Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti

Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti — oliy maxsus harbiy maʼlumotli ofitserlar tayyorlaydigan oʻquv yurti[1]. 1941-yilda Ukrainaning Xarkov shahridan Chirchiq shahriga evakuatsiya qilingan.

Hozir Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun yuqori malakali, oliy maxsus harbiy bilimga ega ofitserlar quyidagi ixtisosliklar boʻyicha tayyorlanadi:

  • tank boʻlinmalari, qismlari va qoʻshilmalarini jangovar qoʻllash;
  • jangovar texnikalarni ekspluatatsiya qilish va taʼmirlash muhandislari;
  • havo desant boʻlinmalari, qismlari va qoʻshilmalarini jangovar qoʻllash;
  • havo hujumidan mudofaa qoʻshinlarining boʻlinma, qism va qoʻshilmalarini jangovar qoʻllash.

Ularga "leytenant" ofitserlik unvoni va malakasiga muvofiq muhandislik diplomi beriladi.

Sh. qarang[tahrir]

Manbalar[tahrir]