Flora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Flora (yangi lot. fl ora, lot. Flora — gullar va bahor xudosi; lot. fl os — urug, fl oris — gul) — oʻsimliklarning muayyan hududda tarixan tarkib topgan taksonlari majmui. F. muayyan geografik joyga taalluqli boʻlib, uning hozirgi tabiiy sharoiti, oʻtmishi bilan bogʻliq va u yer yuzidagi boshqa F. bilan ozmi koʻpmi munosabatda boʻladi. Bu jihatdan F. muayyan hududdagi oʻsimliklar jamoasidan (oʻsimliklar qoplamidan) farq qiladi. "F." tushunchasi maʼlum hududdagi barcha oʻsimliklar taksonlarini oʻz ichiga oladi. Tuban va boshqa yuksak oʻsimlik turlari majmui, odatda, maʼlum sistematik birliklar bilan belgilanadi (mas, "sporali oʻsimliklar F.si", "suvoʻtlar F.si" va boshqalar). Florasi oʻrganilayotgan material hajmi maʼlum darajada ixtiyoriy boʻlib, tanlangan joyga bogʻliq (mas, Oʻzbekiston F.si, Kavkaz F.si, Zarafshon F.si va h.k.). Har bir F.ni bilish uning tur, turkum oila va boshqalarni aniqlashga, yaʼni F. inventarizatsiyasiga asoslangan. Inventarizatsiyaning barcha turlari maʼlum belgilariga koʻra F. elementlariga ajratiladi. Jumladan, geografik elementlar oʻzining geografik tarqalishiga koʻra oʻxshash, genetik elementlar esa genetik kelib chiqishi va joylashish tarixiga koʻra yaqin turlarni birlashtiradi. F. yoshini tahlil qilish uning progressiv (kelib chiqish, joylashish vaqtiga binoan yoshi), konservativ va relikt elementlarni aniqlashga imkon beradi. Har qaysi F.ning muhim belgisi uning sistematik strukturasi, yaʼni F. tarkibida turli sistematik guruhlarning birlashishidan iborat.

Biror hududdagi oʻsimliklar sistematik tarkibini yorituvchi yirik asarlar ham, odatda, "F." deb nomlanadi. Koʻpincha F.ga mazkur hududda keng tarqalgan madaniy oʻsimliklar ham kiritiladi, lekin botanika bogʻlari, oranjereyalarda oʻstiriladigan oʻsimliklar kiritilmaydi. Oʻsimliklar tushunchasi oʻrniga F. tushunchasining ishlatilishi notoʻgʻri.