Cengiz Ünder

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Cengiz Ünder
Ünder Turkiya terma jamoasi 2018-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Cengiz Ünder[1]
Tavallud sanasi 14-iyul 1997-yil (1997-07-14) (26 yosh)
Tavallud joyi Sındırgı, Turkey
Boʻyi 1.73 m[2]
Ampluasi Yarim Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Marseille
Raqami 17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007—2013 Bucaspor
2013—2015 Altınordu
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2016 Altınordu 51 (11)
2016—2017 İstanbul Başakşehir 32 (7)
2017—2022 Roma 70 (13)
2020—2021Leicester City (loan) 9 (0)
2021—2022Marseille (loan) 32 (10)
2022- Marseille 12 (0)
Milliy terma jamoa
2014—2015 Turkey U18 6 (1)
2015—2016 Turkey U19 12 (6)
2016 Turkey U21 3 (0)
2016- Turkey 43 (14)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(29-oktyabr uchun)

Cengiz Ünder ((talaffuzi: Chingez Ünder) 1997-yil 14-iyulda tugʻilgan) — Turkiyalik futbolchi, Liga 1 ning „Olympique de Marseille“ klubi va Turkiya milliy terma jamoalarining oʻng qanot yarimhimoyachisi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ünder professional faoliyatini „Altinordu FC“ da boshlagan, keyinroq „Başakşehir FC“ga oʻtgan[3]. Başakşehir bilan oʻtkazgan mavsumida Ünder Turkiya Superligasidagi debyut mavsumida 32 oʻyinda 7 ta gol urib, oʻzini liganing eng yaxshi oʻyinchilaridan biri sifatida koʻrsatadi[4].

Roma[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ünder 2018-yilda Roma da oʻynagan

2017-yilning 16-iyulida u 13,4 million yevro toʻlov evaziga „Roma“ futbolchisiga aylanadi[5]. U 2018-yilning 4-fevralida „Roma“ safidagi ilk golini A Seriyada „Hellas Verona“ ga qarshi oʻyinda (1:0) kiritadi[6] Xuddi shu oyda u Chempionlar ligasidagi debyutini gol bilan nishonladi hamda Chempionlar ligasida gol urgan eng yosh turkiyalik futbolchiga aylandi[7].

Leicester City (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 20-sentyabrda Ünder Premier-leaguening „Leicester City“ klubiga keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga berildi[8]. U oʻz debyutini West Ham United bilan oʻyinda zaxiradan maydonga tushadi va 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchraydi[9]. 25-oktabr kuni u Leicester City uchun birinchi golli hissasini qoʻshdi va u Jeymi Vardining Arsenal ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan goliga assistentlik qiladi, bu esa Leicester Cityning Arsenal maydonidagi 47 yillik kutilgan gʻalabasiga debocha boʻladi[10]. 10-dekabr kuni Ünder UEFA Yevropa Ligasi doirasida Afinaning AEK bilan mezbondagi oʻyinda ilk golini kiritadi[11].

Olympique Marseille (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liga 1 klubi Olympique Marseille 2021-yilning 4-iyulida[12] 9 million yevroga evaziga futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi[13].

Milliy jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ünder Turkiya yoshlar milliy futbol jamoasining U18 va U19 toifalarini himoya qilgan. Shuningdek Turkiyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbol terma jamoasiga ham chaqirilgan edi[14].

2016-yilning noyabrida Ünder Kosovoga qarshi oʻyin uchun Turkiya terma jamoasiga chaqiruv oladi[15]. U milliy terma jamoadagi birinchi golini 2017-yilning mart oyida Moldova bilan oʻrtoqlik uchrashuvida terma jamoa libosidagi ikkinchi oʻyinida oʻyinida kiritadi.

