Bambi II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bambi II

DVD muqovasi
Rejissyor(lar) Brian Pimental
Prodyuser(lar)
  • Jim Ballantine
  • Jeffrey Moznett
  • Dave Okey
Ssenariynavis(lar) Alicia Kirk
Hikoya
  • Brian Pimental
  • Jeanne Rosenberg
Qaysi asarga
asoslangan
Felix Salten yaratgan
qahramonlar
Rollarda
Bastakor(lar) Bruce Broughton
Muharrir(lar)
  • Jeremy Milton
  • Mark Solomon
Studiya(lar) DisneyToon Studios[1]
Walt Disney Pictures[1]
Distribyutor
Chiqarilgan sanasi
  • 26-yanvar, 2006-yil(2006-01-26) (Argentina)
  • 7-fevral, 2006-yil(2006-02-07) (AQSh)
Davomiyligi 72 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh[1]
Til inglizcha
Daromadi $35 million[2]
Avvalgi film Bambi

Bambi II yoki Bambi and the Great Prince of the Forest 2006-yilda direct-to-video turida chiqarilgan animatsion filmdir. Disneytoon Studios va Walt Disney Pictures studiyalari tomonidan ishlangan. 1942-yilda ishlangan Bambi animatsion filmining davomi. Film rejissori — Brian Pimental, produserlari — Jim Ballantine, Jeffrey Moznett va Dave Okey, ssenariy mualliflari esa Pimental va Jeanne Rosenberg'dir. Film Bambining otasining mehrini qozonishga urinishlari haqidadir.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Onasi ovchi tomonidan otib oʻldirilganidan soʻng, Bambini Buyuk shahzoda oʻzi bilan olib yuradi, keyin uyiga olib boradi. Buyuk shahzoda Bambiga bir muncha vaqt gʻamxoʻrlik qiladi.

Bir muncha vaqt oʻtgach, Buyuk shahzoda Bambiga Thumper va Flower bilan birga boʻlishiga ruxsat beradi. Bambi Falineni yoqtirar edi, lekin Ronnodan qoʻrqish kerak, sababi u Falineni odam bilan boʻlgan voqealari bilan taassurot qoldirishga urinardi. Bambi bu voqeaga ishonmaganida, Ronnoni onasi chaqirgunga qadar Bambi bilan kurashadi.

Boshqalar ketgach, Bambi otasini kutib, uxlab qoladi. U onasining ovozi eshitgan holda uygʻonadi, u uni oʻtloqqa chaqiradi, lekin bu odam tomonidan pistirma boʻlib chiqadi. Buyuk shahzoda Bambini qutqarishga keladi va uni vaqtida qutqaradi, lekin uning hiyla-nayrangga tushib qolganidan va oʻzini xavfga qoʻyganligidan gʻazablangan. Bir oz vaqt oʻtgach, Bambi Thumper va Flowerga otasiga yaxshi taassurot qoldirish istagi haqida aytadi. Ular Bambiga jasur boʻlishiga yordam berishga qaror qilishadi, shu yoʻsinda ular bir jonivorga duch kelishadi. Ronno va Falinening shovqinini eshitib, Bambi Ronnoning Falineni bezovta qilayotganini koʻradi va u bilan janjallashadi. Ronno Bambi va Thumperni oʻrmon boʻylab quvib chiqquncha, Bambi katta jarlikdan sakrab chiqadi. Buyuk shahzoda hammasini koʻrib, bu jasoratga qoyil qoldi. Rono esa bunga hasad qilib, oʻzi jarlikdan sakrab oʻtishga urinadi, ammo yiqilib tushadi.

Ertasi kuni Thumper Bambini Buyuk shahzoda bilan suhbatlashishga undaydi va ikkalasi birlashadilar. Buyuk shahzoda va Bambi birga ketishar ekan, doʻsti boʻlgan ukkiga duch kelib, ukki Bambini yangi onasi sifatida tanlagan Mena bilan tanishtiradi. Buyuk shahzoda esa, Bambini hali bu oʻzgarishni qabul qilishga tayyor emas degan xulosaga keladi. Bambi esa, aksincha bu oʻzgarishni qabul qiladi.

Menaning uyasiga boradigan yoʻlda Ronno yana paydo boʻlib, Bambini haqorat qiladi. Ikkovlon jang qilishib, odam qoʻygan tuzoqlaridan biriga tushushadi. Keyin Bambi odam itlarini chalgʻitib, Menani qutqaradi, bu vaqtda esa Buyuk shahzoda keladi. Itlar Bambini taʼqib qilishadi va Bambining doʻstlari unga yordam berishadi. Bambi esa itlardan qochib qutuladi. Hamma Bambini oʻlgan deb oʻylab, uni tirikligini koʻrmaganligiga qadar xafa boʻlishadi. Bambi keyin Buyuk shahzoda bilan yarashadi.

Bir oz vaqt oʻtgach, Thumper bu voqealarni qolgan doʻstlari bilan baham koʻradi va shoxlari endigina oʻsib chiqqan Bambi ham bu hikoyaga quloq soladi. Keyin Ronno paydo boʻlib, toshbaqa burninu tishlamagunga qadar, ikkalasidan ham qasos olishga qasamyod qiladi va qochib ketadi. Undan soʻng, Bambi Buyuk shahzoda bilan uchrashadi. Buyuk shahzoda esa Bambiga onasi bilan ilk marotaba uchrashgan joyni koʻrsatadi.

Ovoz berganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba:[3][4]

  1. „There Is Life“ (Alison Krauss) — 2:19
  2. „First Sign of Spring“ — (Michelle Lewis) — 3:49
  3. „Through Your Eyes“ — (Martina McBride) — 4:07
  4. „The Healing of a Heart“ — (Anthony Callea) — 2:43
  5. „Snow Flakes in the Forest“ — (Bruce Broughton) — 1:40
  6. „Bambi’s Dream“ (Broughton) — 1:27
  7. „Being Brave (1—qism)“ (Broughton) — 1:22
  8. „Being Brave (2—qism)“ (Broughton) — 1:13
  9. „Bambi and the Great Prince/End Credit Suite“ (Broughton) — 3:34
  10. „Sing the Day“ (Anika Noni Rose, Harrison Chad, Marcus Carl Franklin, Leon Thomas and Chorus) — 1:53
  11. „Main Title (Love is a Song)“ (Donald Novis) — 2:56
  12. „Little April Shower“ (Chorus) — 3:54
  13. „Letʼs Sing a Gay Little Spring Song“ (Chorus) — 1:44

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Bambi II (2006)“. British Film Institute. 30-aprel, 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-may.
  2. „Bambi II (2006)“. Boxofficemojo.com. 3-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-noyabr 2012-yil.
  3. (2006—01—31). „Walt Disney Records Releases Bambi II Soundtrack Available 7-fevral 2006-yil; Features New Original Songs by Martina McBride, Alison Krauss and Anthony Callea“. Press-reliz. Qaraldi: 2008—09—11.
  4. Bambi II soundtrack album booklet

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]