Shilvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shilvi, uchqat — shilvidoshlar oilasiga mansub butalar turkumi. 30 dan ortiq turi maʼlum. Oʻzbekistonda shahrining xushboʻy Sh., tangabarg Sh., tatar Sh.si, maydagul Sh., Korolkov Sh.si, nozik Sh., maydabarg Sh., olga Sh.si, altman Sh.si va boshqalar turlari uchraydi. Boʻyi 1,5 m dan 4,5 m gacha, barglari keng tuxumsimon, baʼzilariniki uzun tuxumsimon, gullari ikki jinsli, oq, sargʻish, qizil, pushti, aprel—may oylarida gullab, avg .—sent.da urugʻlaydi. Mevasi sersuv, rezavor. Xushboʻy Sh., tatar Sh.si, maydagul Sh. manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. shahrining boshqa koʻplab turlari togʻ daralari, daryo boʻylari, togʻ yonbagʻirlarida butazorlar hosil qilib, daraxtzorlar orasida, adirlarda oʻsadi. Sovuqqa chidamsiz. Dasht zonalarida ekinzorlarni himoya qilish, koʻkalamzorlar, yashil devorlar hosil qilishda foydalaniladi. Yogʻochi qattiq va mustahkam boʻlganligi tufayli duradgorlik va mebelsozlikda ishlatiladi.