Darren Bent (futbolchi)
Darren Eshli Bent (inglizcha: Darren Bent; 1984-yil 6- fevral, London) — ingliz futbolchisi, hujumchi hisoblanadi.
Darren Bent | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Umumiy ma'lumotlari | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Ism sharifi | Darren Bent | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tugʻilgan |
6-fevral 1984-yil (38 yosh) | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi |
180 cm | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Pozitsiyasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Darren Bent oʻz faoliyatini 2001-yilda „Ipswich Town“da boshlagan. U 122 oʻyinda 47 ta gol urgan va bu „Charlton“ skautlarini jalb qildi. 2005-yilda u 2,5 million funt sterling evaziga „Charlton“ga oʻtgan. Keyingi ikki mavsumda u jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylangan. Keyin u 16,5 million funt evaziga „Tottenxem“ga oʻtdi.
2011-yilning 18-yanvarida u „Aston Villa“ bilan klub rekordi 24 million funt sterlingga shartnoma imzolashga erishdi. 2012-yilning yozida futbolchiga Moskvaning „Spartak“ klubi qiziqish bildirgan edi.
U 15 yoshidan boshlab Angliya terma jamoasining barcha boʻgʻinlarini bosib oʻtdi va Angliya terma jamoasidagi debyutini 2006-yilda Urugvayga qarshi oʻyinda oʻtkazgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tutingda (Janubiy London) tugʻilgan. Bentning Yamaykalik ildizlari bor. Uning otasi Uimbldon va Brentford yoshlar jamoalarida oʻynagan.
14 yoshida u „Ipswich Town“ jamoasiga qoʻshildi[1]. 2001-yilda u klub bilan professional shartnoma imzoladi. UEFA kubogi doirasidagi birinchi o‘yin „Xelsingborg“ga qarshi o‘tkazildi. U Liga Kubogidagi birinchi golini „Newcastle United“ darvozasiga kiritdi, garchi u jamoaga yordam bermagan boʻlsa-da, natijada ular 4: 1 hisobida magʻlub boʻlishgan. Angliya Premer-ligasida u oʻzining birinchi golini 2002-yil 24- aprelda „Midlsboro“ darvozasiga kiritgan.
2005-yil 1-iyunda „Charlton“ga koʻchib oʻtgan. Dastlabki transfer narxi 2,5 million funt sterlingni tashkil etdi va asosiy jamoaning maʼlum miqdordagi oʻyinlari uchun 3 million funtga koʻtarildi. 2005-2006-yilgi Premer-liga mavsumining ochilish kunida u „Sanderlend“ ga qarshi debyutida dubl qayd etib, avgust oyida Premer-liganing eng yaxshi futbolchisiga aylangan. Bent 18 ta gol bilan Premer-ligada eng koʻp gol urgan ingliz futbolchisiga aylandi. Biroq, angliyalik murabbiy uni 2006-yilgi Jahon chempionatiga kiritmadi va 17 yoshli Teo Uolkottni olib ketdi.
2009-yilda Roman Pavlyuchenko va Jermeyn Defo ijaradan „Tottenxem“ga oʻtgandan keyin „Sanderlend“ ga koʻchib oʻtgan. Transferdan soʻng u „Sanderlend“ning asosiy oʻyinchisiga aylandi, hatto ser Aleks Fergyuson uni jamoaga olib kelmoqchiligi haqida mish-mishlar tarqaldi. „Sanderlend“ safida Premer-ligada 58ta oʻyinda maydonga tushib, 32ta gol urgan. Uning eng mashhur gollari „Old Trafford“ va „Manchester City“ da boʻlgan.
2011-yilda 18 million funt evaziga Aston Villaga koʻchib oʻtgan. Debyutida u „Manchester City“ga qarshi oʻyinda gʻalaba toʻpini kiritdi[2].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Angliya Liga kubogi sohibi: 2008-yil
- Angliya Liga kubogi finalchisi: 2009-yil
- Angliya chempionatining bronza butsasi sohibi: 2010-yil
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mavsum | Liga | Kubok FA | Liga kubogi | Yevrokubok | Boshqalar | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Ipsvich Town | 2001/02 | 5 | 1 | 0 | 0 | 1 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 7 | 2 |
2002/03 | 35 | 12 | 2 | 3 | 3 | 2 | 3 | 1 | 0 | 0 | 43 | 18 | |
2003/04 | 37 | 15 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 1 | 41 | 16 | |
2004/05 | 45 | 19 | 1 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 50 | 19 | |
Jami | 122 | 47 | 4 | 3 | 7 | 3 | 4 | 1 | 4 | 1 | 141 | 55 | |
Charlton Atletik | 2005/06 | 36 | 18 | 5 | 2 | 3 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 44 | 22 |
2006/07 | 32 | 13 | 0 | 0 | 3 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 35 | 15 | |
Jami | 68 | 31 | 5 | 2 | 6 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 79 | 37 | |
Tottenxem Xotspur | 2007/08 | 27 | 6 | 0 | 0 | 1 | 0 | 8 | 2 | 0 | 0 | 36 | 8 |
2008/09 | 33 | 12 | 1 | 0 | 3 | 1 | 6 | 4 | 0 | 0 | 43 | 17 | |
Jami | 60 | 18 | 1 | 0 | 4 | 1 | 14 | 6 | 0 | 0 | 79 | 25 | |
Sanderlend | 2009/10 | 38 | 24 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 40 | 25 |
2010/11 | 20 | 8 | 1 | 1 | 2 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 23 | 11 | |
Jami | 58 | 32 | 3 | 2 | 2 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 63 | 36 | |
Aston Villa | 2010/11[3] | 16 | 9 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 16 | 9 |
2011/12[4] | 16 | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 16 | 9 | |
Jami | 32 | 15 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 32 | 18 | |
Umumiy faoliyatida | 339 | 144 | 13 | 7 | 19 | 10 | 18 | 7 | 4 | 1 | 378 | 164 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kolichestvo igr i golov za professionalniy klub schitaetsya tolko dlya razlichnix lig natsionalnix chempionatov.
- ↑ Kolichestvo igr i golov za natsionalnuyu sbornuyu v ofitsialnix matchax.
- ↑ „Aston Villa 2010/2011 player appearances“. Soccerbase. 2012-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-yanvar.
- ↑ „Aston Villa 2011/2012 player appearances“. Soccerbase. 2011-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 18-yanvar.