Chigirtchilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Chigirtchilar
Crested tern444 edit.jpg
Smallarctern.jpg
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Chigirtchilar, dengiz qaldirgʻochlari (Sternidae) — baliqchisimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. 10 urugʻi va 43 turi bor. Gavdasininguz. 20—55 sm. Qanoti uzun, tumshugʻi uchli. Umumiy rangi och, koʻpchilik turlarining boshida qora "qalpoqcha"si, barmoqlari orasida teri parda bor. Chaqqon uchadi, suvda yaxshi suzadi. Dengiz, kichik daryo va koʻllarning orollarida yerda, baʼzilari daraxtlar va butalarda, botqoqlikda yashovchi turlari suv yuzasiga oʻsimlik toʻshab, uya yasaydi. 1—4 ta tuxum qoʻyib, 14 —22 kun bosadi. T uxumdan chiqkan joʻjalari 1 kundan orqasidan ergashish qobiliyatiga ega. Tabiatda 23—27 yil yashaydi. Asosan, baliqlar, keyin urgochisi qisqichbaqasimonlar va hasharotlar bilan oziqlanadi. Yer yuzida juda keng tarqalgan. Oʻzbekistonda 7 turi uchraydi.