Munozara[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiya qurolli kuchlari tomonidan 2018-yilning yanvar oyida Suriya shimolidagi Afrin hujumidan soʻng, 11-fevral kuni A Seriya doirasidagi[16] oʻyinida Romaning Benevento ustidan qozongan gʻalabasidan soʻng, Ünder golni harbiycha uslubda harbiycha salom bilan (chest) bilan nishonlaydi[17][18]. 2019-yil oktabr oyida Turkiyaning Suriya shimoli-sharqidagi hujumidan soʻng Ünder Twitter’da yuqorida tilga olingan bayram suratini joylashtiradi[19]. Uning bahsli posti ijtimoiy tarmoqlarda Roma muxlislarining tanqidiga sabab boʻladi[20][21].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 1-martgacha bo'lgan xolat[22]
Klub Mavsum Ligalar Milliy

Jamoa

Liga Kubik Europe Jami
Liga Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Altınordu 2014—2015-yilgi TFF First League 20 5 6 0 26 5
2015—2016-yilgi 31 6 1 0 32 6
Jami 51 11 7 0 58 11
İstanbul Başakşehir 2016—2017-yilgi Süper Lig 32 7 7 2 4 0 43 9
Roma 2017—2018-yilgi Serie A 26 7 1 0 5 1 32 8
2018—2019-yilgi 26 3 1 0 6 3 33 6
2019—2020-yilgi 18 3 2 0 3 0 23 3
Jami 70 13 4 0 14 4 88 17
Leicester City (ijara) 2020—2021-yilgi Premier League 9 0 2 1 0 0 8 1 19 2
Marseille (ijara) 2021—2022-yilgi Ligue 1 32 10 3 1 12 2 47 13
Marseille 2022-2023- 12 0 0 0 6 0 18 0
Jami 44 10 3 1 18 2 65 13
Umumiy natija 206 41 23 4 0 0 44 7 273 52

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 22-sentyabrgacha bo'lgan o'yinlar[23]
Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Turkiya 2016-yil 1 0
201-yil 6 3
2018-yil 10 1
2019-yil 3 2
2020-yil 6 2
2021-yil 10 3
2022-yil 7 3
Jami 43 14
Chengiz Ünder tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2017-yil 27-mart Yangi Eskishehir stadioni, Eskishehir, Turkiya  Moldova 3-0 3-1 Doʻstona
2. 2017-yil 11-iyun Loro Borichi stadioni, Shkoder, Albaniya  Kosovo 2-1 4-1 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
3. 2017-yil 13-noyabr Yangi Antaliya stadioni, Antaliya, Turkiya  Albaniya 1-2 2-3 Doʻstona
4. 2018-yil 27-mart Podgoritsa shahar stadioni, Podgoritsa, Chernogoriya  Chernogoriya 1-0 2-2
5. 2019-yil 30-may Yangi Antaliya stadioni, Antaliya, Turkiya  Yunoniston 1-0 2-1
6. 2019-yil 8-iyun Buyukshehir stadioni, Konya, Turkiya  Fransiya 2-0 2-0 UEFA Evro-2020 saralashi
7. 2020-yil 11-noyabr Vodafone Park, Istanbul, Turkiya  Xorvatiya 3-3 3-3 Doʻstona
8. 2020-yil 15-noyabr Shukru Saracogʻlu stadioni, Istanbul, Turkiya  Rossiya 2-1 3-2 2020-21 UEFA Millatlar ligasi B
9. 2021-yil 3-iyun Benteler-Arena, Paderborn, Germaniya  Moldova 2-0 2-0 Doʻstona
10. 2021-yil 1-sentyabr Vodafone Park, Istanbul, Turkiya  Chernogoriya 1-0 2-2 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
11. 2021-yil 7-sentyabr Yoxan Kroyff Arena, Amsterdam, Gollandiya  Niderlandiya 1-6 1-6
12. 2022-yil 29 mart Buyukshehir stadioni, Konya, Turkiya  Italiya 1-0 2-3 Doʻstona
13. 2022-yil 4-iyun Boshakshehir Fatih Terim stadioni, Istanbul, Turkiya  Farer orollari 1-0 4-0 2022-23 UEFA Millatlar ligasi C
14. 2022-yil 22-sentyabr Boshakshehir Fatih Terim stadioni, Istanbul, Turkiya  Lyuksenburg 1-1 3-3

