8]; mashhur A113 sinfidagi oʻquvchilardaln biri boʻldi.
Lasseterga Disneyning uchta xodimi dars bergan: Erik Larson, Frenk Tomas va Olli Jonston, uning sinfdoshlari orasida Bred Bird, Jon Masker, Genri Selik va Tim Burton ham bor edi. U yerda boʻlgan vaqtida u ikkita „Xonim va chiroq“ (1979) va Nitemare (1980) qisqa filmlarini suratga tushgan. „Xonim va chiroq“ talabalar tanlovida g‘olib bo‘ldi va filmning bosh qahramoni oq chiroq keyinchalik Pixarning logotipiga aylandi[9][10].
Martaba
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yil 1-noyabrda John Lasseterning ismli yulduz Hillywood shon-shuhrat xiyoboniga qoʻyildi va u 2453-chi boʻldi[11].
2017-yilning noyabr oyida u odobsizlik ayblovlari tufayli olti oyga ishdan chetlashtirildi. 2018-yil iyun oyida[12] John Lasseter shartnoma muddati tugaganidan keyin yil oxirida Disney kompaniyani tark etishini va shu vaqtgacha u maslahatchi rolini bajarishini eʼlon qildi. Shunday qilib, Oʻyinchoqlar tarixi 4 uning Pixardagi so‘nggi multfilmi bo‘ldi[13].
2019-yil yanvar oyida u Skydance Media kompaniyasining 2017-yilda tashkil etilgan animatsiya boʻlimi rahbari lavozimiga ishga qabul qilindi[14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ // (unspecified title)
- ↑ https://www.kinoafisha.info/person/8329854/
- ↑ https://www.kinoafisha.info/person/8329854/
- ↑ „Business Week article from March 2006 entitled «The Happiest Place on Earth — Again»“. 2012-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 16-avgust.
- ↑ https://www.kinoafisha.info/person/8329854/
- ↑ https://www.kinoafisha.info/person/8329854/
- ↑ https://www.kinopoisk.ru/name/23948/
- ↑ Кэтмелл, Уоллес 2014.
- ↑ https://www.kinopoisk.ru/name/23948/
- ↑ https://www.kinopoisk.ru/name/23948/
- ↑ https://www.kinopoisk.ru/name/23948/
- ↑ „Архивированная копия“. 2018-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-iyun.
- ↑ https://www.kinopoisk.ru/name/23948/
- ↑ „John Lasseter to Head Animation for Skydance | Hollywood Reporter“. 2019-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-iyun.