Meksika milliy muxtor universiteti
Jump to navigation
Jump to search
Meksika milliy muxtor universiteti — Meksikadagi eng yirik universitet. Mexiko shahrida joylashgan. Qirol Karl V farmoniga muvofiq, 1551 yil tashkil etilgan. 1929 yildan Meksika milliy muxtor unti deb ataladi. Huquq, falsafa, tabiiy fanlar, tibbiyot, kimyo, muhandislik ishi, siyosiy va ijtimoiy fanlar va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 330 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Markaziy kutubxonasi (1924 yiltashkil etilgan) da 2 mln.ga yaqin asar saqlanadi.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |