Yaxshi (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yaxshi tumani
Жақсы ауданы
tuman
Tarkibida Akmola viloyati
Maʼmuriy markazi Yaxshi
Asos solingan sanasi 1957-yil
Akim Qanat Suyundikov
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2013) 20 272[1]
Zichligi 2 kishi./km²
Millatlar tarkibi Qozoqlar - 46,02%
Ruslar - 21,65%
Ukrainlar - 16,13%
Olmonlar - 4,94%
Beloruslar - 2,89%
boshqalar - 8,37%[2][3]
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Maydoni 9 700 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 1635 [4]
Pochta indeksi 021000-021019[5]
Avtomobil raqami kodi C, 03
Xaritada
Yaxshi tumani xaritada
Koordinatalari: 51°59′0″N 67°17′0″E / 51.98333°N 67.28333°E / 51.98333; 67.28333 G O

Yaxshi tumani — Akmola viloyatining shimoli-gʻarbbiy qismida joylashgan. 1957-yili tashkil topgan. Maydoni 9,7 ming km². Aholisi 20,274 kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Yaxshi qishlogʻi. Tuman hududi orqali Pavlodar — Astana — Qarataldi (Qartali), Astana — Toʻbil — Qoʻstanoy temir yoʻllari, Astana — Otbosar — Qoʻstanoy, Qiyma — Yaxshi — Ruzaevka avtomobil yoʻllari oʻtadi. Barcha ovul okrug markazlari bilan avtobus aloqasi bor.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholisi 20,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil)[2][3]

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 18 °C. Iyulniki 19 — 20 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 – 350 mm[6].

Ijtimoiy soha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda 22 ta maktabgacha boʻlgan bolalar mahkamasi, 1 kasbiy-texnik, 14 ta boshlangʻich, 9 ta toʻliqsiz, 23 ta oʻrta maktab, 19 ta klub va madaniyat uyi, 13 ta kutubxona, tuman markaziy kasalxonasi, 30 ta feldsher-akusherlik punkt, 6 ta shifokorlik ambulatoriya, 2 ta uchaskalik kasalxona faoliyat koʻrsatmoqda (2000). 1955-yildan boshlab tuman roʻznomasi chiqariladi.

Katta qishloqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Belagʻash qishlogʻi
  • Yesil qishlogʻi
  • Belovodskiy qishlogʻi
  • Janaqima qishlogʻi
  • Yaxshi qishlogʻi
  • Zaporojskiy qishlogʻi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]