Tselinograd (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Tselinograd tumani
Целиноград ауданы
tuman
Tarkibida Akmola viloyati
Maʼmuriy markazi Akmoʻl
Asos solingan sanasi 1936-yil
Akim Junusov Manat Qunantayevich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2013) 61,278[1]
Zichligi 7,7 kishi./km²
Millatlar tarkibi Qozoqlar - 67,16%
Ruslar - 16,03%
Olmonlar - 4,08%
Ukrainlar - 3,84%
Beloruslar - 2,47%
Tatarlar - 1,78%
Polyaklar - 1,07%
boshqalar - 3,57%[2][3]
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Maydoni 7 888 km²
Tselinograd tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7
Pochta indeksi 010016-010029[4]
Avtomobil raqami kodi C, 03

Tselinograd tumani — Akmola viloyatining janubi-sharqida joylashgan. 1936-yili tashkil topgan. Maydoni 7,4 ming km². Aholisi 61,278 kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 7,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Akmoʻl qishlogʻi. Tuman hududi orqali Astana — Qarataldi (Qartali), Qaragʻandi — Petropavlovsk, Astana — Pavlodar temir yoʻli va Astana — Koʻkshetov avtomobil yoʻllari oʻtadi.

Aholisi[tahrir]

Aholisi 61,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 7,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil)[2][3]

Iqlimi[tahrir]

Iqlimi kontinental. Qishi sovuq va uzoq boʻladi, yozi issiq va sernam. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 18 °C, qorning oʻrtacha qalinligi 20 sm. Iyulniki 20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 250 — 300. mm[5].

Ijtimoiy soha[tahrir]

Tumanda 1 bolabogʻcha, 26 ta oʻrta, 14 ta toʻliqsiz, 10 ta boshlangʻich maktab, kasbiy-texnik maktab, 1 oliy oʻquv yurtining filiali, 1 musiqa, 1 sport maktabi, 62 ta klub, 68 ta kutubxona, 15 ta oilaviy-shikorlik shifoxona, 31 feldsher-akusherlik punkt bor.

Katta qishloqlari[tahrir]

  • Malinovka qishlogʻi
  • Qabanbay qishlogʻi
  • Ilinka qishlogʻi
  • Novotimofeevka qishlogʻi
  • Jangʻizqudiq qishlogʻi
  • Oʻrazaq qishlogʻi

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]