Chakchak
Qiyofa


Chakchak — xamirdan tayyorlanadigan shirinlik turi. Ch. uchun tuxumning sarigʻi togʻorachaga solinib atalanadi va unga tuz, konyak (araq) qoʻshib xamir qoriladi. Xamir bir oz oʻrab tindirilgach, oʻqlov bilan 2 mm qalinlikda yoyilib, turli shakl va oʻlchamlarda kesiladi va qizib turgan yogʻda oz ozdan qovurib olinadi. Boshqa bir idishga asal solib olovga qoʻyiladi. Asal erib suyulgach, shakar qoʻshib yana olovga qoʻyib, qiyom tayyorlanadi. Qovurib olingan xamir qiyomga (sovimasdan) aralashtiriladi va yogʻlangan yuza idishlarga uyub solinib qoʻl bilan bosiladi. Tayyor Ch.ning ustini yongʻoq yoki mayda konfetlar bilan bezatiladi. Ch., asosan, toʻylar, bayramlar, tantanali oilaviy marosimlarda tayyorlanadi.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |