Bifidobakteriyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bifidobakteriyalar (lot. Bifi dus — ikkiga boʻlingan, ayri va bakteriyalar) — sut achituvchi bakteriyalar turi, foydali mikroblar; B. spora hosil qilmaydigan gram musbat ayri uchli tayoqchalar shaklida boʻlib, chirituvchi va kasallik tugʻdiruvchi mikroblarning rivojlanishini toʻxtatadi, uglevodlarning hazm boʻlishini taʼminlaydi, shuningdek V, K, qisman S vitaminlar hosil qiladi. Bola koʻkrakdan ajratilgach, B. oʻrniga ichakning odatdagi mikroflorasi paydo boʻladi. Uning tarkibida ham B. boʻladi. Ichak disbakteriozini davolashda B. dori sifatida qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil