Kontent qismiga oʻtish

Claudia Shienbaum

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Claudia Sheinbaum

Sheinbaum 2024-yilda
 Meksikaning saylangan prezidenti
 
Mansab davri
1-oktyabr 2024-yil[1]
Oʻtmishdoshi Andrés Manuel López Obrador
 Mexiko shahri meri
Mansab davri
5-dekabr 2018-yil – 16-iyun 2023-yil
Oʻtmishdoshi José Ramón Amieva
Vorisi Martí Batres
Talpan tumani meri
Mansab davri
1-oktyabr 2015-yil – 6-dekabr 2017-yil
Oʻtmishdoshi Héctor Hugo Hernández Rodríguez
Vorisi Fernando Hernández Palacios [es]
Mexiko shahri atrof-muhit boʻyicha kotibi
Mansab davri
5-dekabr 2000-yil – 15-may 2006-yil
Oʻtmishdoshi Alejandro Encinas Rodríguez
Vorisi Eduardo Vega López
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Claudia Sheinbaum Pardo

24-iyun 1962-yil (1962-06-24) (61 yosh)
Mexiko shahri, Meksika
Siyosiy partiyasi Morena (2014-yildan beri)
Boshqa siyosiy
birlashmalari
Demokratik inqilob partiyasi (1989–2014)
Turmush oʻrtogʻi
Bolalari 2
Onasi Annie Pardo Cemo
Otasi Carlos Sheinbaum Yoselevitz
Taʼlim Meksika milliy muxtor universiteti (PhD)
Imzosi

Claudia Sheinbaum Pardo[lower-alpha 1] (24-iyun 1962-yilda tugʻilgan) – meksikalik siyosatchi, olim va akademik, hozirda Meksikaning saylangan prezidenti. Claudia Sheinbaum bu lavozimga saylangan birinchi ayoldir[3]. U chap qanot Milliy tiklanish harakatining (Morena) aʼzosi hisoblanadi[4].

Kasbi olim boʻlgan Sheinbaum Meksika milliy muxtor universitetida energetika muhandisligi boʻyicha falsafa doktori darajasini olgan. Sheinbaum energetika, atrof-muhit va barqaror rivojlanish boʻyicha 100 dan ortiq maqola va ikkita kitob muallifidir. Claudia Sheinbaum Pardo Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hukumatlararo panelga oʻz hissasini qoʻshgan va 2018-yilda BBCning 100 Women roʻyxatiga kiritilgan[5].

2018-yilda u Mexiko shahri meri etib saylandi – yana bunday lavozimni egallagan birinchi ayol boʻldi, soʻng 2023-yil iyun oyida 2024-yilgi prezidentilik saylovlarida prezidentlikka nomzodini qoʻyish uchun isteʼfoga chiqdi. 2023-yil sentabrida u oʻzining eng yaqin raqibi, sobiq tashqi ishlar vaziri Marcelo Ebrard ustidan partiyaning nomzodini qoʻlga kiritdi[6]. 2024-yil iyun oyida Sheinbaum Meksikadagi umumiy saylovlarda 59 foizdan koʻproq ovoz bilan gʻolib chiqdi. Sheinbaum lavozimga kirishgach, u Meksikaning birinchi ayol prezidenti va yahudiy millatiga mansub birinchi prezident boʻladi[lower-alpha 2][8][9].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Claudia Sheinbaum Pardo 1962-yil 24-iyunda Mexiko shahrida dunyoviy yahudiy oilasida tugʻilgan[10][11]. Uning otasi Ashkenazi, bobosi va buvisi 1920-yillarda Litvadan Mexiko shahriga koʻchib kelishgan. Uning onasi Sefard bobosi va buvisi Xolokostdan qochish uchun 1940-yillarning boshida Bolgariyaning Sofiya shahridan u yerga koʻchib ketishgan. Claudia Sheinbaum yahudiylarning asosiy bayramlarini bobosi va buvisining uylarida nishonlagan[12][11].

Uning ota-onasi ham olimlar: onasi Annie Pardo Cemo [es] biolog va Meksika milliy muxtor universiteti Fanlar fakultetining faxriy professori, otasi Carlos Sheinbaum Yoselevitz [es] esa kimyo muhandisi boʻlgan[13][12][14]. Uning akasi Julio fizik[14].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sheinbaum Meksika milliy muxtor universiteti (UNAM) fizika fakultetida tahsil olgan va 1989-yilda bakalavr darajasini olgan. 1994-yilda magistrlik, 1995-yilda esa energetika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi[15][14][16].

