Gol nishonlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Cristiano Ronaldo (chap) va Lionel Messi (o'ng) golni nishonlamoqda

Sportda gol nishonlash — bu gol urilganidan soʻng amalga oshiriladigan oʻziga xos anʼanadir. Odatda gol muallif tomonidan nishonlanadi, koʻp hollarda esa jamoadoshlar, murabbiy yoki murabbiylar shtabi va jamoa muxlislari ham ishtirok etishi mumkin. Umuman olganda, mazkur atama gol nishonlanishini nazarda tutsa-da, oʻyinchining koʻylagini yechishi yoki salto qilish kabi muayyan harakatlarga ham qoʻllanilishi mumkin. Gol nishonlash asosan futbol va xokkey kabi kam ball toʻplanadigan sport turlarida muhimroq boʻlib, bu yerda gol katta ahamiyatga ega.

Koʻplab mashhur gol nishonlash usullari abadiylashtirilgan. Masalan, haykalda (Thierry Henry), reklamalarda (Ronaldo), pochta markalarida (Pelé), jurnal muqovalarida yoki video oʻyinlarda (Krishtianu Ronaldu, Gareth Bale, Lionel Messi va boshqalarning gol nishonlashlari FIFA seriyasidagi oʻyinlarga kiritilgan) mashhur gol nishonlash usullaridan foydalanilgan[1][2][3].

Nishonlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gol qoʻshigʻi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Jump“ qoʻshigʻi yangrashidan tashqari, baʼzida „Milan“ning „San-Siro“ stadionida gol urilganda olov ham yonib turadi.

Gol qoʻshigʻi yoki golni nishonlash musiqasi — gol urilgandan keyin futbol yoki xokkey kabi sport turlarida ijro etiladigan qisqa musiqa. Baʼzan qoʻshiq ijro etilishidan oldin, ayniqsa Milliy Xokkey Ligasida (NHL) gol sadosi yangraydi.

Ana shunday qoʻshiqlardan biri Bellinining „Samba de Janeiro“ qoʻshigʻi boʻlib, u Bolton Wanderersning oʻz uyida urilgan har golidan keyin yangraydi, bu qoʻshiq Yevro 2008da gol qoʻshigʻi sifatida ishlatilgan. "Milan" „San-Siro“da har safar gol urganida van Halenning „Jump“ qoʻshigʻi ijro etiladi[4]. Blurning „Song 2“ nomli qoʻshigʻi Germaniya va Avstriyaning baʼzi klublarida ijro etiladi[4]. Shimoliy Amerikada esa asosan Glitter guruhining „Rock and Roll (Part Two)“ asari qoʻyiladi. Ukrainaning „Shaxtyor Donetsk“ futbol klubining uy maydoni boʻlgan „Donbass Arena“ da mezbonlar gol urganida, toʻpurarning millatiga mos keladigan musiqa qoʻyish anʼanasi bor. Masalan, armanistonlik Genrix Mxitaryan gol urganida hamyurti Aram Xachaturyanning „Sabre Dance“ asari yangragan[5][6]. "Bavariya" Allianz Arenada gol urganida, Can-can yangraydi.

Mashhur nishonlash usullari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nolito golini jamoadoshlaridan qochgan holda nishonlamoqda.
"Atletiko Madrid" futbolchilari quchoqlashib golni nishonlashmoqda.
Endryu Videman formasini yirtib tashlaganidan keyin
Neymar, Ramires va Andre Santos golni raqs tushib nishonlashmoqda
  • Maydondagi oʻyinchilar gol muallifining ustiga yopirilgan holda guruh boʻlib quchoqlashishi yoki oʻyinchilar bir-birining yelkasiga sakrashi[7]
  • Toʻpurar burchakka yugurib, bir qoʻli bilan bayroq ustunini ushlab qichqirishi — Gabriel Batistuta „Fiorentina“da oʻynagan chogʻlarida xuddi shunday nishonlardi, uning bronza haykalining dizayni ham aynan shu gol nishonlash usulidan ilhomib yaratilgan[8]
  • Toʻpurar koʻrsatkich barmogʻini labiga qoʻyib, goʻyo (raqib) tomoshabinlarga va/yoki tanqidchilarga jim boʻlishni ishora qilishi — „Real Madrid“ hujumchisi Raul 1999-yilda „Nou Kamp“da ashaddiy raqibi „Barselona“ darvozasini ishgʻol qilganida golni shunday nishonlagan edi[9][10]
  • Toʻpurar Gabriel Batistuta va Edinson Kavani kabi pulemyotdan oʻq uzayotgandek harakat qilishi[11]
  • Toʻpurar bilagini qulogʻiga yaqin olib boradi, bu odatda yugurish paytida amalga oshiriladi. Ushbu nishonlash Luka Toni tomonidan koʻp marta ishlatilgan[12]
  • Toʻpurar qoʻl va oyoqlarini choʻzgan holda oʻtga shoʻngʻishi. Buni birinchi boʻlib Yurgen Klinsmann "Tottenxem" safiga qoʻshilganidan koʻp oʻtmay amalga oshirgan. Mazkur uslub „Klinsmann“ nomi bilan mashhur boʻldi.[13]
  • Toʻpurar „men eng zoʻriman, gol urish men uchun hech gap emas va hokazo“ degandek, xoʻrozday gerdayib yuradi yoki qochib ketadi. Buni "Manchester Yunayted " hujumchisi Erik Kantona, keyinroq esa Zlatan Ibrahimovich ommalashtirdi[14]
  • Ibrahimovich ikkala qoʻlning barmoqlarini yurak shakliga keltirishni ham ommalashtirdi. Shuningdek, bu usul Garet Beyl[15] va Lorenzo Insigne tomonidan qoʻllanilgan.[16]
  • Raul kabi nomsiz barmogʻini oʻpish[17]. Oila qurgan oʻyinchilar juftlarini shu yoʻsin tabriklaydilar[18]. Rivaldo ushbu nishonlashni 1998-yilgi Jahon chempionatida Daniyaga qarshi chorak final uchrashuvida mashhur qildi. Luis Suares ham xotini va bolalariga hurmat sifatida bilagini va barmoqlarini oʻpdi, mazkur nishonlashni ommalashtirdi[19].
  • Tiz choʻkish. Koʻpincha Didier Drogba va Eden Azar tomonidan amalga oshirilgan[20]
  • Ikkala qoʻlini choʻzib, samolyotga taqlid qilish. Bu braziliyalik sobiq hujumchi Careca tomonidan ommalashtirilgan, keyinchalik italiyalik hujumchi Vinchenso Montellaga „kichik samolyot“ (italyancha l’aeroplanino) laqabini keltirgan[21]
  • Ikkala qoʻlini choʻzib yugurish. Braziliyalik hujumchi Ronaldu faoliyatining dastlabki yillarida gollarini tez-tez shunday nishonlagan — uning gol nishonlashi „Inter“ maydonidagi "Xaloskor Masih" haykalidagi Masih figurasini almashtirgan holda Pirellining 1998-yilgi reklama roligiga asos boʻlgan[22]. Kumiri Ronaldu boʻlgan Zlatan Ibrahimovich koʻpincha ikki qoʻlini choʻzgan holda gol nishonlaydi[23].
  • Goʻdakni allalayotgandek qoʻllarini u yoqdan bu yoqqa silkitish[24]. Bu, odatda, toʻpurar yaqinda ota-ona boʻlganligini bildiradi.
  • Toʻpurar sevimli odamining homiladorligini koʻrsatish uchun toʻpni koʻylagi ostiga qoʻyishi.
  • Bosh barmogʻini soʻrish (bolalarga hurmat ramzi yoki gol urish bolalar oʻyiniga oʻxshaydi degan maʼnoda) yillar davomida „Roma“ afsonasi Franchesko Tottining tashrif qogʻoziga aylandi[25]. Bruno Fernandes esa koʻpincha bosh barmogʻini soʻrgandan keyin qoʻllarini quloqlari ustiga qoʻyadi[26].
Choʻqingandan soʻng, Lionel Messi marhum buvisiga bagʻishlab, koʻpincha ikkala qoʻlining barmogʻi bilan osmonga ishora qilgan holda gol nishonlaydi[27]. Oʻyinchilar koʻpincha Xudoga shukrona aytish yoki vafot etgan odamni xotirlash uchun osmonga ishora qiladilar[28]
Ronaldino ikki qoʻlini silkitib gol urganini nishonlamoqda
Stiven Jerrard muxlislar bilan muloqot qilgan holda golini nishonlamoqda.

