Kontent qismiga oʻtish

Botir Nosirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Botir Nosirov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Botir Nosirov
Tavallud sanasi 11-iyun 1985-yil (1985-06-11) (39 yosh)
Tavallud joyi Qarshi, Oʻzbekiston SSR
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bunyodkor
Raqami Darvozabonlar murabbiyi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2009 Navbahor 27 (0)
2010—2011 Qizilqum ? (?)
2011—2012 Navbahor 6+ (0)
2013 Buxoro 10 (0)
2014—2018 Mashʼal 44+ (0)
2019 Shoʻrtan ? (?)
2020—2021 Mashʼal 7 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Botir Nosirov (ruscha: Носыров, Батыр; 1985-yil 11-iyun, Qarshida tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik futbolchi va futbol murabbiyi. Faoliyati davomida darvozabon pozitsiyasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Botir Qarshi futbol maktabi tarbiyalnuvchisi. Professional futboldagi faoliyatini Muborakning „Mash’al“ jamoasi tarkibida boshlagan. 2007-yildan Namanganning „Navbahor“ jamoasida faoliyatini boshlagan. Navbahor jamoasida 3 yil davomida faoliyat oli bordi va Oʻzbekiston Superligasida 27 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2010-yilgi mavsumda Navoiyning „Qizilqum“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Oltin izlovchilar jamoasi tarkibida 2 yil davomida faoliyat olib borgan.

2011-yil mavsum qishki transferlar oynasida Namaganga, „Navbahor“ jamoasi qaytgan. Navbahor klubi raqobat sababli asosan zahira darvozaboni sifatida faoliyat olib borgan. 2013-yil „Buxoro“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[1]. Buxoro klubi tarkibida bir mavsum davomida oʻynagan va 10 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2014-yilgi mavsumda bir necha yillik tanafusdan soʻng Qashqadaryoga qaytgan va Muborakning „Mash’al“ klubi bilan shartnoma imzolagan[2][3]. Muborakliklar jamoa safida 7 yil davomida faoliyta olib bordi[4][5] va 2022-yilgi mavsum boshida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan. 2019-yilgi mavsumda bir muddat Gʻuzorning „Shoʻrtan“ klubida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng Muborakda qoldi va „Mash’al“ jamoasida darvozaboblar murabbiyi sifatida faoliyatini boshlagan. 2024-yilda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasi bilan darvozabonlar murabbiyi sifatida shartnoma imzolagan[6].