Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti
(AKT va AHI)
Asos solingan 2019
Oʻquv yurti turi institut
Yoʻnalish aloqa
Sohasi harbiy
Bakalavriat 2 yil
Manzili 100190, Toshkent shahri, Zangiota tumani, Quyoshli,

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tarkibidagi aloqa muhandislari tayyorlovchi oliy harbiy oʻquv yurtlaridan biri[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi qaroriga asosan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa sohasida yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, bu sohada harbiy-ilmiy tadqiqotlarni tashkillashtirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi.[2]

1. Aloqa qo'shinlari taktik qo'mondonlik muhandisligi. (Aloqachi mutaxassislar)

2. Axborotlarni kriptografik himoyalash va maxsus aloqa qo'mondonlik muhandisligi. (Maxfiylik rejimi mutaxassislari)

3. Radioelektron razvedka va kurash qo'mondonlik muhandisligi. (Razvedka mutaxassislar)

4. DXX chegara qo'shinlari va intelektual tizimlar qo'mondonlik muhandisligi. (chegara uchun IT mutaxassislar)

5. Havo hujmidan mudofaa radiotexnika qo'shinlari qo'mondonlik muhandisligi.(RTV PVO mutaxassislar)

6. Havo hujmidan mudofaa zenit raketa qo'shinlari qo'mondonlik muhandisligi.( ZRV PVO mutaxassislar)

7.Аxborot texnologiyalari va dasturiy injiniring qo'mondonlik muhandisligi.(IT mutaxassislar)

8. Tarmoq va axborot tizimlari xafsizligi qo'mondonlik muhandisligi. (Kiberxavfsizlik mutaxassislari)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Harbiy taʼlim muassalari, 2019-09-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-09-03
  2. https://m.kun.uz/news/2019/12/26/prezident-harbiy-institut-va-harbiy-qismga-bordi