Sheinbaum 1991–1994-yillarda Kaliforniyadagi Lawrence Berkeley milliy laboratoriyasida doktorlik dissertatsiyasini tamomlagan. Sheinbaum laboratoriyada ishlayotganida, Meksika transport sektorida energiyadan foydalanishni tahlil qildi va Meksikada qurilish energiyasidan foydalanish tendentsiyalari boʻyicha tadqiqotlarni chop etdi[17][18][19].

1995-yilda Meksika milliy muxtor universiteti (UNAM) muhandislik instituti fakultetiga ishga kirdi[14]. Sheinbaum Muhandislik instituti tadqiqotchisi boʻlgan va Sistema Nacional de Investigadores va Meksika Fanlar akademiyasining aʼzosi boʻlgan[20]. 1999-yilda muhandislik va texnologik innovatsiyalar boʻyicha Meksika milliy muxtor universitetining „Eng yaxshi yosh tadqiqotchisi“ mukofotiga sazovor boʻldi[21].

2006-yilda Sheinbaum hukumatdagi bir muddat siyosiy faoliyatdan soʻng Meksika milliy muxtor universiteti (UNAM)ga qaytib keldi va ilmiy jurnallarda maqolalar chop eta boshladi[14].

2007-yilda Iqlim oʻzgarishi boʻyicha hukumatlararo panel 4ARning WG3 (yumshatish) hisobotining „Sanoat“ boʻlimiga hissa qoʻshgan muallif va 2013-yilda IPCC Beshinchi Baholash Hisoboti boʻlimining yetakchi muallifi boʻlgan[22][23].

Dastlabki siyosiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sheinbaum yoshligida Kolumbiya partizanlar harakati M19ning faol tarafdori sifatida qayd etilgan[24].

Meksika milliy muxtor universitetida talaba boʻlgan davrida Sheinbaum Demokratik inqilob partiyasining (PRD) taʼsischi yoshlar harakati boʻladigan Consejo Estudiantil Universitario (Universitet talabalar kengashi) talabalar guruhi aʼzosi boʻlgan[25][26].

Sheinbaum 2000-yilning 20-noyabrida Mexiko hukumati rahbari Andrés Manuel López Obradorning kabinetiga tayinlanganidan soʻng, 2000-yil 5-dekabrdan boshlab Mexiko shahri atrof-muhit boʻyicha kotibi lavozimida ishlagan[27]. 2006-yil may oyida yakunlangan oʻz muddati davomida u Mexiko shahrida elektron transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish markazining qurilishiga mas’ul edi[21][28]. Shuningdek, u alohida yoʻlaklarga ega avtobus tezkor tranzit tizimi Metrobusning joriy etilishini va Mexiko shahrining halqa yoʻli Anillo Perifériconing ikkinchi qavati qurilishini nazorat qildi[14].