Jazo[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ba'zi hollarda golni niahonlash futbolchilarga qimmatga tushishi ham mumkin. Jumladan, fashizm, natsizm, irqchilik kabi illatlarni ifodalovchi usullar, o'yinchining futbolkasini yechishi kabilar hakamlar va futbol assotsiatsiyalari tomonidan jazoga tortilishi mumkin. Bu haqda maqoladagi rasmlar orqali ko'proq ma'lumot olishingiz mumkin.

Giorgos Katidis gol urganini fashistlar salomi bilan nishonlagani uchun 50 ming yevro jarimaga tortildi va butun umrga Gretsiya terma jamoasidan chetlashtirildi.
Paolo Di Canio „Latsio“da toʻp surgan paytlari fashistik salom bilan golni nishonlagani uchun diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
Xherdan Shaqiri 2018-yilgi Jahon chempionatidagi golini serbiyalik muxlislarga yuzlanib etnik albanlar ramzi boʻlgan burgut ishorasi bilan nishonladi.

Golni nishonlamaslik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gol nishonlashdan bosh tortish yoki ovozsiz gol nishonlash futbolda nomaʼlum va kam uchraydigan narsa emas. Bu koʻpincha oʻyinchi sobiq klubiga, ayniqsa, faoliyatini boshlagan va/yoki eng katta muvaffaqiyatli davrini oʻtkazganklubga gol urganida kuzatildi[29].

Mashhur golni nishonlamaslik holatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Fiorentina“ klubi afsonasi Gabriel Batistuta 2000-yili „Roma“ safida sobiq jamoasi darvozasiga gol urganidan xafa boʻlgan edi[30]
Misrlik Muhammad Saloh sobiq klublari, „Roma“ va „Fiorentina“ga gol urganida hech qachon nishonlamagan[31][32]. U faqat bir marta 2018-19 yilgi mavsumda „Liverpul“ safida 30 metrlik masofadan sobiq klubi „Chelsi“ darvozasiga urgan golini nishonlagan.
Fernando Torres, "Chelsi"da oʻynab, yoshlikdagi klubi "Atletiko Madrid"ga urgan golini nishonlashdan bosh tortdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Fifa 14 celebrations: How to do Gareth Bale, Ronaldo, and Lionel Messi’s signature moves“. The Mirror. Retrieved 6 September 2014
  2. „The Evolution of EA Sport's FIFA 14 Video Game“. ABC News. Qaraldi: 29-sentabr 2018-yil.
  3. „8 new celebrations we'd love to see in FIFA 18“. FourFourTwo. Qaraldi: 5-noyabr 2018-yil.
  4. 4,0 4,1 „The songs of soccer, from stadium anthems to Ronaldo's solo“. DW.com. Qaraldi: 8-oktabr 2018-yil.
  5. „Sabre Dance by Henrikh Mkhitaryan“. Ukrainian Football 1894 (16-avgust 2012-yil). 11-oktabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-avgust 2012-yil.
  6. Wilson, Jonathan. „Henrik Mkhitaryan orchestrates Shakhtar Donetsk's great leap forward“. The Guardian (22-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 9-iyun 2013-yil.
  7. „Mario Balotelli Goal: Brazil, Italy Draw 2-2 (VIDEO)“. Huffington Post. Qaraldi: 9-oktabr 2018-yil.
  8. Ghosh, Bobby. „Splitting a Pair“. Time magazine. Qaraldi: 8-sentabr 2018-yil.
  9. „Real Madrid-Barcelona: Celebrations in enemy territory“. Marca. Qaraldi: 9-oktabr 2018-yil.
  10. „When Raul ended Madrid's humiliation, silenced Nou Camp“. Egypt Today. Qaraldi: 9-oktabr 2018-yil.
  11. „Golden Goal: Gabriel Batistuta for Fiorentina v Arsenal (1999)“. The Guardian. Qaraldi: 9-oktabr 2018-yil.
  12. Paolo Menicucci. „La mano di Toni sul Mondiale“ (it). UEFA.com (9-sentabr 2005-yil). Qaraldi: 9-may 2016-yil.
  13. Hunt, Chris. „Jürgen Klinsmann: One-on-One“. FourFourTwo. Haymarket Media Group (1-avgust 2004-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2014-yil.
  14. Scott Murray (14 December 2007). „The Joy of Six: goal celebrations“. The Guardian.
  15. Trotman, Andrew. „Gareth Bale plans to put 'heart' goal celebration on clothing after filing trademark“. The Daily Telegraph (7-may 2013-yil). Qaraldi: 9-may 2013-yil.
  16. „Napoli, Insigne: "I dedicate this goal to my wife. Manchester City?..."“. www.calciomercato.com (14-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 31-dekabr 2018-yil.
  17. „How to do the 12 new FIFA 18 celebrations – plus more of our favourites“. FourFourTwo. Qaraldi: 14-oktabr 2018-yil.
  18. „12 Trademark goal celebrations of footballers“. Yahoo.com. Qaraldi: 10-oktabr 2018-yil.
  19. „Why does Luis Suarez kiss his wrist when he celebrates a goal? Atletico Madrid star in action against Chelsea tonight“ (en-US). talkSPORT (23-fevral 2021-yil). Qaraldi: 15-iyul 2021-yil.
  20. „Didier Drogba smashes in ridiculous free-kick for Phoenix Rising“. FourFourTwo. Qaraldi: 15-oktabr 2018-yil.
  21. „European football's best nicknames“. UEFA (27-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 18-iyun 2017-yil.
  22. „Pirelli e le metamorfosi della pubblicità“. Corriere Della Sera. Qaraldi: 19-sentabr 2018-yil.
  23. „Ibrahimovic scores two headers and celebrates in customary fashion“. Marca. Qaraldi: 8-oktabr 2018-yil.
  24. Clive Gifford (2010), "Goal Celebrations", The Kingfisher Football Encyclopedia, Pan Macmillan, p. 29, ISBN 978-0-7534-1961-8, https://archive.org/details/kingfisherfootba0000giff/page/29 
  25. „Totti's Goal Celebration Is For Wife Blasi“. Football Italiano (5-yanvar 2009-yil). 13-yanvar 2010-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-may 2011-yil.
  26. „Bruno Fernandes explains goal celebration after scoring in Manchester derby“ (en). Metro (7-mart 2021-yil). Qaraldi: 29-mart 2021-yil.
  27. Matchett, Karl. „The Story Behind Lionel Messi's 5 Most Iconic Barcelona Celebrations“. Bleacher Report (25-aprel 2017-yil). Qaraldi: 18-dekabr 2017-yil.
  28. „Kaka profile“. Sky Sports. Qaraldi: 9-oktabr 2018-yil.
  29. „Muted celebrations: Why Van Persie's code of conduct sets the standard“. FourFourTwo (2-oktabr 2014-yil).
  30. „Winner reduces Batistuta to tears“. BBC. Qaraldi: 8-oktabr 2018-yil.
  31. „A touch of class: Liverpool star Mohamed Salah refuses to celebrate two stunning goals vs his former club AS Roma“. Evening Standard. Qaraldi: 8-oktabr 2018-yil.
  32. „Best Goals Against Former Clubs #RESPECT“. YouTube. Qaraldi: 8-oktabr 2018-yil. „Footage of Salah not celebrating against former clubs Roma, Chelsea and Fiorentina“.