Dmitriy Xaratyan
Dmitriy Xaratyan | |
---|---|
Butun Rossiya „Novaya Zvezda“ tanlovi, 2019-yil | |
Tavalludi |
Xaratyan, Dmitriy Vadimovich 1960-yil 21-yanvar |
Kasbi | aktyor |
Faoliyat yillari | 1976-yildan hozirgacha |
Mukofotlari | Rossiya xalq artisti |
Veb-sayt | kharatyan.sitecity.ru |
Xaratyan, Dmitriy Vadimovich (1960-yil 21-yanvarda tugʻilgan) – arman millatiga mansub sovet va rus aktyori, Rossiya xalq artisti.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dmitriy Xaratyan 1960-yil 21-yanvarda Olmaliq shahrida (Oʻzbekiston SSR) tugʻilgan.
Otasi – Vadim Mkrtichevich Xaratyan (1935-2020), texnik oʻqituvchi, texnik fanlar nomzodi, COVID-19 koronavirusidan vafot etgan.
Onasi – Svetlana Olegovna Tizenko (1935-yil Arxangelsk viloyati, Shipitsino qishlogʻi), qurilish muhandisi. Oʻn yildan ortiq vaqt davomida Moskva viloyati Krasnogorsk shahar deputatlari Kengashi deputati boʻlgan.
Uning aktyor sifatida debyuti 1977-yilda Vladimir Menshovning „Practical Joke“ filmi bilan boshlagan.
Dmitriy tugʻilgandan bir yil oʻtgach, otasi Lipetskda kvartira olib, 1963-yilda Xaratyanovlar oilasi Krasnogorsk Moskva viloyati shahriga koʻchib oʻtadi[1].
Otasi olti yoshida oilasini tark etgan[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maktabda oʻqib yurgan paytlarida, 15 yoshida rejissyor Vladimir Menshov tomonidan suratga olingan „Prank“ (film, 1976) filmidagi asosiy rollardan birida filmdagi debyutini qilgan.
1976-yilda sovet ekranlarida chiqib, tomoshabinlar tomonidan juda iliq kutib olingan. Aktyor butunittifoq shon-sharafiga sazovor boʻlgan. Filmdagi ikkala qoʻshiq („Biz maktab hovlisidan chiqqanimizda…“, „Birinchi yomgʻir tomchilaganda…“) Xaratyan uchun „Yaxshi odamlar“ ansambli tomonidan ijro etilgan[3].
Oʻrta maktab paytlarida sportni (xokkey, futbol) yaxshi koʻrgan. Musiqani oʻrganib, maktab guruhida gitara chalgan[1].
Biroq, Dmitriy maktabni tugatgandan soʻng, Shukin maktabida imtihonlardan oʻta olmaydi. Ekspeditsiyaga ketib, faqat 1978-yilda M. S. Shepkin nomidagi Oliy teatr maktabiga oʻqishga kiradi[1]. Dmitriy taniqli oʻqituvchilar Mixail Tsarev va Rimma Solntseva kurslarida tahsil olgan[4][5]. 1982-yilda teatr universitetini tugatgandan soʻng, filmlarda rol oʻynashni davom ettiradi. Shuning uchun, institutdan teatrga ishga joylashish imkonini qoʻldan boy beradi[1].
Ijtimoiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1996-yilgi prezidentlik saylovlarida Boris Yeltsin uchun tashviqot olib borib, dasturda ishtirok etadi[6].
2014-yil 11-martda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukraina va Qrim boʻyicha siyosatini qoʻllab-quvvatlash uchun Rossiya Federatsiyasi madaniyat arboblarining murojaatini imzolaydi[7][8]. 2015-yil iyul oyida Rossiya-Ukraina urushidagi pozitsiyasi va „Biz birgamiz“ kontsertini oʻtkazgani uchun Ukraina tomonidan mamlakat milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi Rossiya madaniyat arboblari roʻyxatiga kiritiladi[9][10].
2017-yilda Krasnogorsk shahri boshligʻi Radiy Xabirovning taklifiga binoan Krasnogorsk shahri jamoat palatasi aʼzoligiga kiritilgan.
2022-yil aprel va may oylarida Rossiyaning 2022-yilgi Ukrainaga bostirib kirishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan bir qator kontsertlarda qatnashgan[11]. 2023-yilning yanvar oyida Ukraina Dmitriyni Rossiyaning 2022-yilda Ukrainaga bostirib kirishini qoʻllab-quvvatlagani uchun sanksiyalar roʻyxatiga kiritadi[12][13].
Tanlangan filmografiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Practical Joke (1977), Igor Grushko rolida
- Fox Hunting (1980), Kostya Stryzhak rolida
- Summer Impressions of Planet Z (1986), Andrey Morkovkin rolida
- Gardemarines ahead! (1988), Aleksey Korsak sifatida
- Private Detective, or Operation Cooperation (1989), Dmitriy Puzyrev sifatida
- Viva gardemarines! (1991), Aleksey Korsak sifatida
- Weather Is Good on Deribasovskaya, It Rains Again on Brighton Beach (1992), Fyodor Sokolov / Bir koʻzli shayx
- Gardemarines-III (1992), Aleksey Korsak rolida
- Black Square (1992)
- The Secret of Queen Anne or Musketeers Thirty Years After (1993), Fransiyalik Lui XIV / Filipp Marchiali
- Moscow Saga(2004) Shevchuk sifatida
- Cars (2006), Lightning McQueen sifatida
- The Return of the Musketeers, or The Treasures of Cardinal Mazarin (2009), Fransiyalik Lui XIV sifatida
- The Cube (2013), Xost sifatida
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Dmitriy Xaratyan – armyanin po otsu i gardemarin po materi. Vechno molodomu Dmitriyu Xaratyanu ispolnyaetsya polveka. (Wayback Machine saytida 2018-06-24 sanasida arxivlangan) „РИА Новости“ // ria.ru (21 yanvarya 2010 goda)
- ↑ Mariya Kolivanova. Dmitriy Xaratyan pomirilsya s otsom. – Na „Pervom kanale“ pokajut dokumentalniy film ob aktyore. (Wayback Machine saytida 2023-08-22 sanasida arxivlangan) Gazeta „Комсомольская правда“ // kp.ru (23 yanvarya 2010 goda)
- ↑ „Perviy kanal. Segodnya vecherom, 25 yanvarya 2020. Lyubimiy gardemarin: Dmitriyu Xaratyanu – 60!“. 2023-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.
- ↑ „Solnseva Rimma Gavrilovna, zaslujenniy deyatel iskusstv RF, zaslujennaya artistka Respubliki Latviya, professor. Biografiya. – Sredi eyo uchenikov − narodniy artist RF Dmitriy Xaratyan.“. 2023-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.
- ↑ Dmitriy Xaratyan: „Zastolnie besedi nado vesti po-armyanski“. (Wayback Machine saytida 2020-06-15 sanasida arxivlangan) „Учительская газета“ (№ 29 ot 15 iyulya 2008 goda) // ug.ru
- ↑ Respublika Bashkortostan v mae—iyune 1996 goda. (Wayback Machine saytida 2023-04-07 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Zelensky imposes sanctions against 119 Russian cultural and sports figures“. Meduza (2023-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 7-yanvar.
- ↑ „Ukraine imposes sanctions on Russian, pro-Russian celebrities.“. The Kyiv Independent (2023-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 7-yanvar.
- ↑ „За что Броневой, Лепс, Кабо и Депардье попали в «чёрный список» Украины?“. Комсомольская правда (2015-yil 15-iyul). 2023-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.
- ↑ „Список персон нон грата в Украине расширен до 83 фамилий“. izvestia.kiev.ua. Известия Киев (2015-yil 24-dekabr). 2023-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.
- ↑ „Гастроли патриотов. Как кремлевские эксперты и шоу-бизнес зарабатывают на концертах "Za Россию"“ (ru). BBC (2022-yil 11-may).
- ↑ „За что Броневой, Лепс, Кабо и Депардье попали в «чёрный список» Украины?“. Комсомольская правда (2015-yil 15-iyul). 2023-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.
- ↑ „Список персон нон грата в Украине расширен до 83 фамилий“. izvestia.kiev.ua. Известия Киев (2015-yil 24-dekabr). 2023-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.