Demetrio Albertini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Demetrio Albertini
Albertini 2010-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Demetrio Albertini[1]
Tavallud sanasi 23-avgust 1971-yil (1971-08-23) (52 yosh)
Tavallud joyi Besana, Italiya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Milan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1988—2002 Milan 293 (21)
1990—1991Padova (ijara) 28 (5)
2002—2003 Atlético Madrid 28 (2)
2003—2004 Lazio 23 (2)
2004—2005 Atalanta 14 (1)
2005 Barcelona 5 (0)
Milliy terma jamoa
1989 Italiya U18 7 (0)
1990—1992 Italiya U21 17 (0)
1992 Olimpiya terma jamoasi 5 (2)
1991—2002 Italiya 79 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Demetrio Albertini (1971-yil 23-avgustda tugʻilgan) — italiyalik sobiq professional yarim himoyachi, Parma klubining sport direktori hamda Italiya Futbol Federatsiyasi (IFF) vitse-prezidenti. Futbolchi 90-yillarda Milan futbol klubi afsonalaridan biri boʻlib[2], oʻsha davr Italiya terma jamoasining asosiy oʻyinchilaridan biridir. Oʻz faoliyatining katta qismini Italiya A seriyasining Milan jamoasida oʻtkazgan va koʻplab sovrinlarni, jumladan, besh karra A seriya va ikki marta UEFA Chempionlar ligasini qoʻlga kiritgan. U, shuningdek, oʻzining soʻnggi mavsumini Barselona klubida oʻtkazgan va oʻsha yili, faoliyati tugashidan avval, Ispaniya La ligasida jamoasi bilan gʻolib chiqqan.

Italiya terma jamoasining muhim aʼzosi boʻlgan Albertini 1994- va 1998-yilgi jahon chempionatlarida, shuningdek, 1996- va 2000-yilgi Yevropa chempionatlarida jamoasi bilan ishtirok etgan. 1994-yilgi jahon chempionati va 2000-yilgi Yevro chempionati finaliga qadar yetib borgan

Albertinining Yevro 2000 Italiya libosi Florensiyadagi Futbol muzeyidan oʻrin olgan

Parma FC oʻzini bankrot deya eʼlon qilganidan soʻng, Albertini klub boshqaruviga klub maʼmurlari uchun futbol maslahatchisi etib tayinlangan[3]. Albertini Football Manager nomli harakat simulyatori oʻyin franshizasining tadqiqotchilaridan biri hisoblanadi[4].

Albertini Italiya terma jamoasi tarkibida 1991—2002-yillar davomida 79 marotaba maydonga tushib, 3 ta gol kiritgan. U 1991-yil 21-dekabrda Kipr futbol terma jamaosiga qarshi oʻyinda (2:0) debyut qilgan. 1992-yilda Barselona shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida milliy terma jamoa harakat qilgan. Xuddi shu yili Italiyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilari bilan 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoalar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan. Futbolchi oʻz mamlakati uchun 1994- va 1998-yilgi jahon chempionatlarida, Yevro 1996 va Yvro 2000 turnirlarida toʻp tepgan[5].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albertini xristian-katolik diniga eʼtiqod qiladi[6][7][8][9][10].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klublarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha uchrashuvlar va gollar
Klub Mavsum Ligada Kubokda Yevropada Boshqa Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Milan 1988-89 Serie A 1 0 0 0
1 0
1989-90 1 0 0 0
1 0
1990-91 0 0 2 0
2 0
1991-92 28 3 5 0
33 3
1992-93 29 2 6 0 7 1 1 0 43 3
1993-94 26 3 0 0 13 1 2 0 41 4
1994-95 30 2 4 0 11 0 2 0 47 2
1995-96 30 0 3 0 5 0
38 0
1996-97 29 8 2 0 5 1 1 0 37 9
1997-98 28 0 9 2
37 2
1998-99 29 2 3 0
32 2
1999-2000 26 1 1 0 5 0 1 0 33 1
2000-01 12 0 2 0 11 2
25 2
2001-02 24 0 4 0 8 0
36 0
Jami 293 21 41 2 65 5 7 0 406 28
Padova (ijarada) 1990-91 Serie B 28 5
28 5
Atlético Madrid 2002-03 La Liga 28 2 2 1
30 3
Lazio 2003-04 Serie A 23 2 4 0 8 0
35 2
Atalanta 2004-05 Serie A 14 1 2 1
16 2
Barcelona 2004-05 La Liga 5 0
1 0
6 0
Butun faoliyatida 391 31 49 4 74 5 7 0 521 40

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Albertini Sig. Demetrio“ [Albertini Mr. Demetrio] (italyancha). Quirinale. Presidenza della Repubblica Italiana. Qaraldi: 11-dekabr 2020-yil.
  2. „AC Milan bid farewell to legend Albertini“. ESPN FC. Qaraldi: 4-avgust 2013-yil.
  3. „Albertini explains Parma role“. football-italia.net. Football Italia (3-aprel 2015-yil). Qaraldi: 6-aprel 2015-yil.
  4. „7 things we learned from the Football Manager film“. Redbull UK (13-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2015-yil.
  5. „Nazionale in cifre: Convocazioni e presenze in campo (Albertini, Demetrio)“ (italyancha). figc.it. FIGC. 2011-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-aprel 2015-yil.
  6. „IL CASO. Il calcio dà alla testa: «La bestemmia è un diritto»“. Avvenire.it (24-mart 2010-yil). Qaraldi: 7-aprel 2022-yil.
  7. „Calcio e fede. In nome di Dio, fate gol“. Chiesa.espresso.repubblica.it. Qaraldi: 7-aprel 2022-yil.
  8. „Albertini. La Partita Che Ricordo Con Più Affetto? Quella All'Oratorio - Crossmagazine“. 9-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-fevral 2018-yil.
  9. „Special Pope: Lotito / Albertini, his values also valid in sport“. Adnkronos.co (11-mart 2015-yil). Qaraldi: 7-aprel 2022-yil.
  10. „Demetrio Albertini: in Dio trovo "l'ancora di sostegno"“. It.aleteia.org (1-iyul 2014-yil). Qaraldi: 7-aprel 2022-yil.