Uyqudagi malika (film, 1959)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uyqudagi Malika
Sleeping Beauty
Uyqudagi malika disney.jpg
Original poster
Rejissor Clyde Geronimi
Eric Larson
Wolfgang Reitherman
Les Clark
Produser Walt Disney
Ssenariynavis(lar) Erdman Penner
Hikoya
Rollarda
Sharhlovchi Marvin Miller
Bastakor George Bruns
Muharrir Roy M. Brewer, Jr.
Donald Halliday
Ishlab chiqaruvchi
kompaniyalar
Walt Disney Productions
Distributor Buena Vista Distribution
Reliz sanasi
  • 29-yanvar, 1959-yil(1959-01-29)


Davomiyligi 75 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Budjet $6 million
Daromad $51.6 million[1]

Uyqudagi Malika (inglizcha: Sleeping Beauty) — 1959-yil Amerika'ning Walt Disney Productions tomonidan ishlab chiqarilgan animatsion fantastika musiqali filmi. Film gʻoyasi Uyqudagi malika klassik ertagiga asoslangan.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadim-qadim zamonda, Qirol Stefan va Qirolicha Leah yashagan. Ular uzoq kutgan farzandi Aurora ismli qizcha dunyoga kelganda, qirollikda yashovchi har bir odam chaqaloqni qutlay olishi uchun katta bayram uyushtirildi. Bazmga uchta pari: Flora, Fauna va Musaffo Havo parisi taklif qilinib, yomon sehrgar Malecifentʼni esa taklif etish unutilibdi. Bundan gʻazablangan sehrgar Auroraga jodu soladi, qizaloq oʻn olti yoshga toʻlgan kunida, u barmogʻiga urchuq sanchib oladi va abadiy uyquga ketadi. Jodu shunchalik kuchli ediki, oqkoʻngil parilar uni yoʻq qila olmadilar. Ammo ular malikani qutqarish yoʻlini topdilar: Malika goʻzal shahzodaning boʻsasidan keyin uygʻonar edi...[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sleeping Beauty“. Box Office Mojo. Qaraldi: 5-yanvar 2012-yil.
  2. arxiv nusxasi, archived from the original on 23-fevral 2019-yil, https://web.archive.org/web/20190223184708/https://allmovies.uz/movie/14823/uiqudagi-malika, qaraldi: 23-fevral 2019-yil Uyqudagi malika (film, 1959)]]