Kontent qismiga oʻtish

Biotsenoz

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Biotsenoz (Biotsenoz va yunoncha koinos — umumiy) — shartsharoiti bir xildagi muhitga moslashib olgan va bitta joyning uzida birga yashaydigan barcha organizmlar. Biotsenozda yashaydigan oʻsimlik hamda hayvonlar doim bir-biriga maʼlum munosabatda boʻladi. Ularning shu munosabati hayot kechirish sharoitiga ham taʼsir kursatib turadi. Biotsenoz u mumiy tabiiy kompleks — biogeotsenozning bir qismidir. Odamking xoʻjalik faoliyati biotsenozni oʻzi uchun foydali tomonga qarab oʻzgartirishi mumkin. Turlar urtasidagi munosabatlarning ikki va undan koʻp tur uchun qulaylik tugʻdiradigan xili oʻzaro yordam deyiladi. Maye, hasharotlar yordamida changlanadigan oʻsimliklar changni bir usimlikdan ikkinchi usimlikka olib oʻtadigan va shu bilan oʻsimliklarning chetdan changlanishini taʼminlaydigan hasharotlarga muhtojdir. Boshqa hollarda turlar orasidagi munosabatlar oʻzaro qaramaqarshi tarzda boʻladi. Yirtqichlikda bir tur hayvonlar boshqa tur hayvonlarni yeydi. Ikkala tur tashqi muhitning bir xildagi shartsharoitidan foydalansayu, usha shartsharoit miqdori cheklanib qoladigan boʻlsa, bunday turlar oʻzar o raqobat tarzidagi munosabatga utadi. Maye, Usimliklar yorugʻlik va tuprokdagi mineral moddalar uchun raqobat qiladi. Mikroblardagiantibioz qaramaqarshi munosabatlarning uziga xos shaklidir. Birga hayot kechirishning boshqa shakllari ham bor. Maye, simbioz, parazitizm. Biotsenozni oʻrganish amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil