Mohenjo-daro
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mohenjo-daro (sindxi tilida — oʻliklar tepaligi) — Harappa madaniyati Pokistonning asosiy markazlaridan birining harobasi (miloddan avvalgi 3— 2-ming yilliklar). Sindning markaziy shahri. 1922-yilda hind arxeologi R. Ba-nerji ochgan. Keyinchalik ingliz arxeologlari J. Marshall, E. Makkey va R. Uiller tomonidan tekshirilgan.
Mohenjo-daro yirik hunarmandchilik va savdo markazi boʻlgan, metall va toshga ishlov berish, kulolchilik taraqqiy etgan. Unda umumshahar kanalizatsiyasi va suv taʼminoti tizimi boʻlgan. Uylari pishiq gʻishtdan 2—3 qavat qilib qurilgan. Qazishlar Mohenjo-daro Qadimgi Hindiston, Misr, Mesopotamiya bilan bir qatorda qad. madaniyat oʻchogʻi boʻlganligini tasdiqlaydi. Mohenjo-daroni oʻrganish asosida Harappa madaniyatining asosiy bosqichlari va uning harakterli belgilari aniqlandi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Makkey E., Drevneyshaya kultura dolini Inda, per. s angl., M., 1951[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Tarixga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |