Kontent qismiga oʻtish

Shoʻrtandi (tuman)

Koordinatalari: 51°42′0.01″N 71°0′0.00″E / 51.7000028°N 71.0000000°E / 51.7000028; 71.0000000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Shoʻrtandi tumani
Шортанды ауданы
tuman
Tarkibida Akmola viloyati
Maʼmuriy markazi Shoʻrtandi
Asos solingan sanasi 1944-yil
Akim Qamzebayev Sayat Yesenjoʻlovich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2013) 29,260[1]
Zichligi 6,2 kishi./km²
Millatlar tarkibi Ruslar - 35,65%
Qozoqlar - 34,62%
Ukrainlar - 7,84%
Olmonlar - 6,53%
Polyaklar - 5,59%
Beloruslar - 4,07%
Tatarlar - 1,77%
boshqalar - 3,93%[2][3]
Dinlar tarkibi xristianlar, musulmonlar
Maydoni 4 700 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7
Pochta indeksi 021600-021615[4]
Avtomobil raqami kodi C, 03
Xaritada
Shoʻrtandi tumani xaritada
51°42′0.01″N 71°0′0.00″E / 51.7000028°N 71.0000000°E / 51.7000028; 71.0000000

Shoʻrtandi tumani — Akmola viloyatining markaziy qismida joylashgan. 1939-yili tashkil topgan. Maydoni 4,7 ming km². Aholisi 29,260 kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 6,2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tumanning maʼmuriy markazi — Shoʻrtandi qishlogʻi. Tuman hududi orqali respublika ahamiyatiga ega Astana — Koʻkshetov avtomobil yoʻli oʻtadi.

Aholisi 29,2 ming kishi, oʻrtacha zichligi km²-ga 6,2 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mumkin:(1-yanvar 2010-yil)[2][3]

  • ruslar — 10 716 kishi (35,65 %)
  • qozoqlar — 10 406 kishi (34,62 %)
  • ukrainlar — 2 356 kishi (7,84 %)
  • olmonlar — 1 962 kishi (6,53 %)
  • polyaklar — 1 679 kishi (5,59 %)
  • beloruslar — 1 223 kishi (4,07 %)
  • tatarlar — 531 kishi (1,77 %)
  • ingushlar — 151 kishi (0,50 %)
  • moldavanlar — 134 kishi (0,45 %)
  • armanlar — 100 kishi (0,34 %)
  • boshqalari — 804 kishi (2,67 %)
  • Umumiy — 30 062 kishi (100,00 %)

Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq va sernam. Yanvar oyining oʻrtacha harorati—23 °C, qorning oʻrtacha qalinligi 20 sm. Iyulniki 29 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 — 350. mm[5].

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda 3 ta bolabogʻcha, 4 ta boshlangʻich, 11 ta asosiy, 16 ta oʻrta maktab, 1 kasbiy-texnik maktab, 31 ta kutubxona, tuman markaziy kasalxonasi, 6 ta oilaviy-shifokorlik ambulatoriya, 24 ta feldsher-akusherlik punkt bor. Shoʻrtandi qishlogʻida madaniyat va hordiq hiyobonlari bor.

Katta qishloqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Shoʻrtandi qishlogʻi
  • Joʻlimbet qishlogʻi
  • Damsa qishlogʻi
  • Yelizavetinka qishlogʻi
  • Novokubanka qishlogʻi
  • Stepnoe qishlogʻi