Konfet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Konfet (lot. confectus — tayyorlangan) — qandolat mahsuloti. Shakar qiyomi asosida turli krrishmada: shokoladli, pomadali, sutli, mevali, yongʻoqli va boshqa xillari bir yoki bir necha K. masalliklaridan tayyorlanadi. Shakl berilgan sirtiga shakar, kakao, yongʻoq, vafli yoki shokolad upasi, hid va taʼm beruvchi moddalar (kakao, vanilin va boshqalar) sepiladi, ichiga esa likyor, sut, asal, yongʻoq, povidlo va boshqa solinadi. K. tayyorlash kuyidagi jarayonlarni: K. massasini tayyorlash, K.ga shakl berish, sirtiga shakar va boshqa sepish, pardozlash, oʻrash va idishlarga joylashni oʻz ichiga oladi. Issiq qiyom massasi qoliplarga quyiladi, sovib qotgach, siqiq havo yoki choʻtka bilan qolipdan tushiriladi. Boʻlash konveyerida shakar va boshqalarga boʻlanib, sovitish kamerasidan oʻtkaziladi va boʻlaklarga ajratiladi. K. tayyorlash turli mashina va mexanizmlar yordamida bajariladi. K. sirt qavatini tayyorlashda pomada, pomada-krem, meva, jele, jele-meva, paralin, sut, likyor, krem va boshqalardan foydalaniladi. Qandolat sanoatida koʻproq pomadali konfetlar (40%) ishlab chiqariladi.

K. tarkibining asosiy qismini shakar (47,3 dan — 86,8%), qolganlarini esa kraxmal patokasi, asal, meva, rezavor mevalar, kakao, yongʻoqlar (funduk, bodom, yer yongʻoq), hayvon va oʻsimlik yogʻlari, sut va tuxum mahsulotlari tashqil qiladi. 100 g konfetning kaloriyasi 1427—2368 kJ atrofida. Yaxshi va pokiza saqlanishi uchun K. qogʻoz yoki zar etiketkaga oʻraladi. Oʻzbekistonda "Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi, "Oʻzoziqovqatsanoat" davlat-aksiyadorlik konserni, "Oʻzbekbirlashuv" uyushmasi tarkibiga kiradigan korxonalarda ishlab chiqariladi (qarang Qandolashchilik sanoati).

Adabiyot[tahrir]

  • Istomina M. M., Eyntor M.B., Sokolovskaya T. A., i dr., Konfeti, M., 1979; Lurye I. S, Texnologiya konditerskogo proizvodstva, M., 1992.

Poʻlat Tursunxoʻjayev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil