Kontent qismiga oʻtish

Dovurxon Karomatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Davurxon Karomatovdan yoʻnaltirildi)
Davurxon Karomatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Tavallud paytidagi ismi Davurxon Fozil oʻgʻli Karomatov
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 25-oktyabr 1998-yil (1998-10-25) (25 yosh)
Oʻzbekiston
Vazni 81 kg
Sport
Qaysi sport dzyudo

Davurxon Fozil oʻgʻli Karomatov (1998-yil 25-oktyabrda tugʻilgan) — oʻzbek dzyudochisi-paralimpiyachi, 81 kg vazn toifasida ishtirok etadi. 2021-yilda XVI Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Osiyo chempionati, Gran-pri va Jahon kubogi bosqichlari gʻolibi va sovrindori.

2018-yilda Qarshi davlat universitetining jismoniy tarbiya fakultetiga oʻqishga kirgan[1]. 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Mard oʻgʻlon davlat mukofoti[2]. Oʻsha yili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi[3].

2017-yili Toshkentda dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 73 kilogramm vazn toifasida finalda hamyurti Feruz Sayidov yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritgan edi[4].

2019-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasidagi Gran-prida 81 kg vazn toifasida ukrainalik dzyudochi Dmitri Soloveyni[5]. Bokuda (Ozarbayjon) Gran-pri bosqichida u muvaffaqiyatini takrorladi va finalda ozarbayjonlik Husayn Rahimlini magʻlub etib, yana oltin medalni qoʻlga kiritdi. Atirauda (Qozogʻiston) dzyudo boʻyicha Koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida u oʻz vazn toifasida yaponiyalik dzyudochi Aramitsu Kitazonu magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[6].

2020-yilda Tbilisida (Gruziya) dzyudo boʻyicha Jahon kubogi bosqichida u oʻz vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[7]. 2021-yilda Bokuda dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Gran-prida u oʻz vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi[8][9]. Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida oʻz vazn toifasida finalda ozarbayjonlik dzyudochi Husayn Rahimliga yutqazib qoʻydi va shu tariqa oʻyinlarning kumush medalini qoʻlga kiritdi[10][11].

  1. „Факультет физической культуры“ (ru). QarshiDU.Uz. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  2. „Курсант и студент из Кашкадарьи – лауреаты Госпремии «Мард углон»“ (ru). nkgz.uz. 2021-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  3. uza.uz. „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на ХVI летних Паралимпийских играх в городе Токио“ (ru). Uza.uz (2021-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
  4. „JudoInside - IBSA Asian Championships Tashkent Event“ (en). www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  5. „JudoInside - IBSA Judo Grand Prix Tashkent Event“ (en). www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  6. „JudoInside - IBSA Asian and Oceania Championships Atyrau Event“ (en). www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
  7. „JudoInside - IBSA World Cup Tbilisi Event“ (en). www.judoinside.com. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  8. uza.uz. „Наши парадзюдоисты заняли второе место в командном зачете на Гран-при в Баку“ (ru). Uza.uz (2021-yil 27-may). Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  9. „Сборная Узбекистана по парадзюдо заняла второе место в общекомандном зачете в Баку“ (ru). Anhor (2021-yil 27-may). Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.
  10. „Давурхон Кароматов завоевал серебро Паралимпиады в Токио“ (ru). Национальный олимпийский комитет Узбекистана. Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
  11. „Judo KAROMATOV Davurkhon - Tokyo 2020 Paralympics“ (en). ... Qaraldi: 2021-yil 2-sentyabr.[sayt ishlamaydi]