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

SHaxsiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofotlar

  • 2018-yilda Turkiyada yilning eng yaxshi futbolchisi[24]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Cengi̇z Ünder“. Turkish Football Federation. Qaraldi: 24-oktabr 2020-yil.
  2. „Cengiz Ünder“. A.S. Roma. 2018-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-iyul 2022-yil.
  3. „Cengiz Under“. footballdatabase.eu.
  4. Sarigul. „Roma's Cengiz Under: 'I like to prove people wrong. I've been doing it since I was 10'“. The Guardian (22-noyabr 2017-yil).
  5. „Roma complete the signing of Cengiz Under“. www.asroma.com.
  6. „Cengiz Ünder İtalya'yı salladı! Tarihe geçti...“ (turkcha). www.hurriyet.com.tr. Qaraldi: 10-dekabr 2020-yil.
  7. „The youngest Turkish player ever to have scored in the Champions League...“ (inglizcha). Twitter (21-fevral 2018-yil). Qaraldi: 24-fevral 2018-yil.
  8. „Cengiz Under: Leicester City sign Turkey winger on loan from Roma“. BBC Sport (20-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 25-sentabr 2020-yil.
  9. Blackwell, Jordan. „Every word Brendan Rodgers said on Cengiz Under's Leicester City debut and conceding early goals“. Leicestershire Live (5-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 25-oktabr 2020-yil.
  10. „Arsenal vs. Leicester City - Football Match Report“. ESPN.com. Qaraldi: 26-oktabr 2020-yil.
  11. Johnston, Neil. „Leicester 2-0 AEK Athens: Cengiz Under scores his first Foxes goal“. BBC Sport (10-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 10-dekabr 2020-yil.
  12. „Cengiz Ünder is an Olympien“. www.om.fr. Marseille (4-iyul 2021-yil). Qaraldi: 4-iyul 2021-yil.
  13. „Επίσημο: Στην Μαρσέιγ ο Ουντέρ!“ (grekcha). www.sport-fm.gr (2021-yil 4-iyul). Qaraldi: 4-iyul 2021-yil.
  14. „Ümit Milli Takım kadrosunda değişiklik - U-21 Milli Takım Haber Detay Sayfası TFF“ (turkcha). www.tff.org. Qaraldi: 10-dekabr 2020-yil.
  15. „Küskünler barıştı! Arda Turan yeniden Milli Takım'da!“ (turkcha). superhaber.tv (4-noyabr 2016-yil). 6-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2016-yil.
  16. Giulianelli, Emanuele. „Il saluto militare di Cengiz Ünder, semplice esultanza o endorsement alla politica di Erdogan?“ (italyancha). The Huffington Post (14-fevral 2018-yil). 2-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-oktabr 2019-yil.
  17. Giulianelli, Emanuele. „Il saluto militare di Cengiz Ünder, semplice esultanza o endorsement alla politica di Erdogan?“ (italyancha). The Huffington Post (14-fevral 2018-yil). 2-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-oktabr 2019-yil.
  18. „Roma 5–2 Benevento“ (italyancha). Eurosport (11-fevral 2018-yil). Qaraldi: 29-oktabr 2019-yil.
  19. Dolci. „Demiral, Calhanoglu e Under nella bufera per i tweet a sostegno dell'offensiva turca contro i curdi“ (italyancha). Eurosport (11-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 29-oktabr 2019-yil.
  20. Pinci, Matteo. „Roma, Under: il post per l'esercito turco diventa un caso: "Non con la nostra maglia"“ (italyancha). La Repubblica (11-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 29-oktabr 2019-yil.
  21. Aliprandi, Jacopo. „Maglia della Roma, saluto militare e bandiere turche: bufera social su Under“ (italyancha). Il Corriere dello Sport (11-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 29-oktabr 2019-yil.
  22. „C. Ünder“. Soccerway. Qaraldi: 25-yanvar 2021-yil.
  23. „Cengiz Ünder“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 30-may 2019-yil.
  24. „65. Gillette Milliyet Yılın Sporcusu Ödülleri sahiplerini buldu!“. Milliyet. Qaraldi: 10-dekabr 2020-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]