Chaqaloqlarda biosenoz va disbioz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Biotsenoz – oshqozon–ichak traktining mikroekologiyasi ochiq biotsenoz hisoblanadi. Mikroblar hazm traktiga xuddi ximus kabi kirib boradi, ammo ichaklar devoridagi faqat xususiy retseptorlargagina maxsus mikoorganizmlar fiksatsiyalanishi mumkin[1].

Biosenozning shakllanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolaning birlamchi mikroorganizmlar bilan toʻqnashishi tugʻruq yoʻllaridan boshlanadi. Tugʻruq yoʻllaridagi mikroblarning asosini laktobatsillalar va bifidobakteriyalar tashkil qiladi, qolgan qismi ichak mikroflorasiga oʻxshash. Chaqaloqlarda immunologik barqarorlik hali toʻla yetilmaganligi tufayli organizmga mikroblarning koʻplab tushishi unda turli yalligʻlanish jarayonlari rivojlanish xavfini tugʻdiradi[2]. Keyinchalik atrof muhit taʼsiri ostida doimiy mikroflora shakllanadi. Shuningdek mikrofloraning shakllanishiga bolani ovqatlantirishni boshlash muddati va uning turi ham muhim ahamiyatga ega[3]. Ona suti bilan ovqatlantirish boshlangach, asosan bifidobakteriyalardan tuzilgan simbiont mikroflora ichakda koʻpaya boshlaydi. Ona suti, ayniqsa ogʻiz suti bilan yangi tugʻilgan chaqaloq bifidofloraning rivojlanishi va oʻsishiga taʼsir etuvchi bifidus-omilni oladi. Ushbu omil patogen va shartli-patogen mikroorganizmlarning koʻpayishiga toʻsqinlik qiladi. Ichakda bifidoflora titri yuqori boʻlganda organizm va undagi mikroflora orasida fizilogik barqarorlik, yaʼni eubioz yuzaga keladi[4]. Chaqaloq biotsenozining shakllanishiga quyidagi omillar taʼsir etadi:

  1. Ona tugʻruq yoʻllarining mikroflorasi.
  2. Tashqi muhit mikroflorasi.
  3. CHaqaloqning ovqatlanish turi.

Muddatida tugʻilgan bolalarda ichak mikroflorasining shakllanishi bola hayotining 5-6- kunlariga borib toʻliq shakllanadi[5]. Unda quyidagi bosqichlar farqlanadi:

  • 1 – bosqich. Bola tugʻilgandan soʻng ona koʻkragiga qoʻygunga qadar davom etib, aseptik bosqich deyiladi, chunki bu bosqichda ichak boʻshligʻi steril boʻladi.
  • 2 – bosqich. Bola hayotining dastlabki 1-2 kunlari ichakka kokklar va boshqa mikroorganizmlarning kirish bosqichi – bu tranzitor disbakterioz davridir[6].
  • 3 – bosqich. Transformatsiya bosqichi boʻlib, bunda bifidoflora ichak mikroblarining asosiy qismini tashkil etadi.

Mikrofloraning tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oshqozon va ichakning turli qismlaridagi mikrofloraning tarkibi turlicha boʻladi. Masalan, 1 ml oshqozon suyuqligida 103 achitqi zamburugʻlari, streptokokklar, laktobakteriyalar bor. 1 ml ingichka ichak suyuqligida 103 laktobakteriyalar, streptokokklar, ichak tayoqchalari bor[7]. Yondosh ichak suyuqligida nordon sut tayoqchalari, streptokokklar, ichak tayoqchalari mavjud boʻlib, bu erda anaerob flora yoʻq. Bifidoflora va bakteroidlar shular jumlasidandir. Najasda 500 xildan ortiq mikroblar aniqlanishi mumkin[8]. Sogʻlom bolaning yoʻgʻon ichagida 3 guruhdagi mikroflora farqlanadi:

  • Asosiy (obligat, autoxton). Yoʻgʻon ichak mikroflorasining 90-95%ini anaerob mikroflora tashkil etadi (bifidobakteriya, bakteroidlar). Bu asosiy fiziologik faoliyatni bajaradi.
  • Hamroh: laktobakteriya ichak tayoqchasining meʼyoriy shtamlari. Ovqat hazm qilish va himoya faoliyatini bajaradi.
  • Qoldiq: aerob saprofit va shartli-patogen flora, biotsenozning 1%ini tashkil qiladi.

