Kontent qismiga oʻtish

Darvoz tizmasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Darvoz tizmasi – Pomirning gʻarbiy qismidagi tizma. Obixingov, Panj va Vanj (Panj havzasi) daryolari oraligʻida. Shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga 200 km choʻzilgan, shimoli-sharqda Fanlar akademiyasi tizmasiga tutash. Darvoz tizmasi paleozoy va mezozoyning ohaktosh, qumtosh, gilli slanes, konglomerat, shuningdek, kristalli slanets va granitlaridan tarkib topgan. Tizmaning sharqiy qismi baland (6083 m), tepalarida muzlik koʻp. Muzliklarning umumiy maydoni 420 km², ayrim muzliklarning uzunligi 12—15 km. Tizmaning gʻarbiy qismi past (3000—3700 m) boʻlib, yon bagʻirlarida dasht oʻsimliklaridan shoʻra-shuvoq, chalovshuvoq-betaga, ayrim joylarda daraxt va butalar oʻsadi. Shimoliy yon bagʻirlarida zarangzor, yongʻoqzor, janubiy yon bagʻirlarida archazor, bodomzorlar bor. 3500—3700 m dan yuqorida subalp va alp oʻtloqlari uchraydi. 4200—4500 m dan yuqori qismlari doimiy qor va muzliklar bilan qoplanib yotadi. Bu yerlarda arhar va burama shoxli takalar yashaydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil