Kontent qismiga oʻtish

Dolní Suchá

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahalliy maktab

Dolní Suchá (polyakcha: Sucha Dolna, nemischa: Nieder Suchau) – Chexiya Respublikasi Moraviya-Sileziya viloyatining Karviná tumanida joylashgan munitsipalitet. Munitsipalitet avval oʻzi avtonom shaharcha boʻlgan, lekin 1960-yilda maʼmuriy jihatdan Havířov shahrining tarkibiga kiritilgan. Munitsipalitetning aholisi (01.01.2020) holatiga koʻra 901 kishini tashkil etgan. Munitsipalitet Cieszyn Sileziyaning tarixiy hududida joylashgan.

Bu nomning topografik nomdan kelib chiqqan boʻlib, Sucha daryosining eski nomidan kelib chiqqan boʻlib, tom maʼnoda quruq degan maʼnoni anglatadi. Dolní qoʻshimcha sifatdoshi (nemischa: Nieder, polyakcha: Dolna) Munitsipalitet boshqa qishloqlarga qaraganda pastroq oʻrinlarda joylashganini bildiradi. Prostřední Suchá (Oʻrta) va Horní Suchá (Yuqori) oʻrinlarni bildiradi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Munitsipalitet birinchi marotaba 1305-yildagi Vrotslav yeparxiyasining Liber fundationis episcopatus Vratislaviensis deb nomlangan lotincha hujjatida Sucha utraque nomi bilan tilga olingan[1][2][3]. Bu nom shuni anglatadiki, bu nomdagi ikkita qishloq bor edi Birinchisi Sucha utraque (Sucha utraque lotin tilida utraque oʻzgarmas degan maʼnoni anglatadi), ikkinchisi esa Horní Suchá boʻlgan.

Siyosiy jihatdan munitsipalitet 1290-yilda Polshaning feodal boʻlinishi natijasida tashkil topgan. Munitsipalitet Syezin gersogligiga tegishli boʻlib, Sileziya Piast sulolasi tomonidan boshqarilgan. 1327- yilda gersoglik Bohemiya tarkibiga kirgan, lekin 1526-yildan soʻng Gabsburg monarxiyasi hududiga kiritilgan.

Avstriya imperiyasida 1848-yilgi inqiloblardan soʻng munitsipalitet qayta tiklanadi va Avstriya Sileziyasida zamonaviy munitsipal boʻlinma joriy etiladi. Qishloq munitsipalitet sifatida 1880-yilda Freyshtadtning siyosiy yuridik okrug aʼzosiga aylanadi.

1880, 1890, 1900 va 1910-yillarda oʻtkazilgan aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, munitsipalitet aholisi 1880-yilda 944 kishidan, 1910-yilda 2237 kishiga koʻpaygan. Chex tilida soʻzlashuvchilar soni doimiy til nuqtai nazaridan aholini roʻyxatga olish orqali oʻzgarib turardi. 1880-yilda koʻpchilik aholi chex tilida soʻzlashuvchilar (94,3%), keyin polyak tilida soʻzlashuvchilar (27 yoki 2,9%) va nemis tilida soʻzlashuvchilar (26 yoki 2,8%) edi. 1890-yilda chex tilida soʻzlashuvchilar 55,9% va polyak tilida soʻzlashuvchilar 44,1% ni tashkil etdi. Polyak tilida soʻzlashuvchilar soni oʻsishda davom etib, koʻpchilik aholi tashkil etadi (1900-yilda 56,7% va 1910-yilda 58,9%), chex tilida soʻzlashuvchilar soni esa (1900-yilda 42,6% va 1910-yilda 38,1%) tashkil etadi. 1910-yilda ularga 57 (2,6%) nemis tilida soʻzlashuvchilar va yana 8 kishiga koʻpaygan. Din nuqtai nazardan, 1910-yilda koʻpchilikm aholi Rim-katoliklari (60,1%), protestantlar (38,6%), yahudiylar (21 yoki 0,9%) tashkil etgan[4]. Munitsipa;itetda anʼanaviy ravishda Ciezyn Sileziya tilida muloqot qilib gapiradigan Sileziya Lachsilar yashagan, qoʻshimcha ravishda sanoatning oʻsishi rivojlanishiga asosan gʻarbiy Galisiyadan kelgan mehnat muhojirlarining katta oqimi sabab boʻladi.

Dukla koni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sucha koni 1924-yilda

Dukla koni – munitsipalitetda joylashgan eng yirik koʻmir koni. U 1905-yilda Kaiser Franz Jozef Schacht tashabusi bilan tashkil etilgan. Konda koʻmir qazib olish ishlari 1911-1912-yillarda boshlangan. Birinchi jahon urushi, Avstriya-Vengriyaning qulashi, Polsha-Chexoslovakiya urushi va 1920-yilda Cieszin Sileziyasining boʻlinishidan keyin qishloq Chexoslovakiya tarkibiga kiradi. Myunxen kelishuvidan soʻng, 1938-yil oktyabr oyida Zaolzie mintaqasi bilan birga Polsha tomonidan qoʻshib olinadi, maʼmuriy jihatdan Silezya Voyvodaligida Frysztat okrugi tashkil etiladi[5]. Munitsipalitet keyinchalik Ikkinchi jahon urushi boshida fashistlar Germaniyasi tomonidan bosib olinadi. Urushdan keyin munitsipalitet Chexoslovakiya tarkibiga qaytariladi.

1949-yilda koʻmir koni Důl Dukla (Dukla koʻmir koni) deb oʻzgartirildi. Dukla koʻmir konining ishlashi davomida 100 million tonnadan ortiq koʻmir qazib olindi. 2008-yil 19-iyunda koʻmir konining oxirgi minasi 96 metr (315 ft) chuqurlikda portlatilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Panic, Idzi. Śląsk Cieszyński w średniowieczu (do 1528) (pl). Cieszyn: Starostwo Powiatowe w Cieszynie, 2010 — 297–299 bet. ISBN 978-83-926929-3-5. 
  2. Schulte, Wilhelm (1889). "Codex Diplomaticus Silesiae T.14 Liber Fundationis Episcopatus Vratislaviensis" (de). Pan Biblioteka Kórnicka (Breslau). http://www.wbc.poznan.pl/dlibra/docmetadata?id=19747&from=publication. 
  3. „Liber fundationis episcopatus Vratislaviensis“ (la). Qaraldi: 2014-yil 13-iyul.
  4. Piątkowski, Kazimierz. Stosunki narodowościowe w Księstwie Cieszyńskiem (pl). Cieszyn: Macierz Szkolna Księstwa Cieszyńskiego, 1918 — 274, 291 bet. 
  5. "Ustawa z dnia 27 października 1938 r. o podziale administracyjnym i tymczasowej organizacji administracji na obszarze Ziem Odzyskanych Śląska Cieszyńskiego" (pl). Dziennik Ustaw Śląskich (Katowice) nr 18/1938, poz. 35. 31 October 1938. http://www.sbc.org.pl/dlibra/plain-content?id=6949. Qaraldi: 1 July 2014. Dolní Suchá]]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]