Mikrofloraning funksiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odatdagi ichak mikroflorasi turli vazifalarni bajarib, ularga kuyidagilar kiradi:

  • Antagonistik vazifasi – ichak mikroflorasining bu vazifasi ularning hayoti jarayonida ajralib chiqadigan endotoksinlar yordamida amalga oshiriladi, bu endotoksinlar kolitsinlar deb ataladi. Kolitsinlar patogen mikroblarga taʼsir qilib, ularning oʻsishiga toʻsqinlik qiladi.
  • Immunitet hosil qilishda ishtirok etishi – bola najasidagi bifidobakteriyalar miqdori bilan qon zardobidagi IgA miqdori orasida uzviy bogʻliqlik borligi aniqlangan. Shuningdek odatdagi ichak mikroflorasi limfotsitlarning antigen taʼsiriga javobi, bakteriyalarning fagotsitozi, lizotsim miqdorining oʻzgarib turishi kabi himoya moslashuv jarayonlarida ham muhim ahamiyatga ega[9].
  • Ovqat hazm qilinishida ishtirok etishi turli organik moddalarning parchalanishida, yaʼni oqsillar, yogʻlar va yuqori molekulyar karbon suvlarning fermentativ parchalanishida qatnashishidan iborat.
  • Sintetik faoliyati – odatdagi ichak mikroflorasi tiamin, riboflavin, nikotin va pantotenat kislotalari, K vitamini, askorbin kislotasi kabilarni sintez qiladi[10]. Vitaminlar sintezi asosan yoʻgʻon ichakda sodir boʻladi.
  • Rezorbtsion faoliyati – ichakda nordon muhit hosil qilish yoʻli bilan (bifidoflora sut kislotasi ishlab chiqaradi) kal’tsiy, D vitamini va temirning ichak shilliq pardasi orqali soʻrilishi uchun koʻlay sharoit yaratadi.
  • Reparativ faoliyati – ichak mikroflorasi oshqozon-ichak yoʻllari shilliq pardalarning tiklanishi va yangilanishida ishtirok etadi.

Patologik holatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Perinatal patologiyasi boʻlgan (asfiksiya, chaqaloqlar gemolitik kasalligi, bosh miyaning tugʻruq jarohatlari va b.) chaqaloqlar najasini bakteriologik tekshirib koʻrilganda 53,2% hollarda ichak disbakteriozi aniqlanadi[11]. Ichak disbakteriozi boʻlgan bolalarda ichak faoliyatining buzilishi kuzatilib, u najasning 6-7 martagacha koʻpayishi, qorinning dam boʻlishi, najas rangining yashil tusga kirishi va shilliq moddalarning paydo boʻlishi bilan namoyon boʻladi[12]. Yuqumli omillarga bogʻliq boʻlmagan perinatal patologiyasi boʻlgan bolalarda ichak mikrobiotsenozining buzilishi asosan shartli patogen mikroflora bilan bogʻliq. Disbioz (disbakterioz) – bakteriologik tushuncha bo‘lib, u organizmdagi simbioz mikrofloraning sifat va miqdor jihatidan buzilishi natijasida kelib chiqadi. Disbakterioz rivojlanishiga quyidagilar: bolani sun`iy va noto‘g‘ri ovqatlantirish, bolani parvarish qiluvchi shaxsda mikrofloraning o‘zgarishi, chaqaloqning yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklari, patologik kechgan homiladorlik va tug‘ruq, bolani antibiotiklar bilan uzoq va betartib davolash sabab bo‘ladi.Ko‘krak suti bilan ovqatlantirishni to‘xtatish natijasida kelib chiqadigan disbakterioz holati bolani tez kasalliklarga chalinuvchan qilib qo‘yadi. Disbakterioz holatida bola atrofdagi kishilardan qanday mikroflorani qabul qilishi muhim ahamiyatga ega. Bunda ayniqsa stafilokokk yoki boshqa shartli - patogen mikrofloralarni tashuvchilari bola uchun havfli bo‘lib hisoblanadi. Disbakteriozni aniqlashda shartli – patogen mikrofloraning mikrobiotsenozda tutgan o‘rni va ularning assotsiatsiyasi muhim ahamiyatga ega. Odatda ichak bo‘shlig‘ida anaeroblarning umumiy miqdori (ularga bifido - va sutnordon tayoqchalari kiradi) aerob mikroblar yig‘indisidan ko‘p bo‘ladi[13]. Shartli - patogen mikroblar umuman aniqlanmaydi yoki oz miqdorda ularning faqat bir turi aniqlanadi.Disbakteriozning 1-darajasida anaerob flora aerob floradan ustun turadi. Bifidoflora va laktobakteriyalar 108 - 107 suyultirishda ham aniqlanadi, shartli - patogen bakteriyalar (2 turdan ortiq emas) 104-102 suyultirishda topiladi. Disbakteriozning 2-darajasida anaerob va aerob mikroorganizmlar miqdori bir-biriga teng bo‘ladi. Kasallikning bu darajasi ichak tayoqchalarining atipik shakllari paydo bo‘ladi. Disbakteriozning 3-darajasida aeroblar miqdori anaeroblarga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Ayrim hollarda bifido- va laktobakteriyalar butunlay yo‘qoladi, shartli patogen mikroblar soni esa keskin ko‘payadi. Ular orasida, ayniqsa,patogen stafilokokklar, zamburug‘lar, klebsielalar, klostridiya kabi mikroblar ko‘p uchraydi[14].

