Saludos Amigos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Saludos Amigos
Rejissor
  • Norman Ferguson
  • Wilfred Jackson
  • Jack Kinney
  • Hamilton Luske
  • Bill Roberts
Produser Walt Disney
Hikoya
  • Homer Brightman
  • William Cottrell
  • Richard Huemer
  • Joe Grant
  • Harold Reeves
  • Ted Sears
  • Webb Smith
  • Roy Williams
  • Ralph Wright
Rollarda
  • Lee Blair
  • Mary Blair
  • Pinto Colvig
  • Walt Disney
  • Norman Ferguson
  • Frank Graham
  • Clarence Nash
  • José Oliveira
  • Frank Thomas
Sharhlovchi Fred Shields
Bastakor
  • Paul Smith
  • Edward H. Plumb
Ishlab chiqaruvchi
kompaniyalar
Walt Disney Productions
Distributor RKO Radio Pictures
Premyera
  • 24-avgust, 1942-yil(1942-08-24)

(Rio de Janeiro)

  • 6-fevral, 1943-yil(1943-02-06)

(Boston)

  • 19-fevral, 1943-yil(1943-02-19)

(AQSh)

Davomiyligi 42 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Tillar
Daromad $1.135 million

Saludos Amigos (ispanchadan tarjimasi — „Salom, oʻrtoqlar“) 1942-yilda Walt Disney Animation Studiosning 6-toʻliq hajmli multfilmi oʻlaroq katta ekranlarga chiqqan animatsion filmdir. Filmga Walt Disney produserlik qilgan. Film sujetiga koʻra, toʻrt segmentga boʻlinadi, voqealari esa Lotin Amerikasida kechadi; toʻrt segmentdan ikkitasida Donald Duck, bittasida Goofy qatnashadi. Shuningdek, multfilmda ilk bor José Carioca ismli sigareta chekadigan toʻti personaji ham koʻrinish beradi.

Saludos Amigos premyerasi 24-avgust 1942-yilda Rio de Janeiro shahrida, 6-fevral 1943-yilda AQShda boʻldi. Multfilm davomiyligi 42 daqiqani tashkil etib, Disney tomonidan ishlab chiqarilgan toʻliq hajmli animatsion filmlar orasida eng qisqasidir.

Segmentlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Lake Titicaca (Titicaca koʻli) — amerikalik sayyoh Donald Duck, Titicaca koʻliga tashrif buyuradi hamda mahalliy aholi va oʻjar lama bilan uchrashadi.
  • PedroChilidan kelgan kichik uchoq, Mendozadan pochta yetkazib berish uchun ilk parvozini amalga oshirmoqda. Bu segment qisqa hajmli film oʻlaroq 1955-yil 13-mayda RKO Pictures studiyasi tomonidan chiqarilgandir.
  • El Gaucho Goofy — amerikalik kovboy Goofy gaucho boʻlishni oʻrganish maqsadida Argentina pampaslarida oʻzini topadi. Bu segmentda Goofy sigaret chekayotgan sahna keyinchalik olib tashlandi. Ushbu qayta koʻrib chiqilgan versiya Gold Classic Collection va Classic Caballeros Collection nashrlarida paydo boʻldi. Filmning qisqartirilmagan versiyasini Walt & El Grupoʼning DVD relizi orqali bonus oʻlaroq koʻrish mumkin.
  • Aquarela do Brasil — yakuniy segmentda yangi qahramon paydo boʻladi, bu José Carioca ismli toʻtiqushdir. José Donaldga Janubiy Amerikani koʻrsatadi hamda uni "Brazil" va "Tico-Tico no Fubá" melodiyalari ostidagi samba bilan tanishtiradi.

Ovoz berganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Lee Blair — oʻzi
  • Mary Blair — oʻzi
  • Pinto Colvig — Goofy
  • Walt Disney — oʻzi
  • Norman Ferguson — oʻzi
  • Frank Graham — oʻzi
  • Clarence Nash — Donald Duck
  • José do Patrocínio Oliveir — José Carioca
  • Fred Shields — sharhlovchi
  • Frank Thomas — oʻzi
  • Stuart Buchana — jamoat joylariga qarab yuradigan kishi

Nomzodliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film 1943-yilda oʻtkazilgan Oscar (Akademiya) topshirish marosimida uchta nominatsiyaga loyiq topilgan.[1]

Mukofot Natija
Eng yaxshi myuzikl Nominatsiya
Eng yaxshi asl ashula
Ashula: Saludos Amigos
Nominatsiya
Eng yaxshi ovoz
(C. O. Slyfield)
Nominatsiya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The 16th Academy Awards (1944) Nominees and Winners“. oscars.org. Qaraldi: 14-avgust 2011-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]