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. ispancha[2]
  2. Carlos Salinas de Gortari, Meksikaning 1988–1994-yillardagi prezidenti, qisman mustamlaka davridagi sefardiya yahudiylaridandir[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Por qué junio y octubre son las nuevas fechas clave para las elecciones 2024 de México“. CNN en Español (2024-yil 20-yanvar). 2024-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-iyun.
  2. „Claudia: El Documental“. Claudia Sheinbaum Pardo (2023-yil 20-dekabr). 2024-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-iyun.
  3. „Ruling leftist party candidate Sheinbaum elected Mexico's first female president“ (2024-yil 3-iyun). 2024-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-iyun.
  4. „Ruling leftist party candidate Sheinbaum elected Mexico's first female president“ (2024-yil 3-iyun). 2024-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-iyun.
  5. „BBC 100 Women 2018: Who is on the list?“ (en-GB). BBC News (2018-yil 19-noyabr). 2019-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-iyul.
  6. „Former Mexico City Mayor Claudia Sheinbaum to be the ruling party's presidential candidate“ (en). ABC News (2023-yil 6-sentyabr). 2023-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-sentyabr.
  7. „Salinas de Gortari obtuvo nacionalidad española por origen judío sefaradí“ (es-MX). Enlace Judío (2022-yil 30-oktyabr). 2024-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-iyun.
  8. Madry, Kylie; Valentine, Hilaire. „Mexico's Sheinbaum poised to become first woman president“. Reuters (2024-yil 2-iyun).
  9. „Mexico's likely next president would be its first leader with a Jewish background“ (en). AP News (2024-yil 22-aprel). 2024-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-iyun.
  10. „Quién es Claudia Sheinbaum, la destacada científica que hará historia como la primera presidenta de México“. BBC Mundo (2024-yil 3-iyun). 2024-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-iyun.
  11. 11,0 11,1 Kahn, Carrie „Meet Mexico City's First Elected Female Mayor“. NPR (2018-yil 25-iyul). — „Both Sheinbaum's parents, also scientists, are children of Jewish immigrants from Bulgaria and Lithuania. Sheinbaum says she celebrated holidays with her grandparents, but her home life was secular“. 2022-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-sentyabr.
  12. 12,0 12,1 „Judíos y científicos. La familia de Claudia Sheinbaum“ (es-MX). Enlace Judío (2018-yil 18-dekabr). 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-dekabr.
  13. Ameyalli Villafán. „Annie Pardo Cemo y su búsqueda constante de respuestas“. Cienciamx (2015-yil 30-iyul). 2020-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-aprel.
  14. 14,0 14,1 14,2 14,3 14,4 14,5 Wade, Lizzie „Can this environmental engineer—now elected mayor—fix Mexico City?“. Science Magazine. AAAS (2018-yil 2-iyul). 2021-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-aprel.
  15. „Mexico City chooses for the first time in history a Jew and female mayor, the scientist Claudia Sheinbaum“ (2018-yil 2-iyul). 2020-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-aprel.
  16. „Mexico City elects first-ever Jewish mayor, exit poll shows“. The Times of Israel (2018-yil 2-iyul). 2020-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-iyul.
  17. „Mexico City Mayor-Elect Claudia Sheinbaum Visits Berkeley Lab“. international.lbl.gov. 2024-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-dekabr.
  18. Weber, Jonathan „Mexico City elects first Jewish, female mayor“. The Jerusalem Post (2018-yil 2-iyul). 2020-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-aprel.
  19. „Former Berkeley Lab researcher elected as Mexico City mayor“ (en). The Daily Californian (2018-yil 6-iyul). 2023-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-dekabr.
  20. „Claudia Sheinbaum, la científica que gobernará CDMX“. politico.mx. 2020-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-dekabr.
  21. 21,0 21,1 Kenny Tang. Green CITYnomics: The Urban War against Climate Change. Routledge, 2009. ISBN 9781351279420. 
  22. ["Climate Change 2007 – Mitigation of Climate Change: Working Group III".] IPCC. Retrieved 2 July 2018
  23. "Industry Chapter10 IPCC Retrieved 2 July 2018 (Wayback Machine saytida 14 June 2018 sanasida arxivlangan)
  24. „Petro reconoce apoyo de Sheinbaum al M19 en épocas de clandestinidad“. 2024-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
  25. Belsasso, Bibiana. „Me separé de Carlos Ímaz de común acuerdo hace un año“ (es). La Razon de Mexico (2017-yil 8-may). 2018-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
  26. Robles de la Rosa, Leticia. „CEU: semillero de políticos; el movimiento estudiantil del 86“ (es). Excelsior (2016-yil 12-sentyabr). 2020-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
  27. Flores, José Luis. „Presenta AMLO su gabinete“ (es). El Universal (2000-yil 21-noyabr). 2020-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
  28. Cardoso, Laura. „Crearán central de verificentros“ (es). El Universal (2000-yil 27-dekabr). 2020-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Siyosiy idoralar
Oldingisi Mexiko shahri atrof-muhit boʻyicha kotibi
2000–2006
Keyingisi
Eduardo Vega López
Oldingisi Tlalpan tumani meri
2015–2017
Keyingisi
Oldingisi Mexiko shahri meri
2018–2023
Keyingisi
Partiya siyosiy idoralari
Oldingisi Morena pariyasidan Meksika prezidentligiga nomzod
2024
Eng soʻnggi