Davlat Bobonov
Davlat Bobonov | |
---|---|
![]() | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Tavallud paytidagi ismi | Davlat Husniddin oʻgʻli Bobonov |
Fuqaroligi |
![]() |
Tavallud sanasi |
7-iyun 1997-yil Nurota tumani, Navoiy viloyati |
Vazni | 90 kg |
Sport | |
Qaysi sport | dzyudo |
Murabbiy(lar)i | Nurali Qobilov |
Davlat Husniddin oʻgʻli Bobonov (tugʻ. 1997-yil 7-iyun, Nurota tumani, Navoiy viloyati) — oʻzbek dzyudochisi (90 kg vazn toifasida). 2022-yilgi dzyudo boʻyicha Jahon chempionati oltin medali sohibi, 2021-yilgi Jahon chempionati va Osiyo chempionnati medali sovrindori. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida bronza medali sovrindori. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi[1].
Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
1997-yilda Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi Chuya qishlogʻida tugʻilgan.
Samarqand viloyati ixtisoslashtirilgan sport maktab-internatida tahsil olgan. Samarqand davlat universitetiga oʻqishga kirdim. Murabbiy Nurali Qobilov[2].
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2020-yilda Dyusseldorfda boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha „Katta dubulgʻa“ turkumiga kiruvchi musobaqada u finalda ukrainalik sportchi Kedjau Nyabalini[3].
2021-yilda Bishkekda (Qirgʻiziston) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 90 kg vazn toifasida finalda yaponiyalik sportchi Syoitiro Mukayani[4].
2021-yilda Budapeshtda (Vengriya) boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari oldidan Jahon chempionatida u 90 kg vazn toifasida finalda ispaniyalik dzyudochisi Nikoloz Sherazadishviliga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.
2022-yil 10-oktyabr kuni Toshkent shahridagi „Humo Arena“ sport saroyida boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida 90 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi final bellashuvida Davlat Bobonov italiyalik raqibi Kristian Parlatini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Taqdirlash marosimida Davlat Bobonov (oltin), Kristian Parlati (kumush), gruziyalik Lasha Bekauri va Luka Maysuradzega (bronza) medallarni Shavkat Mirziyoyev topshirdi[5][6][7][6][8].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XXXMII летних Олимпийских играх в городе Токио“. Официальный веб-сайт Президента Республики Узбекистан (13-avgust 2021-yil). Qaraldi: 16 avgust.
- ↑ „Илиадис изидан бораётган Давлат Бобоновни табриклаймиз!“ (uz). Olamsport.com. Qaraldi: 11-iyun 2021-yil.
- ↑ „Dusseldorf Grand Slam 2020 / IJF.org“. www.ijf.org. Qaraldi: 11-iyun 2021-yil.
- ↑ „JudoInside - Davlat Bobonov Judoka“. www.judoinside.com. Qaraldi: 11-iyun 2021-yil.
- ↑ „Shavkat Mirziyoyev dzyudo bo‘yicha jahon chempionati bellashuvlarini tomosha qildi (foto)“ (oʻzbekcha). Daryo.uz. Qaraldi: 4 oktyabr.
- ↑ 6,0 6,1
UzA YouTubeda
- ↑
MTRK YouTubeda
- ↑
EURONEWS YouTubeda
|