Ichak mikroflorasining ovqatlanish turiga ko‘ra sifatiy va miqdoriy tarkibi
Mikroorganizmlar guruhi Ko‘krak suti bilan boqilganda
lg KOE/g
Su'iy aralashma

bilan boqilganda

lg KOE/g
Bakteriyalar 10-11 8.5-10B. longum
Laktobakteriyalar V.bifidum b, V.breve 7-8
Bakteroidlar 6-7 8-9 B.fragilis dan tashqari
Fuzobakteriyalar - 6 dan kam
Veylonellalar - 5 dan kam
Eubakteriyalar - 6-7 kun
Peptostreptokoklar - 5 dan kam
Klodistriya(letsitin ijobiy) - 5 dan kam
Klodistriya(letsitin negativ) - 5 dan kam
Enterobakteriyalar:

E.coli:

- ozgarmagan xususiyatli - 7-8
- o'zgargan xususiyatli - 10 %
Klebissielalar - 4 dan kam
Tsitrobakteriyalar - 4 dan kam
Proteylar - 4 dan kam
Providentsiyalar - 4 dan kam
Enterokoklar 5-7 7 dan kam
Stafilakoklar:

- koagulyatsiyalovchi

3-5 7-8
Aerob batsillalar 2-3 10 %

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Disbioz kuzatilayotgan bola uchun eng yaxshi ovqat ona suti bo‘lib hisoblanadi. Ona suti bilan ta`minlash imkoni bo‘lmagan hollarda tarkibida pre- yoki probiotiklar bo‘lgan aralashmalar tavsiya etiladi (nordon sutli NAN, biolakt). Disbiotsenozni medikamentoz davolash 2 bosqichda olib boriladi: 1 - mikrobli dekontaminatsiya 2 - mikroflorani tiklash. 1 – bosqich. Mikrobli dekontaminatsiya axlatda shartli patogen mikroflora ko‘payib ketgan hollarda tavsiya etiladi. Davolash ajratilgan floraning xususiyatidan kelib chiqkan holda belgilanadi[15]. Mahalliy ta`sirga ega bo‘lgan obligat mikrofloraga ta`sir yetmaydigan preparatlarni tayinlash maqsadga muvofiqdir. - bakteriofaglar: ularning ta`sir doirasi tor bo‘lib, ma`lum mikroorganizmlarga ta`sir etadi (stafilokokka qarshi bakteriofag, koliprotey bakteriofag, klebsiellyoz bakteriofag, piobakteriofag, intestibakteriofag, piotsenius-ko‘k yiring tayoqchasiga qarshi bakteriofag) - nitrofuranlar (furazolidon 5-8 mg/kg) - enterol (kuniga 1 kap-dan 1 mahal) Axlatdan ajratilgan mikrofloraning sezuvchanligini hisobga olib antibiotiklar tayinlanadi (asosan aminoglikozidlar tayinlanadi, chunki ular obligat mikrofloraga ta`sir qilmaydi)[16]. Anaerob mikroflora ustunlik qilganda nitromidazollar, kandidozda esa - zamburug‘ga qarshi preparatlar qo‘llaniladi. Davolashning 1 – bosqichi 5-7 kun davom etadi. Biotsenoz buzilishning I darajasi kuzatilayotgan bolalarda davolash 2 – bosqichdan boshlanadi. 2 – bosqich. Ichak mikroflorasini tiklashga probiotiklar (me`yoriy ichak florasini tiklovchi preparatalar) tayinlash yo‘li bilan erishiladi. Ularning ta`sirini esa prebiotiklar kuchaytiradi[17]. Biopreparatlar sifatida ishlatiladigan mikroorganizmlarga Lactobaccilus acidophilus, L.plantarum, L.casei, L.bulgaricus, L.rhamnosus GG, Bifidobacterium bifidum va b. kiradi. Probiotiklarning ta`siri quyidagicha: • Ichak florasining o‘sishini to‘xtatuvchi kontsentratsiyada antibakterial moddalar, organiq kislotalar, proteazalar sintez qilish • Adgeziya retseptorlariga konkurent ta`sir • Immun javob (fagotsitar faollik)ni kuchaytirish • Ig A, T-killerlar, interferon kontsentratsiyasini oshirish • YAllig‘lanishga qarshi tsitokinlar ishlab chiqarilishini mo‘`tadillash • Shilliq qavatlar o‘tkazuvchanligini kamaytirish, mutsin ishlab chiqarilishining oshishi natijasida tsitoprotektsiyaning kuchayishi.

Probiotiklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Probiotiklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Monokultura tutuvchi preparatlar - bifidumbakterin, laktobakterin. 2. Kompleks preparatlar - bifiform, bifilong, atselak, lineks va b.q. a) bakteriyalar sorbentiga immobilizatsiyalangan preparatlar - bifidumbakterin-forte; b) lizosimli preparat - bifiliz. Probiotiklar ovqatlanish vaqtida 1-2 mahal beriladi. Prebiotiklar – mikroflora funksional oziqlanishini ta`minlovchi preparatlar (inulin, galakto- va fruktozooligosaharidlar, laktuloza). Prebiotiklarning ta`siri:

  • najasda rN-ni kamaytiradi;
  • ammiak ishlab chiqarilishini kamaytiradi;
  • immunitetni faollashtiradi;
  • klostridiy, kandida, listeriy va boshqa mikroblarning o‘sish potentsialini pasaytiradi;
  • ovqatdan Ca so‘rilishini 40-60%ga oshiradi;
  • yo‘g‘on ichak epiteliyasining regeneratsiyasini kuchaytiradi.

Prebiotiklardan dyufalak (laktuloza)ning samarasi yaxshi bo‘lib, 1 kunda 3 ml miqdorda tayinlanadi. Aksariyat hollarda disbakterioz ikkilamchi fermentativ tanqislik bilan kechadi, shuning uchun bunday bemorlarga kichik dozalarda kreon, pankreatin kabi preparatlar probiotiklar bilan birgalikda tayinlanadi. Ichak mikroflorasini tiklovchi preparatlar va fermentlarni berish muddati bolaning umumiy ahvoli va disbakterioz darajasiga bog‘liq. Odatda 3-4 haftagacha davom ettiriladi.

Profilaktikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Homilador ayolda disbiotsenozni, eng avvalo qinning disbiozini aniqlash va davolash, bolani imkoni boricha erta ko‘krakka qo‘yish, parenteral ovqatlantirish davrini iloji boricha qisqartirish, ratsional antibiotikoterapiya disbiotsenozning oldini olishga yordam beradi. Shuningdek onaga tug‘ruqdan 3-4 hafta avval probiotiklar tayinlash ham yaxshi natija beradi.

  1. „Biotsenoz haqida dastlabki tushunchalar. Biosenozning joy va ekologik tuzilmasi“. azkurs.org. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  2. „The Immune System“. www.stanfordchildrens.org. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  3. „Ichak mikroflorasining muvozanati – salomatlik garovidir“. kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  4. „BIFIDOFLORA“. bioflora.co.za. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  5. „Ona sutining afzalliklari“. gujum.uz. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  6. „Ichak disbakteriozi sabalari va davolash“. avitsenna.uz. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  7. „Bifidobakteriyalar va laktobakteriyalar“. uz.tierient.com. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  8. „Yo'g'on Ichakning Bo'linmalari, Tuzilishi Va Vazifalari“. uz.birmiss.com. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  9. „Limfotsit va uning turlari“. www.wikiwand.com. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  10. „www.wikiwand.com“. pubmed.ncbi.nlm.nih.gov. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  11. „Oral Dysbiosis and Autoimmunity: From Local Periodontal Responses to an Imbalanced Systemic Immunity. A Review“. www.frontiersin.org. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  12. „Dysbiosis Of The Oral Microbiota Causes Gut And Health Problems“. atlasbiomed.com. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  13. „Антибиотики, пребиотики, пробиотики, метабиотики при избыточном бактериальном росте в тонкой кишке“. t-pacient.ru. 2022-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  14. „ORAL CAVITY DYSBIOSIS UNDER THE DURABLE OPIOID ANALGESIC INFLUENCE IN EXPERIMENT.“. womab.com.ua. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  15. „РОЛЬ МИКРОБИОЦЕНОЗА РОТОВОЙ ПОЛОСТИ И ФАКТОРОВ МЕСТНОГО ИММУНИТЕТА В ПАТОГЕНЕЗЕ РАЗВИТИЯ ПРОТЕЗНОГО СТОМАТИТА“. www.elibrary.ru. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  16. „Lactobacillus Replacement Therapy for Preventing Recurrent Vaginal Dysbiosis“. www.jwatch.org. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.
  17. „The role of bacterial overgrowth syndrome in violation of the digestive, absorptive and motor functions of the small intestine in patients with metabolic syndrome“. www.gastroscan.ru. Qaraldi: 2023-yil 29-sentyabr.